tb- filtr orqali havoni o`tkazish davomiyligi, daq;
Normal sharoit (00C va 760 mm simob ustuni) da keltirilgan havoni hajmi W0 quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:
bu yerda Vt - filtrdan o`tgan havoning hajmi, l/daq;
tx - xonaning harorati, 0 C;
Px - xonaning bosimi, Pa.
Changning konsentrasiyasini aniq hisoblash uchun xonaning bir necha joyidan namuna olinadi. Filtr orqali o`tkaziladigan havoning miqdori - quruq reometr, gaz o`lchagich yoki maxsus aspirator (filtr orqali havoni so`rish uchun havo nasosi va bir nechta reometrlardan tashkil topgan) yordamida aniqlanadi.
Havoni tadqiq etishda qog’oz filtr maxsus patronga o`rnatiladi, patronning ingichka bo`yin qismiga rezina trubka biriktiriladi, rezina trubkani ikkinchi uchi esa reometrning pastki trubkachasiga yoki gaz o`lchagichga biriktiriladi. Reometrni yuqorigi trubkachasi, o`z navbatida, rezinali trubka yordamida havo yig’ish qurilmasi bilan to`tashtiriladi. Havoni yig’ish qurilmasi sifatida chang yutgich (pilesos) dan foydalanish mumkin, faqatgina unga ozgina o`zgartirish kiritiladi. Buning uchun chang yutgichni yig’ish teshigiga rezinali po`kkak o`rnatiladi, rezina po`kkakdan esa ikki-uchta metall trubka (quvurcha) o`tkaziladi, trubkani diametri esa rezinali trubkani kiygizishga imkon bersin. Ishlashga qulay bo`lishi uchun filtrli patron shtativga o`rnatiladi. Havodan namuna olish uchun mo`ljallangan asbobni joylashtirilgan (montaj qilingan) holati 1-rasmda ko`rsatilgan.
Tadqiqot natijasida aniqlangan havoning tarkibidagi changni haqiqiy konsentratsiyasi me’yoriy ko`rsatkichdagi qiymatlar bilan solishtiriladi. Tadqiqot o`tkazilgan xonada ishchining mehnat sharoitiga va sog`ligiga ta`sir yetmaydigan zararli modda (chang) ning ruxsat etilgan chegaraviy konsentratsiyasi quyidagi jadvalda keltirilgan ko`rsatkichlardan oshmasligi kerak.
2-Rasm. Havodagi chang konsentratsiyasini aniqlash uchun qurilma.
1-filtrli potron; 2-shtativ;
3-rezinali shlang;
4 –aspirator.
1-Rasm. Changni ushlovchi filtr uchun metall potron.
1-filtr;2-qobiq;3-gayka; 4-qopqoq.
1-jadval
Xonalarga ruxsat etiladigan changning chegaraviy konsentraciyasi
Chang turi
|
Ruxsat etilgan chegaraviy konsentratsiya, mg/m3
|
Sement, tuproq, minerallar va ularning aralashmalari changining tarkibida erkin holda kremniy ikki oksidi bo`lmaganda (Si02)
|
6
|
Ko`mir changi tarkibida 10% gacha erkin holda Si02 mavjud bo`lganda
|
4
|
Ko`mir changi tarkibida erkin holda Si02 mavjud bo`lmaganda
|
10
|
O`simlik va hayvonlarning changi tarkibida 10% gacha erkin holda Si02 mavjud bo`lganda
|
4
|
O`simlik va hayvonlarning changi tarkibida 10% va undan ortiq % da erkin holda Si02 mavjud bo`lganda
|
2
|
Sun’iy abrazivlar changi ( korund va karborund)
|
5
|
Geksaxloran (bug’ va aerozol)
|
0,1
|
Metafos (bug’ va aerozol)
|
0,1
|
Sinov savollari
Chang deganda, nimani tushunasiz?
Changlarni qanday tasniflash (sinflarga bo`lish) mumkin?
Aerozol nima?
Xonadagi chang miqdorini qanday aniqlash mumkin?
Havo tarkibidagi chang miqdorini qaysi formula yordamida hisoblash mumkin?
Mo``tadil (normal) sharoitda havoning hajmini qanday hisoblash mumkin?
Ishni bajarish tartibini tushuntiring.
Dostları ilə paylaş: |