Hayol turlari Hayoliy obrazlarni qayta ishlash mexanizmlari



Yüklə 166,5 Kb.
səhifə1/3
tarix26.07.2023
ölçüsü166,5 Kb.
#137496
  1   2   3
hayol


Mavzu: Hayolni psixodiagnostika qilish


Reja:


  1. Hayol turlari

  2. Hayoliy obrazlarni qayta ishlash mexanizmlari


  3. Hayol jarayonlarida tasavvurlar sintezi



  1. Hayol turlari


Hayol o‘zining aktivligi va faolligi bilan xarakterlanadi. Uning bilan birga Hayol apparati faqat atrofdagi olamni o‘zgartirishga qaratilgan shaxs ijodiy faoliyatining sharti sifatida foydalanilishi mumkin va foydalaniladi. Ayrim hollarda Hayol faoliyatning o‘rnida, uning sun’iy aralashmasi sifatida harakat qilishi mumkin. Mana shu hollarda odam o‘ziga hal qilib bo‘lmaydigandek ko‘rinadigan masalalardan, turmushning og‘ir sharoitlaridan, o‘z xatolarining ta’qibidan va shu kabilardan yashirinish uchun real tasavvurlardan uzoq bo‘lgan fantastika olamiga vaqtincha kirib ketadi N.V.Gogol Manilov obrazini yaratib, foydasiz orzularda faoliyatdan qochishning qulay imkoniyatini topgan odamlar tipining umumlashtirilgan obrazini ifodalab beradi. Bu yerda fantaziya hayotda gavdalanmaydigan obrazlarni yaratadi, amalga oshmaydigan va ko‘pincha amalga oshirib bo‘lmaydigan ish-harakat programmalarini belgilaydi. Hayolning bunday formasi passiv Hayol deb ataladi.
Kishi passiv Hayolni oldindan o‘ylab yuzaga keltirishi mumkin: jo‘rttaga yuzaga keltirilgan iroda bilan bog‘liq bo‘lmagan, lekin hayotda gavdalantirishga qaratilgan Hayolning mana shunday obrazlari shirin Hayol deb ataladi. Qandaydir quvonchli, yoqimli, qiziqarli narsalar haqida shirin Hayol surish hamma odamlarga xosdir. Mana shunday shirin Hayollarda fantaziya mahsulotlari bilan ehtiyojlar o‘rtasidagi aloqa signali namoyon bo‘ladi. Ammo inson Hayoliy jarayonlarida shirin Hayol kechirish hollari ko‘proq bo‘lsa, bu shaxsning passivligidan dalolat beruvchi nuqson hisoblanadi. Agar kishi passiv bo‘lsa, u kelajakda yaxshi hayot uchun kurashmasa, uning hozirgi hayoti esa qiyin, ko‘ngilsiz bo‘lsa, bunday holda u o‘zining ehtiyojlari to‘la qondiriladigan, istagan narsasini qo‘lga kirita oladigan, hozirgi paytda umid qila olmaydigan biron mansabni egallaydigan soxta hayotni ko‘p vaqt Hayol qiladi.
Passiv Hayol o‘ylab qo‘yilmagan tarzda ham yuzaga kelishi mumkin. Bu asosan ong faoliyatining, ikkinchi signal tizimining susayishida, kishining vaqtincha harakatsizlik holatida, uyqusirash holatida, affekt holatida, uyquda (tush ko‘rishda), ongning kasallikka uchrab buzilishida (gallyusinasiyada) va shu kabilarda sodir bo‘ladi.
Agar passiv Hayolni oldindan o‘ylab va o‘ylamasdan qilingan turlarga bo‘lish mumkin bo‘lsa, aktiv Hayolni ijodiy va qayta tiklovchi Hayol turlariga bo‘lish mumkin bo‘ladi,
Ijodiy Hayol, qayta tiklovchi Hayoldan farq qilgan holda, original va qimmatli moddiy mahsulotlarda amalga oshiriladigan yangi obrazlarning yaratilishini takazo kiladi. Mehnatda paydo bo‘lgan ijodiy Hayol ehtiyojlarini qondirish yo‘lini izlashda yaqqol tasavvurlar bilan aktiv va maqsadga muvofiq ish tutadigan texnik, badiiy va istalgan boshqa ijodiyotning ajralmas tomoni bo‘lib qoladi.
Inson shaxsining qimmati ko‘p jihatdan uning strukturasida Hayolning qaysi turi ustunligiga bog‘likdir. Agar o‘smirlar va yoshlarda konkret faoliyatlarda amalga oshiriladigan ijodiy Hayollari passiv, quruq Hayolparastlikdan ustunlik qilsa, bu shaxsning taraqqiyot darajasi yuksakroq ekanligidan dalolat beradi.

Yüklə 166,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin