3
Kirish
Men yoshlarimizga murojaat qilar ekanman, ularga doimo:
“Biz
buyuk
ajdodlarimiz
bilan
faxrlanishimiz,
g’ururlanishimiz kerak”, deb aytaman. Ayni vaqtda “Faqat
g’ururlanishning o’zi yetarli emas, kelinglar, o’zimiz ham,
xuddi ular kabi, mana shu bebaho merosga o’z hissamizni
qo’shaylik!” deb takrorlayman.
I.A.Karimov
Ma’lumki, o’rta asrlarda yashab, ijod etgan Sharq allomalari
madaniyat va
ta’lim-tarbiya, tibbiyot, adabiyot, san’at va arxitektura sohalariga o’zlarining
beqiyos hissalarini qo’shgan. Ular uyg’onish davrining asoschilari, ilm-fan rivojiga
ulkan hissa qo’shgan buyuk daholardir. Ular tufayli ilmiy maktablarning vujudga
kelishi, yangi-yangi iste’dodli avlodlar to‘lqinining paydo bo‘lishi va voyaga
yetishi – bularning barchasi
birinchi navbatda iqtisodiyot, qishloq va shahar
xo‘jaligining ancha jadal o‘sishi, hunarmandlik va savdo-sotiqning yuksak
darajada rivojlanishi, yo‘llar qurilishi, yangi karvon yo‘llarining ochilishi va turli
inshootlarning paydo bo’lishi bilan bog’liq bo’lgan.
2014-yilning 15-16-may kunlari Samarqand shahrida “O’rta asrlar Sharq
allomalari va mutafakkirlarining
tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya
rivojidagi roli va ahamiyati” mavzusida xalqaro konferensiya bo’ldi.
Prezidentimiz Islom Karimovning 2014-yil 1-apreldagi farmoyishiga
muvofiq tashkil etilayotgan ushbu anjumanda AQSH,
Buyuk Britaniya, Italiya,
Xitoy, Janubiy Koreya, Germaniya, Yaponiya,
Hindiston, Misr, Indoneziya,
Saudiya Arabistoni, Quvayt, Rossiya va Ozarbayjon kabi ellikka yaqin
mamlakatdan olimlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar
rahbar va vakillari, ilmiy
markazlar va institutlar mutaxassislari, ekspertlar ishtirok etishi kutildi. Butun
dunyoda buyuk ajdodlarimizning so‘nmas dahosiga hurmat-ehtirom, ularning boy
ilmiy merosini o‘rganishga qiziqish hamisha yuqori bo‘lgan.
Xorijiy
4
mamlakatlarda ularning hayoti va faoliyati haqida ilmiy va badiiy asarlar
yaratilgan, ulug‘ ajdodlarimiz xotirasiga yodgorliklar barpo etilgan.
Mustaqillik yillarida bu qiziqish yanada ortdi. Mamlakatimizda xalqaro
ilmiy-madaniy hamkorlik keng yo‘lga qo‘yildi, ushbu mavzuga bag‘ishlagan yirik
ilmiy anjumanlar tashkil etildi. Buyuk olim va mutafakkirlarimiz,
qadimiy
shaharlarimizning yubileylari xalqaro miqyosda nishonlandi. Prezidentimiz
rahnamoligida ulug‘ allomalarimiz, aziz-avliyolarimiz qadamjolari obod
etilmoqda. Milliy ma’naviy merosni tiklash va asrab-avaylash, ilm-fan va ta’limni
rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Samarqand shahrida o‘tkaziladigan xalqaro
ilmiy konferensiya ana shu
yuksak e’tibor, buyuk ajdodlarimiz ilmiy merosiga hurmat va qiziqish tobora oshib
borayotganiga yorqin dalildir.
Sharq va G‘arbni o‘zaro bog‘lagan, Buyuk ipak yo‘lidagi turli
sivilizatsiyalar tutashadigan muhim chorraha sanalgan yurtimiz azaldan olimu
ulamolari, fozilu fuzalolari bilan dovruq qozongan. Ona zaminimizda tug‘ilib,
kamolga yetgan ulug‘ allomalar jahon sivilizatsiyasiga ulkan hissa qo‘shganlar.
Dostları ilə paylaş: