Hayot faoliyati havfsizligi


Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi va hajmi



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/20
tarix18.05.2022
ölçüsü0,92 Mb.
#58441
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
sharq allomalarini jahon sivilizatsiyasida tutgan orni.

Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi va hajmi:
Bitiruv malakaviy ishining hajmi 78 bet, kirish, III bob, xulosa, 34 
foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va 11 ta rasmlardan iborat. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



I bob. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning O’rta asrlar 
Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy 
svilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati borasidagi nutqi, xalqaro 
konferensiya materiallari. 
O’rta asrlar Sharq allomalarining ilm-fan rivojiga qo’shgan hissasi tahsinga 
sazovardir. Xo’sh, biz bu haqda qanchalik bilimga egamiz? Bu savolga javob 
topish maqsadida Prezidentimiz Islom Karimovning 2014-yil 15-16-may Ko’hna 
Samarqandda bo’lib o’tgan “O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining 
tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati” 
mavzusidagi xalqaro konferensiyaning ochilish marosimidagi nutqidan, qolaversa, 
sharq mutafakkirlarining hayoti va ijod yo’lini o’rganish orqali oldim va tartibga 
keltirdim. Konferensiyada UNESKO, AYSESKO va boshqa nufuzli xalqaro 
tashkilotlar rahbarlari va vakillari,dunyoning deyarli 40 davlatidan kelgan taniqli 
olimlar,ilmiy va tadqiqot markazlari,universitetlar hamda boshqa oliy o’quv 
yurtlari mutaxasislari ishtirok etdi. [2] 
Xalqaro konferensiyada O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 
ishtirok etdi va nutq so’zladi: ” Bugungi konferensiyamizning maqsadi – O‘rta 
asrlarda Sharq olamida yashab ijod etgan buyuk alloma va mutafakkirlarning ilmiy 
merosini chuqur muhokama qilish va anglash, uning zamonaviy sivilizatsiya 
tarixida tutgan o‘rni va roliga baho berishdan iborat. O‘nlik sanoq sistemasini, 
algoritm va algebra tushunchalarini dunyoda birinchi bo‘lib ilm-fan sohasiga joriy 
etgan Muhammad Muso Xorazmiy, qomusiy olimlar Ahmad Farg‘oniy, Abu 
Rayhon Beruniy, tibbiyot ilmining asoschisi Abu Ali ibn Sino, arab tili 
grammatikasini mukammal tarzda ishlab chiqqan Mahmud Zamahshariy, o‘zida 
mingdan ziyod yulduzlar harakatini jamlagan astronomik jadval yaratgan Mirzo 
Ulug‘bek singari ulug‘ mutafakkirlarimiz bilan haqli ravishda faxrlanamiz. Bunday 
yuksak iftixor tuyg‘usi bizni hech kimdan kam bo‘lmagan xalq sifatida faxr bilan 
yashashga, ajdodlarga munosib avlod bo‘lishga da’vat etadi “.[1] 


10 
“O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning 
zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati” mavzusidagi xalqaro ilmiy 
konferensiyaning Samarqand shahrida o‘tkazilishi bejiz emas. Zero, afsonaviy 
Sharq timsoli Samarqand – jahon sivilizatsiyasining qadimiy o‘choqlaridan biri, 
yuzlab alloma va mutafakkirlar yashab ijod qilgan boy tarixiy va madaniy merosga 
ega shahar. Bu yerdagi obidalar, madaniy yodgorliklar ajdodlarimiz dahosidan, olis 
va buyuk o‘tmishdan so‘zlaydi. Samarqandning go‘zal va so‘lim tabiati, qadimiy 
va zamonaviy inshootlari har qanday odamni o‘ziga maftun etadi. Anjuman 
ishtirokchilari aniq va tabiiy fanlar sohasida faoliyat yuritgan O‘rta asrlar Sharq 
allomalari va mutafakkirlarining ilmiy, tarixiy va falsafiy merosi, ularning 
astronomiya, matematika, geografiya, geodeziya, tibbiyot, farmakologiya, kimyo, 
mineralogiya kabi zamonaviy ilm-fan shakllanishi va rivojlanishiga qo‘shgan 
ulkan hissasiga oid masalalarni muhokama qildi, fikr va tajriba almashishdi.[2] 
Konferensiyada O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining hayoti va
ijodi, tarixiy merosi va ilmiy maktablarning faoliyatiga bag‘ishlangan filmlar 
namoyish etildi. Anjuman qatnashchilari Samarqanddagi tarixiy, ilmiy va madaniy 
obidalar, istiqlol yillarida amalga oshirilgan bunyodkorlik va obodonlashtirish 
ishlari, o‘quv muassasalari faoliyati bilan tanishishdi. 
Internet 
tarmog‘ining 
www.msth.uz 
manzilida 
mazkur 
xalqaro 
konferensiyaning sayti tashkil etilgan. [1] 
Xalqaro konferensiyada O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom 
Karimov ishtirok etdi va nutq so’zladi. Bugungi konferensiyaning maqsadi – O‘rta 
asrlarda Sharq olamida yashab ijod etgan buyuk alloma va mutafakkirlarning ilmiy 
merosini chuqur muhokama qilish va anglash, uning zamonaviy sivilizatsiya 
tarixida tutgan o‘rni va roliga baho berishdan iboratligini ta’kidladi. 
Prezident Islom Karimov ana shu bebaho ilmiy merosni yanada teran 
tadqiq etish va ommalashtirishga qaratilgan sa’y-harakatlarga boshchilik qildi. 
Ma’lumki, o‘sha davrlarning an’analariga ko‘ra, ma’rifatparvar mutafakkir 
va faylasuflar, olimlar va shoirlar odatda hukmdorlar va sultonlar saroylarida 
panoh topganlar. Ular orasida IX-XI asrlarda Xivada tashkil etilgan Ma’mun 


11 
akademiyasi va "Bayt ul-hikma", ya’ni "Donishmandlik uyi" degan nom bilan 
shuhrat qozongan Bag‘dod akademiyasida, shuningdek, XV asrda Samarqandda
shakllangan Mirzo Ulug‘bekning ilmiy maktabida samarali mehnat qilgan bir 
guruh olimlar butun dunyoga dong taratdilar.[2] 
Tadqiqotchi-olimlarning fikricha, Sharq, xususan, Markaziy Osiyo mintaqasi 
IX-XII va XIV-XV asrlarda bamisoli po‘rtanadek otilib chiqqan ikki qudratli 
ilmiy-madaniy 
yuksalishning 
manbai 
hisoblanib, 
jahonning 
boshqa 
mintaqalaridagi Renessans jarayonlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan Sharq uyg‘onish 
davri – Sharq Renessansi sifatida dunyo ilmiy jamoatchiligi tomonidan haqli 
ravishda tan olingan. 
Shu bilan birga, ko‘plab tadqiqotchilar qayd etganidek, agar Yevropa 
Uyg‘onish davrining natijalari sifatida adabiyot va san’at asarlari, arxitektura 
durdonalari, tibbiyot va insonni anglash borasida yangi kashfiyotlar yuzaga kelgan 
bo‘lsa, Sharq Uyg‘onish davrining o‘ziga xos xususiyati, avvalo, matematika, 
astronomiya, fizika, ximiya, geodeziya, farmakologiya, tibbiyot kabi aniq va tabiiy 
fanlarning, shuningdek, tarix, falsafa va adabiyotning rivojlanishida namoyon 
bo‘ldi. 
O‘rta asrlarning ilk davrida Sharqda amalga oshirilgan buyuk ilmiy 
kashfiyotlar haqida gapirar ekanmiz, zamonaviy matematika, trigonometriya va 
geografiya fanlari taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shgan Muhammad ibn Muso al-
Xorazmiy nomini birinchilar qatorida tilga olamiz. U o‘nlik pozitsion hisoblash 
tizimini, nol belgisi va qutblar koordinatalarini birinchilardan bo‘lib asoslab berdi 
va amaliyotga tatbiq etdi. Bu esa matematika va astronomiya fanlari rivojida 
keskin burilish yasadi. 
Al-Xorazmiy algebra faniga asos soldi, ilmiy ma’lumot va traktatlarni bayon 
etishning aniq qoidalarini ishlab chiqdi, u astronomiya, geografiya va iqlim 
nazariyasi bo‘yicha ko‘plab ilmiy asarlar muallifidir. Allomaning dunyo ilm-fani
rivojidagi xizmatlari umume’tirof etilgan bo‘lib, Sharq olimlari orasida faqat uning 
nomi va asarlari "algoritm" va "algebra" kabi zamonaviy ilmiy atamalarda 
abadiylashtirildi. [1] 


12 
Ulug‘ qomusiy alloma Abu Rayhon Beruniyning ilmiy dahosi bilan 
yaratilgan mislsiz kashfiyotlarga to‘liq baho berishning o‘zi qiyin. Beruniyning 
150 dan ziyod ilmiy ishlaridan bizgacha faqat 31 tasi yetib kelganiga qaramasdan, 
alloma qo‘lyozmalarining qo‘limizdagi ana shu to‘liq bo‘lmagan namunalari ham 
uning naqadar serqirra meros qoldirganidan dalolat beradi. 
Beruniy dunyo ilm-fanida birinchilardan bo‘lib dengizlar nazariyasi va 
Yerning sharsimon globusini yaratish yuzasidan o‘ziga xos yangi g‘oyalarni taklif 
etdi, Yer radiusini hisoblab chiqdi, vakuum, ya’ni bo‘shliq holatini izohlab berdi, 
Kolumb sayohatidan 500-yil oldin Tinch va Atlantika okeanlari ortida qit’a 
mavjudligi haqidagi qarashni ilgari surdi, minerallar tasnifi va ularning paydo 
bo‘lish nazariyasini ishlab chiqdi, geodeziya faniga asos soldi. Shuning uchun ham 
XI asr butun dunyodagi tabiiy fanlar tarixchilari tomonidan “Beruniy asri” deb 
atalishi bejiz emas.[1] 
“Islom olamining eng mashhur faylasufi va qomusiy allomasi hamda 
insoniyatning eng buyuk mutafakkirlaridan biri” degan unvonga sazovor bo‘lgan 
Abu Ali ibn Sinoning hayoti va faoliyati avlodlarda alohida g‘urur va ehtirom 
tuyg‘ularini uyg‘otadi. Ilmiy tadqiqot ishlarini 16 yoshida boshlagan bu ulug‘ zot 
o‘z umri davomida 450 dan ortiq asar yaratdi. Ularning aksariyati avvalo tibbiyot 
va falsafa, shuningdek, mantiq, kimyo, fizika, astronomiya, matematika, musiqa, 
adabiyot va tilshunoslik sohalariga bag‘ishlangan. Leonardo da Vinchi, 
Mikelanjelo, Frensis Bekon va boshqa ko‘plab olimlar avlodi uning asarlarini 
o‘qib, hayratga tushganlar. 
Biz doim g‘urur va iftixor bilan e’tirof etamizki, tibbiyot tarixida eng 
mashhur bo‘lgan, “Tib qonunlari” deb atalgan o‘zining bebaho fundamental asari 
bilan Ibn Sino keyingi bir necha yuz yillar uchun tibbiyot fanlari taraqqiyotining 
asosiy yo‘nalishlarini oldindan belgilab berdi, hozirgi kunda ham o‘z dolzarbligini 
yo‘qotmagan amaliy tibbiyot va farmakologiya sohalarining eng muhim usullariga 
asos soldi. Bejiz emaski, bu kitob Yevropada XV asrda chop etilgan dastlabki 
kitoblardan biri bo‘lgan va Yevropaning yetakchi universitetlarida qariyb 500-yil 
davomida tibbiyot ilmi ayni shu asar asosida o‘qitib kelingan. 


13 
Ibn Sino va Beruniyning bizgacha yetib kelgan Aristotelning “Koinot haqida 
kitob” asariga taalluqli yozishmalari buyuk allomalarimizning ilmiy muloqot olib 
borish, antik davr falsafiy qarashlarini chuqur anglash va ularni rivojlantirish 
borasida naqadar yuksak darajaga ko‘tarilganining mumtoz namunasidir. 
X-XI asrlarda Xorazm zaminida ijod qilgan Beruniy, Ibn Sino va boshqa 
buyuk alloma va mutafakkirlarimizning xizmatlari ularning ilmiy ishlari va asarlari 
doirasi bilangina chegaralanib qolmaydi, balki insoniyatning intellektual tarixida 
chuqur iz qoldirgan ilmiy maktab – Xorazm Ma’mun akademiyasini 
shakllantirishdek muhim masalani ham qamrab oladi. 
X asrning qomusiy allomasi Abu Nasr Forobiyni zamondoshlari, universal 
bilimlarga ega bo‘lgani bois, “Sharq Aristoteli” deb ataganlar. U ko‘plab fanlarni 
ilmiy kashfiyotlar bilan boyitdi, turli mamlakatlar olimlarining falsafiy qarashlarini 
rivojlantirdi va 160 dan ortiq asar yozdi. Ulardan eng mashhurlari “Mohiyat 
xususida so‘z”, “Fanlarning paydo bo‘lishi haqida kitob”, “Tafakkur mohiyati” va 
boshqa asarlar hisoblanadi. Forobiy asarlarining asosiy qismi ko‘plab Yevropa va 
sharq tillariga tarjima qilingan va hozirgi kunga qadar chuqur tadqiqotlar mavzusi 
bo‘lib kelmoqda.[2] 
O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining butun bir avlodi haqida 
so‘z yuritar ekanmiz, Amir Temur va Temuriylar davri deb nom olgan davr haqida, 
nomi ilm-ma’rifat osmonida bamisoli yorqin yulduz bo‘lib porlab kelayotgan
Mirzo Ulug‘bek va uning Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi singari ko‘plab 
safdoshlari va shogirdlari xususida eslamasdan o‘tolmaymiz. 
Barchamizga yaxshi ma’lumki, Amir Temurning nabirasi bo‘lgan, 40-yil 
Samarqandda hukmdorlik qilgan Mirzo Ulug‘bek astronomiya sohasidagi buyuk 
alloma sifatida shuhrat qozongan va uning nomi haqli ravishda Kopernik, Jordano 
Bruno, Galiley va boshqa ulug‘ ilm-fan daholari qatorida tilga olinadi. 
Mirzo Ulug‘bekning XV asrda tuzgan astronomiya jadvalida 1018 ta 
yulduzning holati va joylashuvi bayon qilingan bo‘lib, bu asar astronomik 
o‘lchovlar bo‘yicha 16 asr davomida yaratilgan birinchi yangi katalog edi. Mirzo 
Ulug‘bekning safdoshi Al-Koshiy birinchi bo‘lib o‘nlik kasrlarni ilmiy iste’molga 


14 
joriy etdi, erkin darajalar ildizlarining izchil yaqinlashib borishi va ularni topish 
metodlarini ishlab chiqdi. Mirzo Ulug‘bek observatoriyasi bilan Samarqandni 
o‘rab turadigan eng baland tepaliklardan birida joylashgan, buyuk alloma nomi 
bilan ataladigan muzeyga tashrif chog‘ida yanada batafsil tanishish mumkin. 
Abu Abdulloh Ro‘dakiy, Firdavsiy, Nizomiy Ganjaviy, Sa’diy, Hofiz 
Sheroziy, Jomiy, Alisher Navoiy, Bobur va boshqa ko‘plab buyuk faylasuflar
shoir va ma’rifatparvarlarning ijodiy merosida donishmandlik va borliq olamni 
gumanistik anglashning juda ulkan, bitmas-tuganmas xazinasi saqlanib kelmoqda. 
Bu meros haqiqatan ham jahon ahamiyatiga molik bebaho boylik hisoblanadi. 
Dunyo tarixidagi birinchi turkiy tillar lug‘ati bo‘lmish “Devoni lug‘atit-turk” 
kitobi muallifi Mahmud Koshg‘ariy bo‘lib, u o‘z asarida yuksak mahorat bilan 
to‘plashga erishgan so‘z boyligining tom ma’nodagi oltin zarralarini – turkiy 
maqol va she’rlarni ham keltirib o‘tgan. Koshg‘ariy turkiy xalqlarning tili, 
madaniyati, etnografiyasi va folklorining birinchi tadqiqotchisi hisoblanadi. 
Arab tili grammatikasining asoschisi sifatida tan olingan buyuk tilshunos, 
adabiyotshunos, geograf va faylasuf alloma – Mahmud Zamahshariy hayotlik 
davridayoq keng shuhrat qozongan. U, shuningdek, tarixdagi birinchi ko‘p tilli 
lug‘at – arabcha-forscha-turkiy lug‘atning asoschisi bo‘lgan. 
Albatta, biz barchamiz o‘rta asrlarda Sharqda yashab ijod qilgan, o‘sha davr 
voqealaridan guvohlik beradigan bebaho asarlar yaratgan buyuk tarixchilar 
avlodiga, eng avvalo, Ahmad ibn Arabshoh, Nizomiddin Shomiy, Sharafiddin Ali
Yazdiy, Hofizi Abro‘, Xondamir, Abdurazzoq Samarqandiy va boshqa allomalarga 
o‘zimizning cheksiz hurmat-ehtiromimizni bildirishimiz ham qarz, ham farzdir. 
Bugun, oradan deyarli ming yil o‘tganidan keyin ham biz o‘rta asrlarda 
yashab ijod qilgan, jahon sivilizatsiyasi rivojiga bebaho hissa qo‘shgan Sharq 
allomalari va mutafakkirlarining dahosi, ilm-fanning turli yo‘nalishlaridagi 
izlanishlari va qomusiy bilimlari oldida hayratga tushamiz. Afsuski, insoniyat 
boshidan kechirgan har xil fojialar, urushlar, tabiiy ofatlar natijasida ular qoldirgan 
buyuk merosning, aytish mumkinki, mingdan bir qismigina bizgacha yetib kelgan, 
xolos. Tarixning zulmat va jaholat hukmronlik qilgan muayyan davrlarida 


15 
olimlarning quvg‘in va ta’qibga uchrab, ko‘pchiligining hayoti fojiali yakun 
topganini hozirgi kunda tasavvur qilishning o‘zi qiyin.Shu bilan birga, dalillar 
shuni ko‘rsatmoqdaki, odamlar o‘rtasidagi o‘zaro qarama-qarshiliklar, to‘qnashuv
va nizolarning birinchi qurboni bilimlar manbai hisoblangan bebaho qo‘lyozma va 
kitoblar bo‘lgan. Sizlarning barchangiz yaxshi bilasiz, qadimgi dunyodagi eng 
ulkan hisoblangan Aleksandriya kutubxonasi, Mirzo Ulug‘bekning noyob 
kutubxonasi yo‘q qilib yuborilgan. Afsuski, bunday achinarli ro‘yxatni yana 
davom ettirish mumkin. 

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin