3.2. Suv chiqarish ishlarining texnologik sxemasini tanlash. Nasosxona va suv to’plagichning joyini aniqlash. Foydali qazilmalarni qazish ishlari ochiq usulda olib boriladigan kon korxonalarida (karyer) suv to’plagichning va nasosxonani karyerning ishlab turgan vaqtdagi, eng quyi gorizontida joylashtirish maqsadga muvofiq bo’ladi. Bu holda karyer maydoniga oqib keladigan yerosti va yog’in-sochin suvlar bir joyga qurilgan suv to’plagichda yig’iladi va u bosh suv chiqarish qurilmasi yordamida yer satxiga chiqariladi.
Agar karyer maydonining o’lchamlari va unga oqib keladigan suvning miqdori katta bo’lsa yoki korxonada yetarli unumdorlikga ega bo’lgan nasos bo’lmasa, ikki va undan ortiq suv chiqarish qurilmalarini o’rnatishga to’gri keladi.
Kon mashinalarining ishlashi va transport mashinalarining qatnovi quvurlarga shikast yetkazmasligi uchun suv haydaluvchi quvurlarni karyerning kon ishlari olib borilmaydigan tomonida (bortida) joylashtiriladi.
3.3. Nasos turini tanlash. Buning uchun har soatda yuqoriga chiqariladigan suvning miqdori, uni chiqarish uchun zarur bo’lgan hisobiy zo’riqma va kon suvining fizik kimyoviy xususiyatlari ma’lum bo’lishi kerak.
Yuqoriga chiqariladigan suv miqdori yoki nasos tanlash uchun hisobiy unumdorlik, suv oqimiga bog’liq bo’lib quyidagi tenglama orqali topiladi.
; m3/soat (29)
bundat-suv chiqarish qurilmasining bir sutka davomida maksimal ishlash vaqti. Bu qiymat ochiq konlar uchun 20 soat olinadi.
Hisobiy zo’riqma- geodezik balandlik- bilan suv chiqarish qurilmasining tashqi tarmoq qarshiligi-iLyig’indisiga teng.
, m (30)
bu yerda i-gidravlik nishablik, Uning qiymati oralig’ida olinadi; L-suv quvurning umumiy uzunligi, m
Geodezik balandlik suv so’rilish va suv haydalish balandliklari yig’indisiga teng , m (31)
bu yerda -suv so’rilish balandligi. Hisoblash jarayonida uning miqdori 3-5m.oralig’ida olinadi;
-suv haydalish balandligi pog’ona balandligini uning soniga ko’paytmasiga teng ya’ni
Suv quvurning umumiy uzunligi suv chiqarish qurilmasining sxemasi asosida hisoblanadi.(6-rasm).
, m (32)
bunda, 7-10m, suv so’rilish quvurining uzunligi;
15-20m, nasosxonadagi quvurning uzunligi;
nasosxonadan karyerning eng pastki pog’onasi oralig’idagi quvur uzunligi, m
30-40m, yer sathidagi quvur uzunligi,
Hisobiyunumdorlik vazo’riqma qiymatlarininasoslarningrejimlarmaydonigajoylashtirib (4-rasm) hamda va shartlariasosidanasosturitanlanadi.
Agaryuqoridakeltirilganshartlarbajarilmasanasosturiularniparallelyokiketma-ketulabishlatishgamo’ljallabqabulqilinadi.
Karyer bosh suv chiqarish qurilmaning qolgan qismlarini, ya’ni:
suv quvurlarning ichki diametrlarini hisoblash va ularni GOST bo’yicha tanlash;
tashqi tarmoq xarakteristikasini qurish;
suv chiqarish qurilma ish rejimini aniqlash va uni barqarorlik hamda samaradorlik shartlari bo’yicha tekshirish;
nasosxonaning geometrik o’lchamlarini hisoblash va nasos agregatlarini joylashtirish;
suv chiqarish qurilmaning iqtisodiy samaradorligini hisoblash, shaxta bosh suv chiqarish qurilmalarini hisoblashga o’xshash tartibda bajariladi. (2 - rasmga qaralsin).