- axborot oqimlari;
- transport oqimlari;
- yorug’lik oqimi (sun`iy yoritish);
- moddalar va texnogen avariyalardagi energiya oqimlari;
Ijtimoiy muhitdagi asosiy oqimlar:
axborot oqimlari (o`qitish, davlat boshqaruvi, xalqaro hamkorlik boshqalar);
- odamlar oqimi (demografik portlash, aholi urbanizatsiyasi);
- narkotik , alkogol vositalar va boshqa oqimlari;
Hayot faoliyati jarayonida inson iste`mol qiladigan va chiqaradigan asosiy oqimlar.
kislorod, oziq-ovqat, suv va boshqa moddalar (alkogol, tamaki, narkotiklar) oqimlari;
energiyalar oqimi (mexaniq, issiqlik, quyosh va boshqalar);
informatsiya oqimlari;
-hayot faoliyat jarayonidagi chiqindilar oqimi
2. Xavf turlari, ularni guruhlash va indentifikatsiyalash
Xavf-xatar deganda,odam sog’ligiga bevosita yoki bilvosita zarar yetkazadigan ko`ngilsiz hodisalar tushuniladi. Xavfning bunday tushunchasi oldingi standart tushunchalar (ishlab chiqarishning xavfli va zararli omillari)ni o`z ichiga oladi, chunki hayot faoliyat xavfsizligi faoliyatning hamma shakllari va omillarini nazarda tutadi.
Xavflar taksonomiyasi -bu murakkab hodisalarni, tushunchalarni, kishi faoliyatiga qaratilgan narsalarni tasniflash va tizimlash to`g’risidagi fandir. U faoliyat xavfsizligi borasida bilimlarni uyushtirishda, xavflarning tartibini yanada chuqurroq o`rganishda katta ahamiyatga ega
Xavf turlari
- kelib chiqishi bo`yicha xavflar:tabiiy, texnik, ekologik, aralash bo`ladi;
- rasmiy standartga asosan: fizik, ximiyaviy, biologik va ruhiy turlarga bo`linadi;
salbiy oqibatlarning ro`y berish vaqti bo`yicha impul’siy (beixtiyor harakat) va kumulyativ (tusatdan keluvchi) turlarda bo`ladi
- kelib chiqadigan oqibatlariga ko`ra charchash, kasallanish, jarohatlanish, halokatlar, yong’inlar ko`rinishida bo`ladi;