Mavzu: Fanning asosiy tushunchalari, mohiyati, xavf turlari, ularni guruhlash va indentifikatsiyalash. Hayot faoliyati xavfsizligining komfort sharoitlari, ishchi o`rnini ergonomikasini o`rganish
O`quv savollari
1. Fanning asosiy tushunchalari, mohiyati
2. Xavf turlari, ularni guruhlash va indentifikatsiyalash
3. Hayot faoliyati xavfsizligining komfort sharoitlari, ishchi o`rnini ergonomikasini o`rganish
1. Fanning asosiy tushunchalari, mohiyati
Hayot faoliyat – bu insonning kunlik faoliyati, dam olishi va yashash tarzidir.
Inson hayoti jarayonida uni o`rab turgan atrof muhit bilan uzluksiz aloqada bo`ladi va shu bilan birga har doim uni o`rab turgan muhitga bog’liq bo`lib kelgan va shunday qolaveradi. Inson shuning uchun ham o`zini o`rab turgan atrof-muhit hisobiga oziq-ovqat, havo, suv, dam olish uchun zarur moddiy narsalar va boshqalarga bo`lgan ehtiyojini qanoatlantiradi
Atrof-muhit –bu insonni o`rab turgan muhit bo`lib, insonning hayot faoliyatiga, uning sog’ligi va nasliga to`g’ridan to`g’ri, birdan urinma yoki masofadan ta`sir etishga qobiliyatli omillarning (jismoniy, ximiyaviy, biologik, informatsion, ijtimoiy) shartli yig’indisidir
Hayot faoliyati xavfsizligi (HFX)— ishlab chiqarish va noishlab chiqarish muhitida insonni atrof muhitga ta`sirini hisobga olgan holda xavfsizligini taminlashga yo`naltirilgan bilimlar sistemasidir
HFXning maqsadi ishlab chiqarishda avariyasiz holatga erishish, jarohatlanishni oldini olish, insonlar sog’ligini saqlash, mehnat qobiliyatini va mehnat sifatini oshirish hisoblanadi
«Inson - atrof muhit»sistemasini har xil komponentlari, energiya va informatsiyalarini xarakterli massalar oqimini quyida keltiramiz:
Tabiiy muhitning asosiy oqimlari - quyosh nurlanishi, yulduz va planetalar nurlanishi;