Laboratoriya mashg`ulotlarni tashkil etishning asosiy shakllariga quyidagilar kiradi:
a) bir mavzudagi ishni ko’pchilik talabalar tomonidan bir vaqtning o’zida bajarish usuli ya’ni bitta frontda ishlash ― frontal mashg`ulotlar. Mashg`ulotlarni frontal tizimda olib borishning afzalligi shundaki, bu usul talabalarning mazkur mashg`ulotlarga tayyorgarlik korishini va oqituvchi tomonidan ishning bajarilishini boshqarishni bir qadar yengillashtiradi (chunki barcha talabalar bir vaqtning ozida bir turdagi ishlarni bajaradilar). Bu usulning asosiy kamchiligi shundaki, bir vaqtning ozida bajariladigan bitta mavzuga tegishli bir xildagi asbob-uskunalar bilan barcha talabalarni taminlashga oquv muassasining imkoniyati hamma vaqt ham yetishavermaydi;
b) kopchilik talabalar tomonidan bir vaqtning ozida turli mavzulardagi ishlarni bajarish (zvenoli, yakka tartibda) usuli ― nofrontal mashg`ulotlar. Nofrontal laboratoriya mashg`ulotlari odatda bir necha mavzular o’tilganidan so’ng o’tkazilishi mumkin. Bunda talabalar zvenolarga bo’lingan holda turli mavzularda va turli asbob - uskunalarda ishlaydilar. Barcha zvenolar uchun laboratoriya ishlarini navbatma - navbat bajarish grafigi tuziladi. Bunda akademik guruhdagi talabalar mavjud ish orinlari soniga qarab zvenolarga bolinadi. Har bir zvenoda talaba soni 3 tadan oshmasligi va ularning bilim darajasi taxminan bir xil bolishi kerak, aks holda ishni bajarishda bilimi yaxshilar faol bolib, qolganlar yalqovlik qilishadi va oqituvchi zveno azolarining ishini xolisona baholayolmaydi. Laboratoriya ishlarini bunday usulda tashkil etishning kamchiligi ― ularga rahbarlik qilishning ma’lum darajada murakkabligidadir. Chunki bunda o’qituvchi hamma talabalar uchun yagona umumiy yo’riqnoma o’tkazish va mashg`ulotlar yakunini jamoa tarzda tahlil qilish imkoniyatiga ega bo’lmaydi.
Laboratoriya mashg`ulotlarini otkazishning biror shaklini tanlashda oqituvchi mavzular hamda talabalarning sonini hisobga olishi lozim. Bizning fikrimizcha, «Hayot faoliyati xavfsizligi» fanining aksariyat mavzulariga oid laboratoriya mashg`ulotlarini otkazishda ularning frontal shaklidan foydalanish afzal, biroq bu laboratoriya mashg`ulotlarining nofrontal shaklidan butunlay voz kechish kerakligini anglatmaydi.