Rasm 1. M-412 asbobi yordamida qutb-nol halqadagi qarshilikni olchash chizmasi
Rasm 2. Elektr qurilmarida himoya nol otkazgich ulash sxemasi. a-uch fazali elektr istemolchilarga nol otkazgichni ulanishi; b-yoritgichlarni armaturasida nol otkazgichini ulanishi, b-yoritgichlarni armaturasida nol otkazgichini ulanishi; v-elektr qurilmalarida bir vaqtda nol va erga ulanish
Bunda tok manbaidan iste`molchiga uch qutbli sim yordamida elektr toki yuboriladi, to`rtinchi siì esa nolinchi sim bo`lib hisoblanadi. qo`tb simlari (F) transforomator o`rami 3 dan o`tib elektr iste`molchilariga, ishchi neytral nolinchi sim 2 esa erga o`lanadi. Agar qobigi yerga ulangan elektr qurilmalarida kuchlanish hosil bo`lsa, unda tokning katta qismi muhofaza nolinchi sim 8 orqali yo`naltiriladi, tarmoqda qutb (faza) bilan ishchi tok va nolinchi simlar orasida qisqa tutashuv ro`y beradi. Natijada suvyuqlanuvchi saqlagich 7 ni erishiga olib keladi va shikastlangan tarmoq tok manbaidan uzilada va kishidan o`tayotgan tokning miqdori odam sogligi uchun xavfli bo`lmaydi. Nolinchi sim elektr uskunalarining xavfsizligini oshirish maqsadida ba`zi hollarda qo`shimcha tarzda erga o`lanadi. Buning uchun elektr qurilmaning qobigi (16) metall yerga ulagich (17) lar yordamida himoyalanish tarzda yerga ulanadi, ulagichlar odatda uzunligi 2,5 - 3,5 m bo`lgan yerga qoqilgan vertikal sterjinlardan iborat bo`lib, ularning yuqorigi uchlari erdan 0,7-0,8 m chuqurlikda yotadi. Sterjinlarning uchlari kontur bo`ylab ularga payvandlangan po`lat tasma yordamida biriktiriladi. Yerga ulagichchlarning qarshiligi PUE qoidalariga ko`ra 4,10 Omdan oshmasligi kerak.Nol simli elektr uskunalarining texnik holati me`yoriy binolarda har 6 oyda bir marta, zax va chang ishlab chiqaradigan binolarda har 3 oyda 1 marta tekshirib turiladi, elektr qurilmalariga ulangan joylar ko`zdan kechirilib, qarshiliklari M-372, M-417 yoki boshqa asboblar yordamida o`lchanadi.
Yangi loyihalangan elektr qurilmalarini ishga tushurishda va qabul qilishdan oldin, nolinchi simlarga ulangan elektr iste`molchilari kapital ta`mirlangandan keyin, nolinchi simga o`lanishning ishga yaroqligi sinovdan o`tkazilib tekshiriladi. Buning uchun "qutb faza nolinchi sim" halqasining to`la qarshiligi (ishlatishga qabul qilishda manbadan eng uzoqlikda joylashgan va eng quvvatli elektr iste`molchilarining, hamda elektr iste`molchilarining kamida 10% ning to`la qarshiligi) M-417 asbobi yordamida tekshiriladi.
Dostları ilə paylaş: |