Hayot faoliyati xavfsizligi


Badan kuyganda birinchi yordam berish



Yüklə 491,71 Kb.
səhifə11/13
tarix25.12.2022
ölçüsü491,71 Kb.
#77853
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Safarov33

Badan kuyganda birinchi yordam berish. Badanning ku- yishini og‘ir-yengilligiga (terining biroz qizarishidan tortib un­ing katta-katta joylari, ba’zida esa birmuncha chuqurroqdagi lo'qimalaming ham kuyib ketishiga qadar) qarab uch darajaga bo‘linadi.
Badan og‘ir kuygan bo‘lsa, ko‘ylak-shim va oyoq kiyimini juda chtiyotlik bilan yechish, yaxshisi qirqib olish kerak.
Kuyishdan hosil bo‘lgan jarohat ifloslansa, yiring boylaydi va hitish i uzoq vaqtga cho‘zilib ketadi. Shu sababli, kuygan joylarga qo‘l tekkizish yoki biror surtma, moy, vazelin yoxud eritma surtish aslo yaramaydi. Kishining kuygan joylarini yangi jarohat singari bog‘lash, ya’ni unga paketdan olingan steril material yoki dazmol- langan toza latta yopib, ustiga paxta qo‘yish va bint bilan yaxshilab o'rash, shundan so‘ng shikastlangan kishini davolash muassasasiga yuborish kerak. Bu eng oddiy va oson usul bo‘lib, kuygan joyning tezroq tuzalishi uchun foyda beradi.
Kishi nimadan kuygan bo‘lmasin, ya’ni bug‘, kuchlanish yoyi- dan yoki qaynoq mastika, kanifol va boshqalardan kuyadimi, hami- sha birinchi yordam berishning shu usulini qo‘llash kerak. Bunda kuyishdan hosil bo‘lgan pufaklarni yorish, yopishib qolgan mastika, kanifol yoki smolali moddalarni ko‘chirish yaramaydi, chunki ular bilan birga teri ham ko‘chishi, natijada jarohatga turli mikroblar tushishiga imkon tug‘ilishi, so‘ngra jarohat yiring boylashi mum- kin. Shuningdek, kuygan kiyimning yopishib qolgan parchalarini ham ko‘chirib olish yaramaydi, zarur bo‘lsa, ularni o‘tkir qaychi bilan qirqib olish kerak.
Kuchlanish yoyidan ko‘z kuyganda, ko‘zga borat kislotasidan sovuq bog‘lamlar (malham) qo‘yish va shikastlangan kishini darhol tibbiyot muassasasiga yuborish lozim.
Kimyoviy moddalar, asosan kuchli kislotalarning (sulfat kislota, azot kislota, xlorid kislota) va o‘yuvchi ishqorlar (kaustik soda va kir sodasi, so‘ndirilmagan ohak va hokazo) ta’siri bilan kuyganda tezda kran yoki chelakdan suv oqizib qo‘yib, terining zararlangan joylarini 10 - 15 daqiqa davomida yuvish kerak.
Kuygan qo‘l yoki oyoqni toza suv bilan to‘ldirilgan tog‘ora, bochka yoki chelakka tiqib, shu suvda chayib yuvsa ham bo‘ladi.
Terining kuygan joylarini suv bilan yaxshilab yuvilganidan so‘ng, unga bog‘lam (malham) qo‘yish mumkin, masalan:

  • kislotadan kuyganda soda eritmasidan (bir stakan suvga bir choy qoshiq soda);

  • ishqorlardan kuyganda - sirkaning kuchsiz eritmasidan (sal nordon bo‘lsa kifoya) yoki borat kislotasidan (bir stakan suvga bir choy qoshiq) bog‘lam (malham) qo‘yiladi.


Yüklə 491,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin