Intizomiy javobgarlik. Hozirgi zamon mashinasozlik sanoati fan va texnika
taraqqiyotining hamma yutuqlarini o'zida jamlagan murakkab dargoh hisoblanadi. Unda oddiy
tokarlik stanogidan tortib zamonaviy programmalashtirilgan agregat stanoklarigacha, oddiy
yig'ish maydonidan boshlab, mukammallashtirilgan konveyer liniyalarigacha ishlaydi. Bunday
mashinasozlik zavodlari sexlarida bir necha yo’zdan tortib, bir necha ming nafargacha ishchilar
mehnat qilishi mumkin.
Bunday katta sanoat korxonasida mehnat intizomini saqlash, xavfsiz ish olib borishning
asosi hisoblanadi. Har bir sanoat korxonasi o‘z ichki tartib-qoidalarini ishlab chiqadi. Bu tartib-
qoidalarning barchasi xavfsiz va sog‘lom mehnat sharoitini ta’minlash, jarayonlarni normada
bajarishga qaratilgan. Talablarni bajarmaslik baxtsiz hodisalarga olib kelishi mumkin.
Shuningdek, ishchi-xizmatchilarning tartib-qoidalarga amal qilmasligi ish rejimining buzilishiga,
kasallik, baxtsiz hodisa, zaharlanish va boshqa hodisalarning sodir bo‘lishiga olib kelishi
mumkin. Ular uchun intizom javobgarligi ta’sis etilgan.
Bu javobgarlik ishchilar uchun: ogohlantirish, hayfson e’lon qilish, jiddiy hayfson e’lon
qilish, uch oy muddat bilan oyligi kam bo‘lgan ishga o‘tkazish yoki shu muddatga past razryad
ishga o‘tkazish, ishdan bo‘shatish kabi tartibda amalga oshiriladi.
Rahbar shaxslar uchun javobgarlik ogohlantirish, hayfson e’lon qilish, bir yilgacha
lavozimini pasaytirish, ishdan bo‘shatish yo‘li bilan olib boriladi.
Ishchilar korxona rahbarlari, sex va bo‘lim boshliqlari tomonidan intizom javobgarligiga
tortilishi mumkin. Rahbar xodimlar esa, yuqori rahbarlik xodimlari tomonidan intizomiy
javobgarlikqatortilishi mumkin. Rahbar xodimlar jamoa bitimida ko‘rsatilgan talablarni, yuqori
tashkilot buyruqlarini bajarmaganliklari va asosan xavfsizlik texnikasi, sanoat sanitariyasi va
gigiyenasi talab-qoidalariga amal qilmaganligi uchun javobgarlikka tortiladilar.