Hayot faoliyati xavfsizligi



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/15
tarix24.03.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#89558
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
1-Maruza

 Intizomiy javobgarlik. Hozirgi zamon mashinasozlik sanoati fan va texnika 
taraqqiyotining hamma yutuqlarini o'zida jamlagan murakkab dargoh hisoblanadi. Unda oddiy 
tokarlik stanogidan tortib zamonaviy programmalashtirilgan agregat stanoklarigacha, oddiy 
yig'ish maydonidan boshlab, mukammallashtirilgan konveyer liniyalarigacha ishlaydi. Bunday 
mashinasozlik zavodlari sexlarida bir necha yo’zdan tortib, bir necha ming nafargacha ishchilar 
mehnat qilishi mumkin. 
Bunday katta sanoat korxonasida mehnat intizomini saqlash, xavfsiz ish olib borishning 
asosi hisoblanadi. Har bir sanoat korxonasi o‘z ichki tartib-qoidalarini ishlab chiqadi. Bu tartib-
qoidalarning barchasi xavfsiz va sog‘lom mehnat sharoitini ta’minlash, jarayonlarni normada 
bajarishga qaratilgan. Talablarni bajarmaslik baxtsiz hodisalarga olib kelishi mumkin. 
Shuningdek, ishchi-xizmatchilarning tartib-qoidalarga amal qilmasligi ish rejimining buzilishiga, 
kasallik, baxtsiz hodisa, zaharlanish va boshqa hodisalarning sodir bo‘lishiga olib kelishi 
mumkin. Ular uchun intizom javobgarligi ta’sis etilgan. 
Bu javobgarlik ishchilar uchun: ogohlantirish, hayfson e’lon qilish, jiddiy hayfson e’lon 
qilish, uch oy muddat bilan oyligi kam bo‘lgan ishga o‘tkazish yoki shu muddatga past razryad 
ishga o‘tkazish, ishdan bo‘shatish kabi tartibda amalga oshiriladi. 
Rahbar shaxslar uchun javobgarlik ogohlantirish, hayfson e’lon qilish, bir yilgacha 
lavozimini pasaytirish, ishdan bo‘shatish yo‘li bilan olib boriladi.
Ishchilar korxona rahbarlari, sex va bo‘lim boshliqlari tomonidan intizom javobgarligiga 
tortilishi mumkin. Rahbar xodimlar esa, yuqori rahbarlik xodimlari tomonidan intizomiy 
javobgarlikqatortilishi mumkin. Rahbar xodimlar jamoa bitimida ko‘rsatilgan talablarni, yuqori 
tashkilot buyruqlarini bajarmaganliklari va asosan xavfsizlik texnikasi, sanoat sanitariyasi va 
gigiyenasi talab-qoidalariga amal qilmaganligi uchun javobgarlikka tortiladilar.

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin