Hayot faoliyati xavfsizligi



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/15
tarix24.03.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#89558
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
1-Maruza

Ma’muriy javobgarlik – quyidagi uch tartibda belgilanishi mumkin: 
1. Ahloqiy harakteridagi javobgarlik (ogohlantirish, uyaltirish, xayfsan e’lon qilish, 
vaqtincha yoki butunlay past darajali ishga o‘tkazish, imtiyozlarni cheklash kabi jamoat 
tartibidagi choralar). 
2. Mablag‘ va pul undirish, bunda jarima va musodara qilish usullari qo‘llaniladi. 
3. Tartib buzuvchining shaxsiga taalluqli bo‘lgan javobgarlik (axloq tuzatish ishlari, 
ma’muriy qamoq jazosi, vazifasidan chetlatish). 
Mehnat xavfsizligi qoida va normalarini buzgan ishchi va xizmatchilarga ma’muriy 
javobgarlik tartibi to‘g‘risida ogohlantirish, jamoat tartibidagi choralar va ma’lum miqdorda 
jarima to‘lash belgilanadi. Jarima va ogohlantirish bo‘ysundirish tartibida rahbar xodimlar 
tomonidan emas, balki mehnatni muhofaza qilishning davlat organlari yoki shahar va tuman 


deputatlari kengashi ijroiya qo‘mitasi tomonidan tashkil qilingan komissiyalarning qarori bilan 
belgilanadi. 
Jinoiy javobgarlik. Mehnatni muhofaza qilish qoidalarining qo'pol buzilishi natijasida 
og'ir jarohatlanish sodir bo'lsa, bir necha kishi og'ir jarohatlansa yoki baxtsiz hodisa o'lim bilan 
tugasa, bun-day holatda rahbar xodim jinoiy javobgarlikka tortiladi. Rahbar xodim vazifasidan 
chetlatiladi va ma'lum muddatga ozodlikdan mahrum qilinadi. 
Moddiy javobgarlik. Moddiy javobgarlik—bu ishchi va xizmatchining aybi bilan 
korxonaga keltirilgan moddiy zararni qoplashdir. Mehnatni muhofaza qilishning qoida va 
me'yorlarining ishchi va xizmatchi tomonidan buzilishi natijasida sanoat korxonasi moddiy zarar 
ko'rsa, ana shu zararning bir qismi yoki hammasi aybdor shaxs tomonidan to'lanishi moddiy 
javobgarlik chorasiga kiradi. 
Moddiy javobgarlik asosan ikki xil tartibda: chegaralangan moddiy javobgarlik va to'liq 
moddiy javobgarlik tartibida belgilan-ishi mumkin. Chegaralangan moddiy javobgarlikka ishchi 
yoki xizmatchidan sanoat korxonasiga yetkazilgan zararni ma'muriyat tartibida buyruqqa asosan 
oyligidan undirib olinadi. Lekin bunda, avvalo aybdor shaxsning roziligi bo'lishi shart, 
ikkinchidan, undirib olinadigan miqdor umuman ishchining yoki xizmatchining o'rtacha 
oyligidan oshib ketmasligi va har oyda undiriladigan pul miqdori esa ishchi yoki xizmatchining 
oladigan oyligining uchdan bir qismidan oshmasligi kerak. 
To'liq moddiy javobgarlik jinoyat sodir bo'lgan taqdirda va aybdor jinoiy ish qilgan bo'lsa, 
uni jinoiy javobgarlikka tortish bilan bir qatorda, sanoat korxonasiga keltirilgan moddiy zararni 
ham to’liq qoplashga majbur qilinadi. Bunday javobgarlik qarorlarini tuman yoki shahar sud 
organlari (ma'muriyatning talabiga asosan) chiqaradi. Bu holda ma'muriyat tomonidan 
aybdorning haqiqatan ham aybdor hujjatlar ko'rsatilishi kerak. 
Nazorat savollari: 
1.Mehnat muhofazasi qoida va meyorlarining buzilishi uchun qanday javobgarlik belgilanadi? 
2. Mehnat muhofazasi bo‘yicha qonunlarning bajarilishini nazorat qilib turish qanday davlat 
tashkilotlariga yuklatilgan? 
3. Ishlab chiqarish korxonalarida necha pog‘onali nazorat amalga oshiriladi? 
4.Mehnat muhofazasiga doir tadbirlar qanday mablag‘lar hisobiga ta’minlanad? 

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin