Hayot faoliyati xavfsizligi


Faoliyat xavfsizligini ta’minlashda O‘zbekiston Respublikasining qonunlari



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/15
tarix24.03.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#89558
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
1-Maruza

Faoliyat xavfsizligini ta’minlashda O‘zbekiston Respublikasining qonunlari: 
1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (8.12.1992y.). 
2. O‘zR Mehnat kodeksi 21.12.1995 y. 161-1-son: XIII bob.«Mehnatni muhofaza qilish». 
3. «Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida» O‘zR qonuni (22.09.2016y. №410). 
4. Hayot faoliyati xavfsizligi bo‘yicha Davlatni me’yoriy hujjatlar talablari o‘z ichiga 
olgan, normativ huquqiy hujjatlar tizimi.
5. (O‘zR Hukumatining qarori 12 iyul 2000 g. N 267). 
6. O‘zR Prezidentining farmonlari, O‘zR Hukumatining, O‘zR Mehnat vazirligining, 
boshqa vazirliklar va muassasalarning normativ-huquqiy hujjatlari, O‘zR davlat xokimiyati 
organlarining normativ hujjatlari. 
7. Hayot faoliyati xavfsizligi bo‘yicha Davlatni me’yoriy hujjatlar talablari - qoidalar, 
protseduralar va mezonlar, ishlovchilarni mehnat jarayonida hayoti va sog‘lig‘i saqlanishini 
ta’minlashga qaratilgan. 
8. Hayot faoliyati xavfsizligining talablari, mulk va xo‘jalik yuritish shakli turlicha bo‘lgan 
yuridik va jismoniy shaxslar, ular tomonidan barcha turdagi faoliyatni olib borganda,
majburiydir (O‘zR mehnatni muhofaza qilish to‘hrisidagi qonuni). 
Faoliyat xavfsizligida mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha asosiy qonun hujjatlari va 
normativ-huquqiy hujjatlar. 
• O‘zbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunini (ro‘yxat 
raqami №410 yangi tahrirda 22.09.2016y.).
• O‘zbekiston Respublikasining ”Mehnat kodeksi”(ro‘yxat raqami 161-I, 1995 yil 21 
dekabr). 
• O‘zbekiston Respublikasi “Elektrenergetika to‘g‘risida”gi Qonunini (ro‘yxat raqami 225 
, 2009 yil 30 sentabr). 
• O‘zbekiston Respublikasi “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonunini (ro‘yxat raqami 
226 , 2009 yil 30 sentabr).
• O‘zbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi 
to‘g‘risida ”gi Qonuni (ro‘yxat raqami 57 , 2006 yil 28 sentabr).
• O‘zbekiston Respublikasining “Baxtsiz hodisalardan va qasbiy qasalliqlardan majburiy 
sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi Qonuni. 
• O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 12 iyuldagi «Mehnatni 
muhofaza qilishga doir me’yoriy xujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to’g’risida» gi 
267–sonli qarori. 
• O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 11 martdagi 133-son qarori 
bilan tasdiqlangan “Mehnat sharoiti o‘ta zararli va o‘ta og‘ir ishlarda band bo‘lgan xodimlar 
uchun ish vaqtining cheklangan muddati”. 
• O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2008 yil 12 noyabri 245-son qarori 
bilan tasdiqlangan “Korxona, tashkilot va muassasalarda Hayot faoliyati xavfsizligi fondi tashkil 
qilinishi va uni mablag‘larini ishlatish tartibi to‘g‘risidagi nizomi”.
• O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1997 yil 6 iyundagi 286-sonli qarori 
bilan tasdiqlangan”Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatlig‘ining boshqa 
xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi nizom”. 
• Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 11 fevraldagi 60-son qarori ”Xodimlarga ularning 
mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda jarohatlani shi, kasb kasalliklariga chalinishi 
yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararni to‘lash Qoidalari”. 
• “Hayot faoliyati xavfsizligi bo‘yicha ishlarni tashkil qilish to‘g‘risida Namunaviy nizom” 


(ro‘yxat raqami 273,1996 yil 14 avgust). 
• “Hayot faoliyati xavfsizligi bo‘yicha o‘qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash 
to‘g‘risidagi Namunaviy nizom” (ro‘yxat raqami 272, 1996 yil 14 avgust). 
• “Mehnatni muhofaza qilish vakili to‘g‘risidagi nizom” (ro‘yxat raqami 196, 1995 yil 18 
dekabr). 
• “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqish to‘g‘risida”gi Nizom
(ro‘yxat raqami 870, 2000 yil 7 yanvar). 
• «Положение об установлении пределно допустимих норм при подеме и 
перемешении тяжестей литсами моложе восемнадсати лет» (рег. № 1954 от 12 мая 2009г.). 
• “Ayollar mehnatidan foydalanish qisman yoki to‘liq taqiqlangan noqulay mehnat 
sharoitiga ega ishlar ro‘yxati”ga (ro‘yxat raqami 865, 2000 yil 5 yanvar). 
• O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi “Xodimlarni ishga kirishdan oldin 
dastlabki va davriy tibbiy ko‘riklardan o‘tkazish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 10 iyul 
2012 yil 200 -son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2387, 2012 yil 29 avgust). 
• Yuk ortish va tushirish ishlaridagi yukchilar uchun ishlarning xavfsizligi qoidalari 
(ro‘yxat raqami 1582, 2006 yil 13 iyun). 
• Balanlikda ishlaganda mehnatni muhofaza qilish Qoidalari” (2009 yil 24 yanvar, ro‘yxat 
raqami 1890). 
Mehnatni muhofaza qilish huquqlari - mehnat jarayonida insonning xavfsizligini, hayoti va 
sog‘lig‘i, ish qobiliyati saqlanishini ta’minlashga doir huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, 
texnikaviy, sanitariya-gigiyena, davolash-profilaktika, reabilitatsiya tadbirlari hamda vositalari 
tizimidir. 
Texnika xavfsizligi - ishlovchilarga xavfli ishlab chiqarish omillar ta’sirini bartaraf etish 
ishlarini ko‘rib chiqadi.
Ishlab chiqarish sanitariyasi - zararli ishlab chiqarish omillar ta’sirini bartaraf etish yoki 
kamaytirish ishlarini ko‘rib chiqadi. 
Yong‘in xavfsizligi – yong‘inlarni kelib chiqish sabablari, yonish va portlash tabiatini, 
yong‘in va portlash xavfsizligini ta’minlash usullari, yong‘inlarni o‘chirish va yong‘in 
muhofazasini tashkil qilishni ko‘rib chiqadi. 
Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha me’yoriy huquqiy hujjatlari - Ishlab chiqarishda 
mehnat sharoitlarini yaratish, zararli va xavfli omillar oldini olish, mehnat to‘g‘risidagi qonun 
asosida ishlash kabilar alohida qabul qilingan Respublikamizning asosiy qonunlar, standartlar
nizomlar, qoidalar va me’yoriy hujjatlari tizimi bo‘yicha amalga oshiriladi. 
Davlat tomonidan mehnat qonunlari, standartlar belgilanadi. Korxonalar tomonidan 
o‘zining nizomlari, korxonaga doir qoidalar va me’yoriy hujjatlar belgilanadi. 

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin