Shamollatish vositalarini o'rnatishda, shamollatish sxema-sining iqtisodiy kamxarj bo'lishi bilan birga, iloji boricha kam metall sarf qilinadiganini tanlash zarur
Shamollatish vositalarini o'rnatishda, shamollatish sxema-sining iqtisodiy kamxarj bo'lishi bilan birga, iloji boricha kam metall sarf qilinadiganini tanlash zarur.
Issiqlik ajralib chiqadigan xonalarda havo almashtirishni ta’minlash. Sanoat korxonalari xonalarida ajralib chiqadigan zararli omil faqat issiqlik bo'lsa, unda hisoblab almashtiriladigan havo miqdori quyidagi formula bilan aniqlanadi:
G , = ----- Q on--------
0,24 (tx - t e)
62
bu yerda, G j—chiqarilib tashlanishi kerak bo‘lgan havo miqdori, kg s; Qort— ortiqcha issiqlik miqdori.
Ortiqcha issiqlik miqdori, xonada ajralayotgan issiqlik miqdori orasidagi ayirmadan iborat bo'ladi. Bunda issiqlik balansini o'rtacha issiq, sovuq va issiq davrga ayrim-ayrim hisoblash tavsiya qilinadi.
Issiq sharoit uchun issiqlik balansini quyidagicha yozish mumkin: tT > Ю°С, Qon = 2 Q + Qrad - (Qi + Q2 + Qs +Q 4)
bunda, IQ — xonadagi hamma issqlik manbalaridan ajralayotgan issiqlik miqdori, kkal soat; Qrad — quyosh nuri ta’sirida hosil bo'ladigan issiqlik miqdori, kkal soat; Qi — xonaga kiritilgan materiallaming isishi uchun sarflanadigan issiqlik, kkal soat;
Q3 — joylardagi shamollatish vositalari orqali yo'qotiladigan issiqlik miqdori, kkal soat; Q4 — devorlar orqali yo'qotiladigan issiqlik miqdori, kkal soat; Qs — xonaga tirqishlardan kirgan havoni isitishga sarflanadigan issiqlik, kkal soat.
¥uqorida keltirilgan formulada th — chiqarib yuborilayotgan havoning temperaturasi hisobga olingan. Uni belgilash uchun issiqlik ajralayotgan jihozlaming sathini, xonaning balandligi va o'rnatilgan jihozlarning zichligini hisobga olish kerak bo'ladi.