Hayot faoliyati


X .5. Kam kuchlanishga ega bo‘lgan elentr qurilmalaridan foydalanish



Yüklə 1,67 Mb.
səhifə94/161
tarix12.06.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#128790
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   161
Hayot faoliyati

X .5. Kam kuchlanishga ega bo‘lgan elentr qurilmalaridan foydalanish

Har xil qo'lda ishlatiladigan asboblar, drel, gayka buragich va boshqalar, shuningdek, qo'lda ko'chirib yurishga mo'ljallangan lampalar bilan ishlaganda odam uning korpuslari bilan uzoq vaqt bog'langan bo'ladi. Shuning uchun ham bunday asboblar bilan ish-layotgan kishi hayoti uchun xavfli bo'lgan elektr tokining korpusga urib ketishi hodisasi, ayniqsa, bajarilayotgan ish xavfli xonalarda olib borilayotgan bo'lsa, ro'y berishi mumkin.


Shuning uchun qo'lda ishlatiladigan elektr asboblarini va





182

ko‘chirib yuriladigan lampalarni ishlatganda 42 V kuchlanishga ega bo'lgan elektr tarmoqlaridan foydalanish tavsiya etiladi.
Bundan tashqari bunday asboblar va lampalar bilan juda xavfli xonalarda va nobob sharoitlarda (masalan, metall rezervuarlarda, tok o'tkazuvchi pollarda yotib yoki o'tirib ish olib borish) elektr to ­ kining kuchlanishi 12 V dan ortiq bo'lmasligi kerak.


X 6. Sanoat korxonalarini elektr xavfi bo‘yicha sinflarga boiish

Hamma sanoat korxonalari xonalari odamlar uchun elektr urishga xavflilik darajasi bo'yicha uchta sinfga bo'linadi.


Xavfsiz xonalar nisbiy namligi va havo harorati me’yorida bo'lgan (nisbiy namligi 40-60%, havo harorati 18—25 °C) va elektr toki o'tkazmaydigan (masalan, yog'och) polga ega bo'lgan sanoat korxonalari xonalari kiradi.
Bunga misol tariqasida ma’muriy binolar xonalari, aniq as­ boblari yig'ish sexlari va boshqalar kiradi. Unday xonalarda havon-ing nisbiy namligi va harorati normal holatda, poli yog'ochdan bo'lib elektr tokini o'tkazmaydi.

Xavfli xonalar tarkibiga nisbiy namligi uzoq vaqt 75% va un ­ dan yuqori bo'lgan — nam xonalar, havo harorati uzoq vaqt 30 °C dan ortiq bo'lgan issiq xonalar, xona havosida tok o'tkazuvchi changlar ajralib chiqish mumkin bo'lib ko'mir va metallarning changlari, bu changlar miqdori tok o'tkazgichlar va elektr qurilma­ lari ichiga kirib elektr xavfini vujudga keltiradigan, tok o'tkazuvchi polga (metall, temi-beton, yer, g'ishtli pollar) ega bo'lgan va ish-layotgan ishchi bir vaqtning o'zida bir tomondan yerga ulangan metall konstruksiyalari, texnologik jihozlarga hamda ikkinchi to ­ monidan elektr qurilmalarining metall korpuslariga tegishi mumkin bo'lgan sanoat xonalari kiradi.


Bunga mashinasozlik sanoati korxonalari sexlari, zinapoyalar isitilmaydigan skladlar va boshqalar kiradi.


O'ta xavfli xonalar - bularga namligi juda yuqori bo'lgan ( 100%, devor, shift, pollarda suv tomchilari paydo bo'ladi), haro­ rati 35 °C va undan yuqori, havo tarkibida kimyoviy aktiv mod­ dalar bo'lib, bular elektr o'tkazgichlarning muhofaza qobiqlarini yemirish xususiyatiga ega bo'lgan, shuningdek, xavfli xonalarga xos bo'lgan belgilarga ega bo'lgan sanoat korxonalarining ish bajaradi-gan joylarini kiritish mumkin.




Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin