Hayot faoliyati


Eleictr qurilmalarini o'rnatishda qo‘yiladigan asosiy talablar



Yüklə 1,67 Mb.
səhifə99/161
tarix12.06.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#128790
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   161
Hayot faoliyati

11. Eleictr qurilmalarini o'rnatishda qo‘yiladigan asosiy talablar

Elektr dvigatellari, ularni ulovchi o'tkazgichlaming muhofaza qobiqlari, tok o'chirish qurilmalari va saqlovchi qurilmalarga, ularni o'rnatish va foydalanishda ma’lum talablar qo'yiladi.


Elektr qurilmalarining elektr o'tkazgichlarini muhofaza qo­ biqlari bilan ta’minlash muhim rol o'ynaydi. U birinchidan ko'p miqdordagi elektr tokini yo'qotishdan saqlaydi, ikkinchidan ishla­ yotgan elektr toki ta’siriga tushib qolishga yo'l qo'ymaydi va uchin-chidan elektr sistemalarining o'zgaruvchi kuchlanishlaridan uch-qunlari chiqish bilan paydo boMadigan yong'in xavfini yo'qotadi.


Elektr qurilmalarini o'rnatish qoidalariga asosan ikki saqlovchi qurilma o'rtasidagi elektr sistemalaridagi yoki oxirgi saqlovchi qurilma bilan har qanday o'tkazgich orasidagi muhofaza qobig'i qarshiligi 0,5 M Om dan kam boMmasligi talab qilinadi.


Xavfli xonalarda bu qarshilik miqdori 20—50% ortiq boMishi kerak. Elektr qurilmasining muhofaza qobig'i qarshiligi uni o'rnatgandan keyin o'lchab ko'riladi va uni ishlatish davrida yiliga kamida bir marta xavfli xonalarda kamida 2 marta o'lchab, tek-shirib turiladi.


Chunki elektr qurilmalarining tokni o'tkazib yubormasligini ta’minlashga qaratilgan muhofaza qobiqlari vaqt o'tishi bilan, o'zlarining elektr o'tkazmaslik qobiliyatlarini o'zgartirib, ma’lum miqdorda elektr o'tkazuvchan bo'lib qolishlari mumkin.


Sanoat korxonalarini xonalaridagi elektr o'tkazgichlar muno-faza qobig'i bilan yoki kabel sifatida foydalanilishi mumkin. Ba’zi bir hollarda, agar bu o'tkazgichlar mexanik kuchlar ta’siri ostida boMadigan bo'lsa, ularni metall trubalar ichiga o'm atib, muhofaza qilinadi.


Munofaza qilinmagan ochiq simlardan foydalaniladigan hol­ larda ularni eng kamida 3,5 m balandliklarda o'rnatish tavsiya eti-ladi (masalan, kranlaming kontakt simlari va h.k.).


Bunday simlari uzilib ketgan taqdirda ularning toksizlantirish avtomatik sistemalari boMishi shart.


Elektr sistemalarining saqlovchi qurilmalari juda sodda uzilgan bo'lib,. agar sistemada elektr quwati nominal miqdordan ortib ket-





191

gan taqdirda avtomatik ravishda tokni uzib qo'yadi. Muhofaza qurilmasi elektr sistemasidagi tok quwati nominal miqdordan 25% ortib ketsa, muhofaza qurilmasiga o'rnatilgan eruvchan qism erib ketadi va tok kelishi to'xtaydi. Bu eruvchan qismni elektr sistema-siga berilayotgan tok kuchining maksimal zarur miqdoriga moslab tanlanadi. Uning erib ketish vaqti undan o'tayotgan tok kuchiga bog'liq.


Agar tok kuchi birdaniga 2,5 marta ortib ketsa, eruvchi qism 0,2 s davomida erib ketadi. Eruvchi qismni standart sifatida ishlab chiqarilayotganlarini kallash kerak. Uning o'miga mis simlardan qilingan yasama qurilmalarini qo'llashga ruxsat etilmaydi. Chunki bunday yasama qurilmalar o'z vaqtida ishlamay sistemaning boshqa qismlarining va o'tkazgichlarning qizib ketishiga va muhofaza qo-big'larining yonib ketishi natijasida yong'in chiqishiga sababchi bo'ladi.


Saqlovchi qurilmalarning probkasimon, plastinkali va trub-kasimon turlari bo'ladi, ularning hammasida ham eruvchi qismni o'zgartirish imkoniyati bor (368-rasm).


36-rasm. Saqlovchi qurilmalar.


Probkasimon saqlovchi qurilmani maxsus patronga burab kir-giziladi va butun elektr zanjiri shu qurilma orqali ulanadi. Uning o'rtasida eruvchi metall sim o'tkazilgan va atrofi erigan vaqtda elektr yoyi hosil bo'lmasligini ta’minlash uchun asbest bilan to'lg'izilgan. Bunday saqlovchi qurilmani yoritish sistemalarida va uncha katta bo'lmagan elektrodvigatellarni ishlatishda qo'llaniladi. Plastinkali saqlovchi qurilmalar bitta yoki bir necha yengil eruvchi metall simlardan tashkil topgan eruvchi qurilmaga ega bo'lib, mu­ hofazalovchi tok o'tkazmaydigan asosga o'matiladi. Plastinkali saqlovchi qurilmalar 220 V kuchlanishdan ortiq bo'lmagan elektr tarmoqlarida qo'llaniladi.





Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin