Hayot faoliyati



Yüklə 1,67 Mb.
səhifə35/161
tarix12.06.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#128790
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   161
Hayot faoliyati

IV. 4. Siklonlar


Sanoat korxonalarida havoni changdan tozalash qurilmalari ichida eng sodda tuzilgani va shuning uchun keng ommalashgani siklondir. Siklonlardan deyarli hamma sanoat korxonalarida foydalaniladi. Siklonlarda changlangan havodan changni ajratib olish markazdan qochma kuchga asoslangan (18-rasm).


Changlangan havo siklonga yo'naltiruvchi qurilma orqali yuboriladi. Bu qurilma havo oqimini siklon qobig'iga qiyalab spiralsimon harakatlanishga mo'ljallab o'rnatilgan. Havo o'z harakati davomida konussimon asosga o'tadi va konus toraygan sari havo harakati tezlashadi va siklon qobig'ining eng quyi qismida havo harakati bosimining keskin pasayishi kuzatiladi.


18-rasm. Siklonning umumiy ko'rinishi.


Buning natijasida siklon konusining quyi qismiga yetib kelgan havo o'z yo'nalishini keskin o'zgartirib, spiralsimon harakatlanishi holatini saqlagan holda yuqoriga tomon yo'naladi va truba orqali tashqariga chiqarib yuboriladi. Changning havodan ajralishi siklon konussimon asosining quyi qismida, havo harakatini keskin o'zgar-tirgan vaqtda yuz beradi. Chunki havo tarkibidagi changlar havodan

85


og‘irroq bo'lganligi sababli, havo bilan birga keskin burilaolmaydi, balki inersiya kuchi bilan havo tarkibidan otilib chiqib ketadi.


Siklonlarda havo tozalash jarayonining umumiy nazariy jihatlari ishlab chiqilgan emas. Shuning uchun siklonlami tanlash va qurish amaliy vositalar asosida amalga oshiriladi.


Hozirgi vaqtda qabul qilingan qoidalarga asoslanib, siklonning ishlashi markazdan qochma kuch qonuniga asoslanadi deb hisoblanadi.


c - = ^ .
Г
bunda, m — zarraning og'irligi; V — havoning siklonga kirayotgan vaqtdagi tezligi, m /s ; r — siklonning silindrsimon yuqori qismining yoki konussimon asosning katta tomonining radiusi, m.


Bu formuladan ko'rinib turibdiki, agar changlar yirik va og'ir bo'lsa, ularning ushlanib qolish qobiliyati shuncha yuqori bo'ladi. Ammo havo tarkibidagi changning katta-yirikligi bizning qo'limizdagi narsa emas va uni o'zgartirish imkoniyati yo'q. Havo harakati tezligi esa o'zgartirish mumkin bo'lgan birlik. Lekin tajribalaming ko'rsatishicha havo harakati tezligini cheksiz ko'paytirish imkoniyati bo'lgani bilan, havo oqimining beqaror (turbulent) holatini vujudga keltiradi, bu esa, o'z navbatida, oqim ichida quyunchalar hosil bo'lishiga olib keladi. Quyunchalar siklon ichkarisida markazdan qochma kuch asosida hosil bo'lgan changlarni to'zitib yuboradi va ular siklonning ichki tomoniga o'tib ketib, tozalanmasdan havoga chiqarib yuborishga sabab bo'ladi. Shuning uchun ham siklonlarga kiritilayotgan havoning eng samarador tezligi 18—22 m/s ni tashkil etishi aniqlangan.


Siklon radiusini o'zgartirish imkoniyati bor. Formuladan ko'rinib turibdiki, siklon diametri qancha katta bo'lsa, uning chang tutish qobiliyati shuncha kam bo'ladi, siklon diametrini kichraytira borsak, uning samaradorligi orta boradi.

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin