Hayot foaliyat xavfsizligi fanidan mustaqil ishi



Yüklə 29,52 Kb.
səhifə2/8
tarix07.01.2024
ölçüsü29,52 Kb.
#207239
1   2   3   4   5   6   7   8
HAYOT FOALIYAT XAVFSIZLIGI FANIDAN 4

Yonish turlari.

  • Yonish turlari.
  • Yonish jarayonini shartli ravishda quyidagi turlarga bo`lish mumkin:
  • 1) Chaqnash - yonuvchi aralashmaning bir lahzada yonib, o`chishi. Bunda yonishning davom etishi uchun aralashma tayyorlanishining imkoniyati yo`q.
  • 2) Yonish - qizdirish natijasida yonishning vujudga kelishi.
  • 3) Alangalanish - yonishning alanga olib davom etishi.
  • 4) O`z-o`zidan yonish - moddalar ichida asosan organik moddalarda ro`y beradigan ekzotermik reaksiyalar natijasida, tashqaridan qizdirishsiz yonuvchi aralashmaning o`z-o`zidan yonib ketishi.
  • 5) O`z-o`zidan alangalanish - o`z-o`zidan yonishning alanga bilan davom etishi.
  • 6) Portlash – o`ta tez yonish kimyoviy jarayonining bosim va energiya hosil qilish bilan o`tishi.
  • Yonuvchi modda ma'lum haroratda o`zidan yonuvchi parlar ajratib chiqarishi natijasida muhit alangalanish ta'minlansa, bu harorati alangalanish harorati deb yuritiladi.
  • Ba'zi bir, asosan organik moddalar (torf, qipiq, paxta, ba'zi bir ko`mir mahsulotlari, qora mollarning chiqindilari) o`z-o`zidan yonib ketish xususiyatiga ega. Chunki bu materiallar g`ovak asosga ega bo`lganligi sababli oksidlanishi mumkin bo`lgan yuzasi juda katta bo`lganligidan, agar bu moddalar ochiq joylarda ma'lum miqdorda yig`ilib qolsa, ob- havo sharoiti ta'sirida qizib yonib
  • ketadi.

O`z-o`zidan yonib ketishning issiqlik ta'sirida ro`y berish holatini ko`rib chiqamiz. Faraz qilaylik idishda V hajmida yonuvchi gaz, yoki parlanib yonuvchi gaz holatida kelgan suyuqlik havo bilan birga to`ldirilgan bo`lsin. Shu xonadagi harorat va atmosfera bosimida havo bilan to`ldirilgan yonuvchi gaz yoki parlangan suyuqlik o`rtasida tech qanday reaksiya bo`lmaydi.

  • O`z-o`zidan yonib ketishning issiqlik ta'sirida ro`y berish holatini ko`rib chiqamiz. Faraz qilaylik idishda V hajmida yonuvchi gaz, yoki parlanib yonuvchi gaz holatida kelgan suyuqlik havo bilan birga to`ldirilgan bo`lsin. Shu xonadagi harorat va atmosfera bosimida havo bilan to`ldirilgan yonuvchi gaz yoki parlangan suyuqlik o`rtasida tech qanday reaksiya bo`lmaydi.
  • Ma'lumki reaksiya jarayoni faqtgina harorat ko`tarilishi bilan ro`yobga chiqadi. Agar biz idish haroratini asta-sekin ko`tara borsak, ya'ni idishni qirzirsak, unda aralashma harorati ham ko`tarila boradi, bu bilan reaksiya tezligi ham orta boradi va o`z navbatida reaksiya natijasida ajralib chiqayotgan issiqlik ham orta boradi. Berilayotgan issiqlikka nisbatan ajralib chiqayotgan issiqlik
  • miqdori quyidagi formula asosida bo`ladi.
  • Bu yerda q1 - issiqlik ajralish tezligi; Q - gaz yonganda ajraladigan issiqlik; V - yonuvchi aralashmaning hajmi; K - reaksiya tezligi konstantasi; C - reaksiyaga kirishuvchi moddalar konsentrasiyasi; v - reaksiya tartibi; E - aktivasiya energiyasi; R - gazning universal o`zgarmas miqdori; T - aralashma harorati.
  • Kimyoviy reaksiya tezligi sifatida ma'lum hajmdagi moddaning birikish miqdori qabul qilingan. Aktivasiya energiyasi molekulalar o`rtasidagi boqlanishni ozgartirishga sarflanishi zarur bo`lgan energiya miqdoridir. Kimyoviy birikish eski moddadagi molekulalar sistemasidagi atomlar o`rtasidagi bog`lanishni buzib, yangi molekular bog`lanishdagi sistemani vujudga keltiradi.

Yüklə 29,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin