Hayotimiz qomusi


Maftuna: - O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 6 bo'lim va 26 bobdan iboratdir. Adhamj



Yüklə 361,49 Kb.
səhifə18/45
tarix07.01.2024
ölçüsü361,49 Kb.
#209659
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   45
Kunstitutsiya kuni

Maftuna: - O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 6 bo'lim va 26 bobdan iboratdir.
Adhamjon: - 2003 yil 24 apreldagi O’zbekiston
Respublikasining Qonuniga muvofiq Konstitutsiyaning XVIII, XIX, XX, XXIII boblariga tuzatish va qo'shimchalar kiritilgan.
Bekzod: - Fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari Qomusimizning 2-bo’lim V, VI, VII, VIII, IX, X, XI boblarida bayon etilgan.
Ma`suma: - Konstitutsiyaning 41-moddasida «Har kim bilim olish huquqiga egadir. Bepul umumiy talim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari nazoratdadir», deb yozib qo’yilgan.
Mubosher: - 65-moddada: «Onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi», deya belgilab qo'yilgan.
1-boshlovchi: - Bolalar, men juda xursand bo'ldim. Sababi, siz Qomusimiz haqida yetarli ma'lumotga egasiz. Bundan keyin ham o'qish, o’ganish sizning bosh maqsadingiz bo'lsin!
2-boshlovchi: - Yana sahnaga bayram qatnashchilaridan bir guruhini taklif etamiz.
Abduqodir:
- Iymonli elimning baxtli farzandi,
Mehnatdan baxt topgan asalu qandi.
Farovon zamonam porloq dilbandi,
Hamma birgalikda:
-Baxtliman buyuk Qomus sharofatidan,
Istiqlolim uor ochgan adolatidan!
Shohjahon:
- Mustaqil diyorimni himoya etgan, Dono, hur fikrlari jahonga yetgan. El-yurtim qalbidan g'uborlar ketgan,
Hamma birgalikda:
- Baxtliman buyuk Qomus sharofatidan,
Istiqlolim yor ochgan adolatidan!
Muhammad:

Baxtimizga baxt qo'shar erkin, farovon.
Kelajagim porloq, yo'lim nurafshon,
Hamma birgalikda:
- Baxtliman buyuk Qomus sharofatidan,
Istiqlolim yo'l ochgan adolatidan!
Akbar:
- Har tomon uzatsam yetar qo' I la rim,
Istiqbolga yuz tutgan o'ngu-so'llarim.
Nurlarga ko'milgan oydin yo'llarim,
Hamma birgalikda:
- Baxtliman buyuk Qomus sharofatidan,
Istiqlolim yo'l ochgan adolatidan!
(Bolalar ta'zim qilib chiqib ketadilar).
Adham:
Biz kim turkiy avlodmiz
Navoiyga zurriyodmiz
Milliy durdonalardan
Tanovorni sevamiz
(qizlar ijrosida tanovor musiqasiga raqs tushiladi)
2-boshlovchi:
-Huquqimiz, bayon etguvchi,
Har moddasin bilib olsak bas.
Bizni doimo himoya etar,
U barchaga birday muqaddas!
1-boshlovchi:

  • Bolalar bor: oq, sariq, qora,

Lekin qalbi toza, beg'ubor.
Ular dili orzuga to'la,
Gard qo'nmasin, qo'nmasin zinhor!
Jajji qalblar intilar tinmay,
Poyoni yo'q koinot tomon.
Yuragiga o'kinch tushmasin,
Kelajagi bo'lsin hur zamon!
(Vatan haqida qoshiq ijro etiladi).
2-boshlovchi: - Azizlar! Konstitutsiya kitobi bilan uning hamrohini ham bayramimizga taklif etganmiz. Mehmonlarni kutib oling.
(Sahnaga Konstitutsiya kitobi va uning hamrohi tashrif buyuhshadi).
Konstitutsiya kitobi:

  • Men baxtnoma - kitobman,
    Aql hamda idrokman.
    Kimki meni o'qisa,
    Manguga men hamrohman.
    Yo'l ko'rsatib - charog'on
    Sizni qilay farovon!
    Ibrohim:

  • Sendan topdim baxtimni,
    Xuquqimni, ahdimni.
    Yo'lim nurafshon bo'ldi,
    Ko'nglim zavqlarga to'ldi.
    Sahifangni o'qisam,
    Satrlar bor biz uchun.
    Kelajak himoyangda,

Bundan ortiq baxt qayda?
Konstitutsiya kitobi:
- O'qib olsang, kundan-kun, Fikring bo'ladi durkun. Huquqlaring bilib ol, Hayotda yur bemalol!
A'lo o’qisang har ishda, Dono bo'lsang yumushda, Bilginki, sen ustuvor, Hayotda bu - poydevor! Gaplarimni unutma Vaqt o'tadi, sen kutma! O'qi, bedor bo'lsang ham, Hayotda bo'lmaysan kam.

Yüklə 361,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin