Bu bizning «Baxtnomamiz»
Yayrab undan qonamiz!
Baxtimizga yo'l ochgan.
Iqbol urug'in sochgan,
Qomusimiz bir jahon,
Dovrug'i bo'lsin doston!
O'quvchilar jo'rlikda:
Mo"tabar ona-Vatan,
Sadqa bo'lsin jonu-tan!
(Bolalar bayroqchalar bilan Istiqlol raqsiga tushishadi) 1-boshlovchi: - Aziz o'quvchilar, muhtaram ustozlar, hurmatli ota-onalar, qadrli mehmonlar! Shu bilan O'zbekiston Respublikasi Qomusining 17 yilligiga bag'ishlangan bayram tadbirimiz ham o'z nihoyasiga yetdi. Sizlarni yana bir bor qutlug' ayyom bilan muborakbod etamiz.
(Dasturimiz so’ngida bolalarimiz tinchlik haqida qo’shiq kuylaydilar)
2-boshlovchi: - Shu go'zal Vatanda yashar ekan, barcha fuqaro o'z huquqini bilsin, o'zligini tanisin! Vataniga munosib farzand bo'lsin, o’z yurtini ardoqlasin. Shunda baxt-iqbolimiz but bo'lg'ay, azizlar!
Shuning bilan bugungi bayram ertaligimiz nihoyasiga yetdi. Konstituttsiya bayrami guruh xonalarida davom etadi.
(bolalar Marsh musiqasi ostida musiqa zalidan chiqib ketadilar)