Hamma: Zavol ko’rmas iqbolim bor!
3-o’quvchi: - Havas qilsa arzigulik,
baxtim bor,
Nurli yo’lga boshlaguvchi ahdim bor.
Fidodirman toki tanda qonim bor,
Men elimning Qomusini kuylayman!
4-o’quvchi: -O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi o’z xalqining
huquqlarini himoya qilib, hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak mas’uliyatni anglagan holda, Respublika fuqarolarining munosib hayot kechirishlarini ta’minlashga
erishish, tinchlik va milliy totuvlikni ta’minlash maqsadida qabul qilingan. Biz uni g’urur bilan “Baxtimiz Qomusi”, deya ataymiz.
5-
-o’quvchi:- Konstitutsiyamiz 1992 yil 8 dekabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 11 sessiyasida qabul qilingan.
-Qani bolalar, Konstitutsiyamiz haqida siz nimalarni bilasiz?
(O’quvchilar faxr bilan Qomusimiz haqida bilganlarini bayon etishadi)
6-
-o’quvchi:- O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 6 bo’lim va 26 bobdan iboratdir.