KONSTITUSIYa KUNI BAYRAMI Ishtirok etuvchilar:
Kattalar: Bolalar:
Boshlovchi Bola
Konstituchiya Ota
Milisioner Yaxshi
Yomon
Doktor Voyjonim
Hayvonlar: Maymunchalar-2ta
Ayiqlar-2ta
Quyonlar-4ta
Tulkilar-2ta
Kerakli jihozlar: magnitofon, SD, audio tasmalar, bolalar cholg’ulari, kartondan tayyorlangan kitob-Konstitusiya, ichi rang barang sharlar bilan to’ldirib, tomga mahkalangan va bo’shatish uchun bir uchidan ipi kattalrning bo’yi yetadigan joyga bog’langan yupqa mato;
Bayramning borishi: (Bolalar musiqa sadolari ostida zalga kirib keladilar va yarim doira hosil qiladilar.
QO’ShIQ: «KONSTITUSIYa KUNI» 1 Bugun yurtimizda
Eng ulug’ bayram.
Bayramga bog’chamizni
Bezatdik biz ham.
Naqorot:
Bezatdik gullar bilan,
Bezatdik sharlar bilan.
Erkimiz Qomusini,
Qutlaymiz sizlarbilan!
1-ko’rinish Boshlovchi: Kunlardan bir kuni, jajji, har narsaga qiziquvchan bola otasidan so’rab qoldi:
Bola: So’zlab bering, dadajon,
Yaxshi nima-yu,
Nima yomon?
Boshlovchi: Shunda ota javob beribdi:
Ota: Barakalla, o’g’ilcha,
Ulg’iyibsan sen ancha.
Kichik bo’lsa ham bo’ying,
O’sibdi fikru o’ying
Qonunni yaxshi bilsang,
Bilsang burch va xaqqingni,
Hayoting bo’lar go’zal,
Yo’qotmassan o’zingni.
Bola: So’zlab bering menga chin,
Erk nima, nima qonun?
Ota: Yaxshi unda quloq sol,
Va hammasin eslab qol
(eshik tomonga yuzlanib)
Qani jonlan, kitobjon,
Kelaqolgin biz tomon!
(Metallofon yoki pianinoda «glissando» ijro etiladi. Chiroqlar o’chib yonadi. Kitob «jonlanadi» va zalga Konstitusiya kirib keladi.)
Kitob: Joyim bo’lsa ham jovon,
Uxlamayman men bir on.
Kecha- kunduz sergakman,
Odamlarga kerakman.
Mushkulingga madorman,
Omadga poydevorman.
Hozir ham nazarimda
Kimdir meni chaqirdi.