Yomon bola: (qo’shiqdan so’ng) Voy kimningdir olmasi,
Shirin ekan mazasi.
To’yib yeb, terib olay,
Ko’rib qolmasdan bittasi.
Kitob: To’xta, shoshma yaramas!
Egasi (yaxshi bolaga qarata) –u, sen emas!
Shaxsiy mulkning bog’larin,
Himoyalar qonunim!
Yaxshi: (o’rtaga chiqib) Salom, do’stim!
Yomon: Do’stmasman.
Yaxshi: Kel o’ynaymiz!
Yomon: Istamasman.
Yaxshi: Do’st bo’lamiz sen bilan!
Yomon: Men uyimga ketaman.
Yaxshi: Mehmonim bo’l, marhamat!
Yomon: Yegim keldi shokolad.
(Yaxshi bola cho’ntagidan shokolad olib, bo’lib bermoqchi bo’ladi. Yomon bola uni bir urib, shokoladini tortib oladi va o’zini quvib soladi. Yaxshi bola yig’lab chiqib ketadi. Yomon bola xursand bo’lib, shokoladni bir o’zi yeydi.)
Kitob: Ketolmaysan uzoqqa,
Qilsang agar yomonlik.
Bu qilmishing qonunda
Deyiladi ...
Bolalar: O’g’rilik!
Jazosi belgilangan,
Uchinchi bo’limingda.
5-ko’rinish
(Yomon bolaning qo’rquvdan tishi qattiq og’rib qoladi)
Yomon: Voy-voy tishim,
Voy jonim.
Bolalar: Kerak doktor Voyjonim!
(Doktor hayvonlar bilan birga kirib keladi.)
Hayvonlar: Poliklinikada Voyjonim,
Tezda bizni davolar.
Davolanish huquqimiz
Qonun himoya qilar!
(Doktor Yaxshi bolani «tekshiradi»)
«DOKTOR QO’ShI/I» (Hayvonlar raqsga tushishadi. Qo’shiq vaqtida Voyjonim Yomon bolaning tishini davolaydi.)
1 Issig’ingiz chiqib agar
Qochsa biroz tobingiz.
Darhol doktor chaqiring,
Bu sizning xuquqingiz.