18-o’quvchi: 64-modda: Ota- onalar o`z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdilar. Davlat va jamiyat yetim bolalarni va ota-onalarining vasiyligidan mahrum bo`lgan bolalarni boqish, tarbiyalash va o`qishni ta`minlaydi, bolalarga bag`ishlangan xayriya faoliyatlarni rag`batlantiradi .
Ko`zlarida mehr bor, so`zlarida sehr bor,
Beshik ustida bedor- mehribon onaizor.
Oq yuvib, oq taragan, yo`limizga qaragan,
Ko`nglimizga qaragan- mehribon onaizor.
Ota-oila suyanchi,tog`dek ulug` tayanchi,
Biz tufayli quvonchi, baxtimizdan baxtiyor,
Sog`-salomat yursinlar, kamolimiz ko`rsinlar,
Ertaga ham bo`lsinlar baxtimizdan baxtiyor
19- o`quvchi: 66-modda. Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o`z ota-onalari haqida g`amxo`rlik qilishga majburdirlar
Jonajon onajon!
Mehribon otajon!
Siz hayot ferdingiz,
Bol, novvot berdingiz.
Quyoshim, oyimsiz,
Bor bo`ling doim Siz!
Ulg`ayib albatta,
Bir umr xizmatda
Bo`lamiz begumon,
Otajon, onajon
“Tinchlik bo`lsin” qo`shig`i
20- o`quvchi: 68- modda O`zbekiston Respublikasi viloyatlar, tumanlar, shaharlar, qishloqlar, qvullar, shuningdek Qoraqalpog`iston Respublikasidan iborat
Viloyatlar, tumanlar,
Shaharlar, shaharchalar,
Qishloqlar-unovullar va
Qoraqalpog`iston-
Bari-bari jam bo`lib,
O`zbekiston atalar ,
Shunday gul-chechaklardan
Yaralgan go`zal bo`ston!
1-boshlovchi: Konstitutsiya jahon andozasida yozilgan, ilg’or va takomillashgan Qomusdir. U huquqiy-demokratik davlatning eng asosiy qonuni hisoblanadi. Konstitutsiyamizning qanchalar mukammal ishlab chiqilishi, mamlakatda amal qilinishi
2-boshlovchi: Ayniqsa, xalq manfaatlariga xizmat qilayotganligi yurt-doshlarimizning ertangi kuni porloqligidan dalolat beradi. U mustaqillik, ozodlik va xalqparvarlik g’oyalari bilan sug’orilib, kelajakda O’zbekistonning buyuk davlatga aylanishini ta’minlashga kodirdir.
Aql Adolatni etur ustuvor.
Adolatli jamiyatga berganda baxo
Qomusimiz nodir, tengsiz va a’lo!
Vatan posbonimiz bo’laylik hushyor,
Nifoq urug’ini sochmasin ag’yor,
Fidoyi bo’laylik Mustaqillikka,
Bizni chorlamoqda haq ahillikka.
“Xorazmcha “ raqs
Dostları ilə paylaş: |