«QOMUSIMIZ-NOMUSIMIZ»
BAYRAM ERTALIGI
Zal bayramona bezatilgan, bolalar tantanavor musiqa ostida zalga kirib kelishadi va o’z joylarini egallaydilar.
Jarchi: Odamlaru, odamlar eshitmadim demanglar. 1991 yil 1-sentyabr O’zbekiston Respublikasi mustaqil Davlat deb va 1992 yil 8-dekabrda esa O’zbekiston Respublikasining konstitusiyasi kuni deb elon qilindi…. Exe ….. xe…..xe!
Boshlovchi: Assalom ey lola yuzli, dilrabolar assalom!
Yuzi gul sochi sumbul, maxluqolar asssalom!
Mustaqil yurt gul g’unchasin, oq yuvib oppoq tarab,
Tunu kun parvona bo’lgan, mehrigo’yolar assalom.
Xush kelibsiz dil mayli, bizning go’zal bog’chaga
Ozod o’zbek diyorda, kezar tantana sayli
Shu bayramda do’stlarim dillar dilga payvasta
Bu baxtiyor bolalar kelajakdan guldasta
Assalomu alaykum aziz mehmonlar va jajji bolajonlar. Hammamizga Malumki, 1992 yil 8-dekabrda davlatimiz qomusi Konstitusiyamiz e’lon qilindi. Shundan buyon, yurtimizda bayram qilinadi. Davlatimiz qomusiga bag’ishlangan kechamizni, ochiq deb e’lon qilamiz.
Bola: O’zbekiston farzandimiz mustaqillik dilbandimiz
O’z elimiz erkasimiz, vatanimiz ertasimiz.
Bola: Bobolarning davomchisi, ertangi kun tayanchimiz
Yetishmagan orzularga, endi bizlar yetishamiz
BOLALAR «QUYoSh BO’LSIN OY BO’LSIN»
QO’ShIG’INI KUYLAYDILAR.
Boshlovchi: Qomusimiz adolat yo’limizdir. Aziz bolajonlar O’zbekistonimizning qomusi, bizning manfaatlarimizga xizmat qiladi. Keling, endi shu qomusimiz bir varaqlab ko’raylik.
Bola: Yer yuzidagi hamma bolalarning o’z qomusi bor. Bola: Madhiya, gerb, bayroq mamlakatning mazmunidir. Bola: Unda, davlatimizni buguni va ertasi bayon qilingan.
Bola: Unda, fuqarolarning hamma orzu o’ylari o’z ifodasini topgan.
Dostları ilə paylaş: |