BOLALAR «MAKTABIM»
QO’ShIG’INI KUYLAYDILAR.
Bola: Inson manfaatlari ko’zlangan kitob,
Odil qonunlardan so’zlangan kitob.
Barchaga barobar yuzlangan kitob,
Baxtimiz qomusi, Konstitusiyam.
3
Bola: Xar bilim xar modda aniq manodor,
Xar bir bayrog’ingda, qonun ustivor
Senda halqimning, orzulari bor,
Baxtimiz qomusi, Konstitusiyam.
Bola: Yoshlar bilim olar qariyalar dam,
Mehnatkash ommamiz sen ila bardam
Xalq senga suyanar hamisha xar dam
Baxtimiz qomusi, Konstitusiyam.
Bola: Serquyosh hur vatan gullab yashnagay,
Milliy istiqlolga qadam tashlagay.
El aro ardoqla bizla yashnagay,
Baxtimiz qomusi, Konstitusiyam.
BOLALAR «RANG-BARANG GULLAR»
QO’ShIQ RAQSINI KUYLAB IJRO ETADILAR.
Boshlovchi: Bir kam dunyo butundir butun, yuraklarda yechildi tugun.
Mustaqillik ollox ne’mati, yasha yuksal o’zbek davlati!
Shuning bilan aziz mehmonlar va bolajonlar bugungi qomusimizga bag’ishlab o’tkazilgan, bayram tadbirimizni yakunlaymiz, sizlarga sixat-salomatlik, ishlaringgizda omadlar tilaymiz.
Hamma: «Qomusimiz-adolat mezonidir».
OMMAVIY RAQS
«O’zbekiston» ashulasini fonogrammasi bilan bolalar zaldan chiqib ketadilar
KONSTITUSIYa KUNI
Bayram ertaligi
(tayyorlov guruxi uchun)
KONSTITUSIYa KUNI
Bayram ertaligi
(tayyorlov guruxi uchun)
Maqsad: Vatanparvarlik tuyg’usini tarbiyalash, Vatan bilan faxrlanish hissini paydo qilish. Konstitusiyaning asosiy qonunlari bilan tanishtirish.
(Bayramona bezatilgan zalga bolalar quvnoq kuy ostida kirib keladilar va yarim doira hosil qiladilar.)
Borishi
Boshlovchi: Qadrli , bolalar! Hurmatli , mehmonlar! Bugun sizlar bilan 8 dekabr kunini bayram qilish uchun yig’ildik. Bolaeonlar nima uchun biz 8-dekabrni bayram sifatida nishonlaymiz. Chunki 1991 yilning 1 sentyabrida Respublikamiz butun dunyoga o’zining mustaqilligini e’lon qilganidan keyin, 1992 yilning 8 dekabrida esa, eng asosiy qonunimiz-O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi qabul qilindi. Konstitusiya deb ataladigan kitobda siz va bizning to’g’ri yashashimiz uchun qonun qoidalar belgilab berilgan. Mana o’sha kitob. (Konstitusiya kitobining katta maketini ko’rsatadi). Unda Vatanimizda yashovchi har bir inson teng huquqli ekani, halol mehnat qilish, go’zal ona Vatanimizni himoya qilish, mustaqilligimizni mustahkamlash, bir-birlarimiz bilan do’stlik va ahillikda yashash, bir-birmizga kerakli paytda yordam berish har birimizning insoniy burchimiz ekanligi aytib o’tilgan.
1 bola: O’zbekiston farzandimiz,
Mustaqil yurt dilbandimiz.
Elimizning erkasimiz,
Vatanimiz ertasimiz.
2 bola: Bobolarga davomichi,
Istiqbolning tayanchi.
Ko’kka yetar orzular,
Biz Vatanning ishonchi.
Dostları ilə paylaş: |