83
Hayvonlar hayotida 3 davr farqlanadi. Jinsiy voyaga etmagan (yosh
bolalik), jinsiy etuklik va qarilik davrlari. Har xil turda bu ko’rsatkich turli xil
bo’lishi mumkin. Ko’pchilik hayvonlarda birinchi davr ancha uzoq bo’ladi.
Masalan, kunliklarning lichinkalari 1-3 yil umr ko’radi, imago davrida 2-3 soat,
ba’zan bir necha kun yashaydi xolos.
Shuningdek, bahorilar voyaga etgan
davrida oziqlanmaydi, bir necha lichinkasi esa suvda 1-3 yil hayot kechiradi.
Amerika tsikadasining lichinkalik davri 17 yil davom etadi.
Yosh piramidalari 3 turga bo’linadi. Keng asosga ega bo’lgan yosh
piramidalar jadal ko’payish xususiyatiga ega bo’lgan hayvonlarda kuzatiladi.
Ularning populyatsiyalarida bolalari soni doimo yuqori bo’ladi. O’rtacha
asosga ega bo’lgan yosh piramidalar me’yorida ko’payadigan hayvonlar
populyatsiyalariga xos. Tor asosga ega bo’lgan yosh piramidalar xos bo’lgan
populyatsiyalardagi tug’ilish ancha past darajada,
qarilarning soni ortiq
bo’ladi.
Hayvonlar populyatsiyalarining yosh tuzilmasiga antropogen omil ham
ta’sir etishi mumkin. Jumladan, ov qilinadigan hayvonlarning yosh nisbatlari
imagolarning xo’jalik faoliyati natijasida o’zgarishi kuzatiladi. Masalan, eng
ko’p ovlanadigan baliqlardan seldsimonlarning 5-6 yoshdagilarigina to’rga
tushadi. Yoshlari to’r teshiklaridan bemalol o’tib ketadi.
Turning ko’payish xususiyatlariga bog’liq holda populyatsiya bir
bo’g’inga yoki bir necha bo’g’inga mansub individlardan tashkil topadi.
Bahorda chigirtkalarning qishlab chiqqan tuxumlaridan
birinchi yoshdagi
lichinkalar paydo bo’ladi. Mikroiqlimga bog’liq holda lichinkalarning
tuxumdan rivojlanishi bir tekis ketmasligi mumkin, lekin ma’lum davr
oralig’ida ularning barchasi tuxumdan chiqib ulguradi. Bu davrda mazkur
populyatsiya faqat birinchi yoshdagi lichinkalardan iborat bo’ladi. Keyingi 2-3
hafta davomida individlarning rivojlanishidagi
mutanosiblikning buzilishi
sababli populyatsiyada turli yoshdagi lichinkalar uchraydi. Yoz oxirida esa
barcha lichinkalar voyaga etib ulguradi va populyatsiya to’lig’icha jinsiy etuk
individlardan tashkil topadi. Ayrim hayvonlarning populyatsiyalari tarkibida
turli bo’g’inga mansub individlar uchraydi. Bu kabi hayvonlar 2 guruhga
ajratiladi: hayoti davomida bir marta va ko’p marta ko’payadiganlar.
May qo’ng’izining urg’ochilari tuxum qo’ygandan so’ng
tez nobud
bo’ladi. Uning lichinkalari 3 yil hayot kechirib, keyin g’umbakka aylanadi va
84
undan etuk hasharot chiqadi. May qo’ng’izining populyatsiyasida bir davrning
o’zida 4 yoshga mansub individlar uchraydi. Har yili oxirgi yoshdagilari
voyaga etib hayotini tugallaydi, yangi bo’g’in individlari paydo bo’ladi.
Ko’payishi may qo’ng’iziga o’xshash hayvonlarning
bir necha avlodi
mavsum davomida almashishi mumkin. Masalan, g’o’za tunlami g’umbak
holda qishlaydi va mavsum davomida 3-4 avlod beradi. Ularning
populyatsiyalarida, ayrim hollarda ikki yoki uch bo’g’inga mansub individlar
uchrashi mumkin.
Hayoti bir necha marta ko’payish xususiyatiga ega bo’lgan hayvonlar
populyatsiyalarining yosh tuzilmalari ancha murakkab bo’ladi.
Jinsiy voyaga
etgan davri qisqa bo’lgan hayvonlarning populyatsiyalaridagi yosh nisbatlari
barqaror bo’lmaydi. Dala sichqonlari populyatsiyalarining yosh tuzilmasi
mavsum davomida murakkablashib boradi. Bahorda populyatsiya o’tgan yilda
tuzilgan individlardan tashkil topadi. Keyin ularga birinchi va ikkinchi bo’g’in
vakillari qo’shiladi, 3 va 4-bo’g’in dunyoga kelayotgan davrda dastlabki ikki
bo’g’inga mansub sichqonlar voyaga etib bola beradi.
Kuzga borib
populyatsiyani bahorda tashkil etgan etuk sichqonlar nobud bo’ladi va
populyatsiya turli yoshga mansub individlardan iborat bo’ladi.
Uzoq umr ko’ruvchi hayvonlar populyatsiyalaridagi yosh nisbati
barqaror bo’ladi. Jumladan, Hindiston fillari 60-70 yil umr ko’radi, 8-12
yoshida jinsiy voyaga etadi. Urg’ochi fil 4 yilda bir marta bir yoki ikkitadan
bola tug’adi. Ularning populyatsiyalaridagi voyaga etgan individlar soni 80%,
bolalari soni esa 20% ni tashkil etadi. Populyatsiyadagi
bu holat deyarli
barqaror holda saqlanadi.
Dostları ilə paylaş: