Hayvonlarni tashish va parvarish qilish gigiyenasi bilan tanishi-fayllar.org (1)
Itlarni saqlash va parvarishlash gigiyenasi
Itlarni saqlash usullari - itlar bir necha xil usullarda ya’ni guruhda, dalada, hovlida, uychalarda va hokazo. Guruh usulida saqlash maxsus urchitish, ko‘paytirish, o‘rgatuvchi va harbiy qismlarda qo‘llaniladi. Cho‘pon itlari doimo dalada saqlanadi. Hovli va dala hovlida saqlash usullari qishloq sharoitlarida amalga oshiriladi.
Guruhda saqlanganda itlar uchun maxsus uychalar jihozlanadi. Uychalar oldida har bir it uchun alohida yayratish maydonchalari tashkil qilinadi. Uychalarni (kabina) uzunligi 2 m, kengligi 1,5 m, oldingi devorni balandligi 2,5 m orqa tomoni 1,5-2 m, eshikning balandligi 1,7 m, kengligi 0,7 m, eshikning ustidan oynali deraza o‘rnatiladi. Eshikning tagidan 0,4 x 0,5 m tuynuk qoldiriladi. Sovuq paytlari issiq material bilan yopib qo‘yiladi. YAyratish maydonining uzunligi 3 m, kengligi 2 m, balandligi 2,2 m bo‘lib uning oldingi qismida 1,8 x 0,7 m eshik o‘rnatiladi.
Guruhda saqlanganda yayratish maydoni kengaytiriladi. Yayratish maydonida yog‘ochli taxlanadigan uycha o‘rnatiladi. Janubiy rayonlarda esa uning o‘rniga itlarni yotishi uchun taxtali pol qilinib, gazlama materialdan balandligi 15 - 20 sm to‘shama qilinadi.
Uychalarni o‘lchamlari hovlida saqlaganda 1,2 x 0,9 x 1 m, tomi bir tomonga yoki ikki tomonga qarab egilgan bo‘ladi. Uychalar salqin joylarda, daraxtlarning ostiga joylashtiriladi. Oldidan esa o‘lchami 1,2 x 1,5 m taxtali to‘siq o‘rnatiladi. Qishda uycha issiq saqlovchi materiallar bilan isitiladi. Uychalar doimo shamollatib dezinfeksiya qilinadi. Uychalarning asosi pol, devor, karkas va tomdan iborat. Itlarni erkin holda hovlida saqlaganda uning atrofi devor bilan o‘ralgan bo‘lishi kerak. Itlarni boshqa hayvonlar qoramollar, cho‘chqalar, qo‘ylar bilan birga yopiq binolarda saqlash mumkin emas.
Issiq uylarda ko‘pincha itlar kataklarda saqlanadi. Kataklarni o‘lchami vazni 22,5 kg dan yuqori bo‘lgan itlar uchun 1,2 x 1,8 m; 22,5 kg dan past bo‘lgan itlar uchun 1,2 x 1,5 m; kichik itlar uchun 0,9 x 1,2 m bo‘lib. p