Organizm reaktivligi va rezistentligini o`rganish
Organizmning reaktivligi - organizmning tashqi muhit taʼsiriga javoban hayot faoliyatini oʻzgartirib reaksiya koʻrsatishi. Yuksak hayvonlarda ravshanroq, nerv sistemasi oddiy tuzilgan organizmlarda kamroq bilinadi. Organizmning reaktivligi organizm genotipidan kelib chiqadi va turga xos belgi hisoblanadi. I. P. Pavlov oliy nerv faoliyati va uning tiplariga baho berishda "reaktivlik" terminini tatbiq etgan. Klinik tibbiyotda bemorning ahvoliga umumiy baho berishda Organizmning reaktivligi termini ishlatiladi. Ichki va yuqumli kasalliklar klinikasida, mas, pnevmoniya, sil, dizenteriya va boshqa kasalliklarning reaktiv (giperergik) va kam reaktiv (allergik, gipoergik) shakllari tafovut qilinadi. Tez, ogʻir oʻtadigan kasalliklarni reaktiv shakllarga, sust, bilinar-bilinmas oʻtadigan kasalliklarni esa kam reaktiv shakllarga kiritilgan.
Xirurgiyada jarohatning turlicha bitishi, sepsis, peritonit va boshqa kasalliklarning har xil oʻtishi Organizmning reaktivligining oʻzgarishiga bogʻliq. Jarohatning tez bitishi, bir talay qizil granulyasiya paydo boʻlishi, mukammal epiteliy rivojlanishi Organizmning reaktivligining yuksak darajada ekanligini koʻrsatadi.
Organizmning reaktivligining biologik (turga xos), guruhli va individual turlari bor. Hayvonlarning muayyan turiga xos fiziologik va patologik reaktivlikning eng harakterli xususiyatlari biologik reaktivlikka kiritiladi. Guruhli reaktivlik biologik reaktivlik asosida shakllanadi. Individual reaktivlik individ (shaxs)ning konstitutsiyasi, jinsi, yoshi, yashash sharoitiga bogʻliq. Bola oʻsgan sayin Organizmning reaktivligi takomillashib boradi.
Gʻoyat zararli omillar taʼsir etganda patologik reaktivlik roʻy beradi. Mas, homiladorlik toksikozlarining baʼzi shakllarida Organizmning reaktivligi allergik tipda oʻzgaradi. Patologik reaktivlik koʻpgina kasalliklar (revmatizm, gipertoniya kasalligi, bronxiol astma va boshqalar) patogenezida muhim rol oʻynaydi.
Allergiya va allergik kasalliklar haqida o`rganish
Allergiya (yunoncha αλλεργία — begonaga taʼsir) — organizmning spetsifik holati, allergen taʼsirida yuzaga keladi. Bunda shu organizm shu allergenga sezgir boʻladi. Gipersezgirlikning tez yoki sekin turlari koʻrinadi. Idiosinkraziyadan antitelolar paydo boʻlishi bilan farqlanadi.
Allergiya (yun. allos — boshqa, oʻzga, begona va ergon — taʼsir) — kishi organizmida tashqaridan taʼsir qiluvchi allergenlik xususiyatiga ega boʻlgan har xil yot moddalarga nisbatan paydo boʻladigan oʻziga xos reaksiya. Allergenga nisbatan javob raksiyasi darhol yoki asta-sekin oʻta sezuvchanlik koʻrsatish orqali sodir boʻladi. Allergen organizmga tushganida unga javoban haqiqiy va soxta (psevdoallergik) allergik reaksiyalar paydo boʻlishi mumkin. Haqiqiy allergik reaksiya boshlanishidan oldin maʼlum bir davr oʻtib, bunda organizmning unga birinchi bor tushgan moddaga sezgirligi ortib boradi, bu sensibilizatsiya deb ataladi. Sensibilizatsiya yuzaga kelishi organizmda unga birinchi bor tushgan allergenga javoban alohida oqsil moddalar — antitelolar yoki oʻsha allergen bilan oʻzaro taʼsir qila oladigan limfotsitlar paydo boʻlishiga bogʻliq. Shungacha allergen organizmdan chiqarib yuborilgan boʻlsa, hech qanday kasallik alomati koʻzga tashlanmaydi. Agar allergen chiqib ketmagan boʻlsa yoki chiqib ketganidan keyin organizmga takror tushsa, bunda u yuqoridagi antitelolar yoki limfotsitlar bilan oʻzaro taʼsirlashib, allergiyaga sabab boʻladi. Natijada bir qancha biokimyoviy jarayonlar boshlanib, gistamin, serotonin kabi talaygina moddalar ishlanib chiqib, hujayralar, toʻqimalar va aʼzolarni zararlantiradi, shu tarika maxsus, yaʼni ilgari organizmga taʼsir qilgan allergenga javoban reaksiya roʻy berib, allergik kasallik paydo boʻladi. Soxta reaksiyalar organizm allergenga birinchi bor duch kelganida boshla-naveradi. Bunda sensibilizatsiya davri boʻlmaydi. Organizmga tushgan allergenning oʻzi hujayra, toʻqima va aʼzolarni zararlantiradigan moddalarni paydo qiladi. Soxta reaksiyalar koʻpincha dori-darmonlar va oziq-ovqatlarga nisbatan roʻy beradi. Organizm allergenga duch kelganida hamisha ham allergiyav paydo boʻlavermaydi. Bunda irsiyat, nerv va endokrin sistemalar ahvoli muhim ahamiyatga ega, chunki kasalikka asosan bu sistemalar funksiyasining buzilishi, ogʻir ruhiy kechinmalar sabab boʻladi. Allergiyaning oldini olish sensibillovchi taʼsirga ega boʻlgan moddalarning organizmga takror kirishiga va organizm himoya reaksiyalarining buzilishiga yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻrishdan iborat[1]. Antigenler: a) oʻz hujayralari membranalarining tarkibiy qismlari (turli omillar taʼsirida oʻzgarmagan va oʻzgargan); b) hujayra membranalarida ikkilamchi fiksatsiyalangan (adsorbsiyalangan) antijenler, masalan, dorilar; v) toʻqimalarning hujayra boʻlmagan komponentlari (kollagen, miyelin).
Laboratoriyada ishlash qoidalari. Birinchi yordam ko‘rsatish. Kimyoviy idishlar
Kimyoviy laboratoriyalarida ishlayotgan har bir shaxs tamonidan ishlatilayotgan kimyoviy moddalar, ulardan olingan mahsulotlarning xossalari, ya`ni zaharlilik, yong`in va portlashdan xavflilik darajalari haqida va maboda ehtiyotsizlik natijasida zaharlanish, kuyish yoki tok urishi hollari yuz beradigan bo`lsa, birinchi yordam ko`rsatish usullarini bilmog`i lozim.
Kimyoviy moddalarning xususiyatlarini va ulardan foydalanilayotganda qanday ehtiyot choralariga rioya qilish lozimligini bilmaslik baxtsiz voqealarga va og`ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Ayniqsa portlovchi, engil alangalanadigan va o`yuvchi, zaharli moddalar bilan muomala qilayotganda juda ehtiyot bo`lish kerak. Birorta ishni boshlashdan avval uni bajarish tartibi bilan yaxshilab tanishish va ehtiyot choralarini ko`rib qo`yish kerak.
Dostları ilə paylaş: |