yoriqlariga xamda daraxt shoxlaridagi lishayniklar orasiga yashiradi va
qishda yeydi. O`troq qushlarga qizilishton, qarqur, kaklik, qarg`a va
boshqalar kiradi. Ko`chib yuruvchi qushlar gala –gala bo`lishib, yilning
turli fasllarida ko`chishadi, qishda keng tarqalishadi va baxorga kelib
janubga ko`chib o`tishadi. Ular o`zlariga mos mo`tadil iqlimni topib
yashaydilar. Bularga qaldirg`ochlar, laylaklar, o`rdaklar, oqqushlar va
boshqalar kiradi.
Qaldirg`och hayotining ko`p qismini parvozda, havodagi hasharotlar
(mayday pashshalar, chivinlar, qo`ng`izlar ) ni tutish bilan o`tkazadi. Ular
yer yuzi bo`ylab xam, baland havoda xam uchadi. U juda tez uchuvchi
qushlardan hisoblanib, sekundiga 28 m tezlikda uchadi. Qaldirg`och
uchishi bilan birga yer yuzidagi, havodagi hasharotlarni chaqqonlik bilan
tutib olib yeydi. Uning qanotlari uzun va uchli, dumi ayri bo`ladi. U yerda
kamdan – kam yuradi. Ko`pincha simyog`ochlar ustida qo`nib dam oladi.
Tuxumini uylarning shipiga qurgan uyalariga qo`yadi. U qishda uchib
ketuvchi qushlarga kiradi. Erta bahorda yana uchib keladi.
Dostları ilə paylaş: