Hikoya qilinayotgan materialni samaralash maxsus reja asosida amalga oshiriladi. O’qituvchi har bir darsda uning maqsadini aniq belgilab oladi, undagi asosiy tushunchalarga alohida urg’u berishga e’tiborni haratadi



Yüklə 53,34 Kb.
səhifə2/4
tarix29.04.2022
ölçüsü53,34 Kb.
#56701
1   2   3   4
Ta’lim metodlarini tanlash. Pedagogi-psixologik fanida o’qituvchilarning amaliy tajribasini o’rganish va umumlashtirish asoida ta’lim metodlarini tanlashga o’quv-tarbiya jarayoni kechayotgan shart-sharoitlar va aniq holatlarga bog’liq muayyan yondashuvlar vujudga keladi. Ta’lim metodlarini tanlashda quyidagi holatlar inobatga olinishi lozim:

zamonaviy didaktikaning yetakchi g’oyalari, ta’lim, tarbiya va rivojlantirishning umumiy maqsadlari;

o’rganilayotgan fan mazmuni va metodlari, mavzularining o’ziga xosligi;

xususiy fanlar metodikasining o’ziga xosligi va umumdidaktik metodlarni saralashga qo’yiluvchi talablarning o’zaro aloqadorligi;

muayyan dars materialining maqsadi, vazifalari va mazmuni;

u yoki bu mavzuni o’rganishga ajratilgan vaqt;

o’quvchilarning yosh xususiyati, bilish imkoniyatlari, darajasi; o’quvchilarning darsga tayyorgarlik darajasi;

o’quv muassasalari, auditoriyalarning moddiy ta’minlanganlik darajasi, jihozlar, ko’rsatmali qurollar, texnik vositalarning mavjudligi;

o’qituvchining imkoniyatlari, nazariy va amaliy jihatdan kasbiy tayyorgarlik darjasi, pedagogik mahorati, shaxsiy sifatlari;



o’quv muassasalarida fanlararo hamkorlikning o’rnatilganligi.

O’qituvchi bu holatlarni inobatga olib, u yoki bu ketma-ketlikda og’zaki, ko’rgazmali yoki amaliy metodlarni, reproduktiv yoki mustaqil ishlarni boshharish metodlarini nazorat va o’z- o’zini nazorat metodlarini tanlash borasida aniq yechimlar qabul qiladi.


Yüklə 53,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin