Hikoya qilinayotgan materialni samaralash maxsus reja asosida amalga oshiriladi. O’qituvchi har bir darsda uning maqsadini aniq belgilab oladi, undagi asosiy tushunchalarga alohida urg’u berishga e’tiborni haratadi



Yüklə 53,34 Kb.
səhifə4/4
tarix29.04.2022
ölçüsü53,34 Kb.
#56701
1   2   3   4
Ta'lim vositalari

  1. Ta'limning tehnik vositalari

  2. Yordamchi ta'lim vositalari 3.O’quv-uslubiy materiallar

  1. Ta'limning tehnik vositalari

Diaproektor

Doska-bloknot

Doska-stend

Videofilmlar

Grafoproektor


  1. Yordamchi ta'lim vositalari Model,mulyajlar Grafik, diagrammlar Namunalar

Chizma, shema va boshq.

3.O'quv-uslubiy materiallar Ish varaqasi Nazorat varag'i Matnlar

Ta’lim vositalarini tanlashni aniqlovchi omillar:

Maqsadni belgilash;

O’quv ahborot mazmuni;

Ta'lim vositalari;

Etakchi bilim manbai;

O’quv materialining yangiligi va murakkabligi.

3-savolga

Bugungi kunda «Elektron kutubxona», «Elektron katalog» tushunchalariga tez-tez duch kelmoqdamiz. Axborot-resurs markazining elektron kutubxonasi, elektron katalogi tushunchalari, ba’zan bilib, ko‘p hollarda esa bu tushunchalarning ma’nosini anglab yetmasdan ishlatilmoqda.

Elektron kutubxona (EK) qanday yaratilishi kerak? Matnlar muharririda yozilib, alohida papkalarga joylangan fayllar to‘plami yoki mualliflik huquqiga rioya qilmasdan, adabiyotlarni skanerlash orqali jamlab, biror-bir «Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi» dan foydalanib, «axborot qidirish tizimi» yaratish bilan elektron kutubxona yaratdik deb da’vo qilish, shuningdek, ko‘pchilik axborot-resurs markazlarida adabiyotlarni skanerlash orqali ularni elektron shaklga o‘tkazishni va oddiy klassifikatsiyalash (alohida papkalarga joylashtirish) orqali elektron kutubxona yaratdik deb o‘ylash to‘g‘rimikan?

Darhaqaqat, elektron kutubxonaga mazkur sohaning klassiklari qanday ta’rif berganlar? Bugungi kunda O‘zbekistonda dong‘i ketgan va axborot-resurs markazlarining unga ulanishi qat’iy tavsiya etilayotgan «Portal» mualliflari ham ba’zida «elektron kutubxona» yaratdik deb da’vo qilmoqdalar. Aslida, bu «portal» oradan bir necha yil o‘tgach, o‘zining ma’lumotlar bazasidagi axborotlarni qidirib topishga juda qiynalib qoladi. Chunki elektron kutubxona yaratish talablari (masalan, ma’lumotlarni saqlash va uzatishga mo‘ljallangan MARC formatlar va Dublin Core metama’lumotlari) inkor etilganda yaratilgan ma’lumotlar bazasining samarasi juda past bo‘ladi. Rivojlangan mamlakatlardagi kutubxonachilik ishi tajribasi bu fikrni tasdiqlaydi.

ARMning spravka-bibliografik apparati (SBA) spravka va bibliografik nashrlar fondi, katalog va kartochkalar sistemasi, bajarilgan spravkalar fondi (arxivi)dan iborat bo‘ladi. U matbuot asarlari va boshqa hujjatlarni targ‘ib qilish va o‘qishga maqsadga muvofiq rahbarlik qilish hamda kerakli axborotlarni tezlikda qidirib topishga ko‘maklashishga mo‘ljallangan. Elektron kutubxonaning spravka bibliografik apparati nimalardan iborat? Elektron kutubxona yaratildi deb da’vo qiluvchilarning ko‘pchiligida SBA to‘g‘risida tushuncha bo‘lmasa kerak. Elektron katalogi bo‘lmagan elektron kutubxonada kerakli adabiyotlarni qidirish samarasi o‘ta past darajada bo‘ladi. Shu sababli ham elektron kutubxona yaratishda uning elektron katalogini xalqaro talablarni qanoatlantiradigan darajada shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Elektron kutubxonaga berilgan ba’zi bir ta’riflarni eslab o‘taylik: F. S. Voroyskiy EK’ga quyidagi ta’rifni bergan. Elektron kutubxona — bu fondida elektron shakldagi axborotlarni saqlaydigan va ulardan foydalanishni yo‘lga qo‘ygan maskandir.

Kennet Doulin esa bu borada o‘zining 1984-yili e’lon qilingan «Elektron kutubxona» nomli kitobida quyidagicha ta’rif bergan:


  • resurslarni kompyuter orqali boshqarish;

  • axborot ta’minotchisini axborot iste’molchisi bilan elektron kanallar orqali bog‘lash qobiliyati;

  • zarur hollarda xodimlarni elektron jarayonlarga ta’sir ko‘rsatish imkoniyati;

  • elektron vositalardan foydalanib, axborotlarni saqlash, ishlov berish va iste’molchilarga uzatish qobiliyati.

1991-yili Buyuk Britaniyada «Elektron kutubxona» dasturining ishga tushirilishi munosabati bilan unga dastlab «Kutubxona, agar uning fondidagi hujjatlarning katta qismi elektron shaklga o‘tkazilgan bo‘lsa elektron kutubxona deyiladi» degan ta’rif berilgan. Bu ta’rifdan ko‘rinadiki, to‘liq avtomatlashtirilgan kutubxona «elektron kutubxona» bo‘lishi mumkin ekan.

AQSH Massachuset universitetidan Vilyam Adams o‘zining kitobida EKga «Servislarga mos axborotlarning boshqariladigan kollektsiyasi, bunda axborot raqamli shaklda saqlanadi va unga kirish tarmoq orqali amalga oshiriladi» — degan ta’rif bergan.

Ya.L. Shrayber elektron kutubxonaga quyidagicha ta’rif bergan, «Elektron kutubxona — bu strukturalashtirish va kirishning umumiy ideologiyasi asosida birlashtirilgan lokal yoki global elektron resurslardir».

Axborot-resurs markazida (ARM) elektron kutubxona yaratish uchun ishni nimadan boshlash kerak? ARM fondidagi adabiyotlarni skanerlash orqali ularni elektron shaklga o‘tkazish bilan elektron kutubxona yaratiladimi? Avtomatlashtirilgan axborot-kutubxona tizimi va elektron kutubxona orasida qanday farq bor? Ma’lumotlarni saqlash va uzatishga mo‘ljallangan qanday format va standartlardan foydalanish kerak?

Quyida mana shu savollarga javob berishga harakat qilamiz. Dastlab skanerlangan adabiyotlarni qanday formatlarda saqlanishini ko‘rib chiqaylik. Adabiyotlarni elektron shaklga o‘tkazishda ARM’larning ko‘pchiligi oddiy offis skanerlaridan foydalanishmoqda. Turli o‘lchamdagi hujjatlarni avtomatlashtirilgan holda skanerlashga mo‘ljallangan skanerlar juda qimmat bo‘lganligi sababli ARM’larda ularni sotib olishga moliyaviy imkoniyatlar etarli emas. Kitob bibliografik tavsifi yozilgan kartochkani (rangli, 300 dpi) kompyuter xotirasida saqlash uchun TIFF — 3, 79 Megabayt, JPEG — 187 Kilobayt, PDF — 95 Kilobayt (matn bilan birga), DjVu — 7,5 Kilobayt (matn bilan birga) xotirani egallaydi. Bu yerdan ko‘rinadiki DjVu formati PDF formatiga qaraganda 10 marta, JPEG formatiga qaraganda 20 marotaba kam xotira egallar ekan. Demak, elektron kutubxona yaratishda hujjatlarni faqatgina skanerlash emas, balki skanerlangan materialni saqlashda qaysi formatdan foydalanishni ham bilish kerak ekan. Afsuski, ko‘pchilik hollarda bunga e’tibor berilmayapti.

Axborot-resurs markazida elektron kutubxona yaratish uchun ishni nimadan boshlash

kerak?


  1. Axborot-resurs markaziy yetarli miqdorda kompyuterlar sotib oladi. ARMda ichki tarmoq yaratiladi. ARM xodimlarining barchasi kompyuter dasturlaridan foydalanishga o‘rgatiladi. ARM kompyuterlari Internet tarmog‘iga ulanadi. ARM xodimlari Internetdan axborot qidirish, elektron katalogdan (Internetning elektron bibliografik resurslaridan) foydalanishga o‘rgatiladi.

  2. ARMdagi asosiy axborot jarayonlari (axborotlarni yig‘ish, saqlash, ishlov berish, qidirish va uzatish) avtomatlashtirish imkoniyatini beruvchi maxsus dasturiy vosita (avtomatlashtirilgan axborot-kutubxona tizimi) (AKAT) sotib olinadi va tatbiq etiladi. AKAT sotib olish bilan cheklanib qolmay, balki ARM xodimlarini undan foydalanishga o‘rgatish ham kerak bo‘ladi. ARMda AKAT’ning tatbiq qilinishi ARM fondini ochib beruvchi elektron katalog yaratilishiga olib keladi. Kitob berish, qaytarib olish, «qarzdorlarni» aniqlash, kutubxona statistikasini yuritish, kitobxonlarga masofadan xizmat ko‘rsatish kabi bir qator jarayonlar avtomatlashtirilgan tarzda kompyuterlar yordamida bajariladi.

  3. ARM fondini elektron katalog yordamida ochib berish imkoniyati yaratilgach, kitobxonlarning ehtiyojlarini o‘rganish uchun yangi imkoniyatlar ochiladi. ARM statistikasini AKAT orqali olib borish qaysi adabiyotlarning ko‘proq o‘qilayotganligi, qaysi adabiyotlarga ehtiyoj ko‘pligini aniq aytish imkoniyati tug‘iladi. Shunday qilib, ARM fondidagi adabiyotlarni elektron shaklga o‘tkazishda kitobxonlarning ehtiyojlaridan kelib chiqib, ish tutishga sharoit yaratiladi. ARM maxsus skaner sotib oladi va kerakli adabiyotlarni elektron shaklga o‘tkaza boshlaydi. Ayni paytda AKAT elektron katalogidagi bibliografik tavsifga kitobning to‘liq matni bog‘lanadi.

Shunday qilib, ARMning AKAT bazasida elektron kutubxona yaratila boshlanadi. Elektron katalogsiz «elektron kutubxona» yaratish maqsadga muvofiq emas. Masalan, Internetning biror-bir qidiruv mashinasiga «Informatika» so‘zi ishtirok etgan adabiyotni qidirish farmoyishini berib ko‘ring. 7 000 000 dan ko‘p axborotga ega bo‘lasiz. Bunday katta axborotlar oqimidan o‘zingizga keraklisini topa olasizmi? Vaqtingiz yetarmikan? Elektron kutubxona uchun elektron katalog qidirish samarasini oshirish uchun kerak bo‘ladi.

Virtual kutubxona qanday yaratiladi? Ko‘pincha kompyuterlashtirilgan kutubxona, avtomatlashtirilgan kutubxona, raqamli kutubxona, elektron kutubxona, virtual kutubxona tushunchalarini aralash holda ishlatishning guvohi bo‘lamiz. Virtual kutubxona bu elektron kutubxonalar majmuining axborot-kommunikatsiya vositalari orqali birlashtirishdan hosil bo‘ladi. Tarmoq orqali ixtiyoriy elektron kutubxonadan foydalanish virtual kutubxonadan foydalanish bo‘ladi. Shunday qilib, ARM’da elektron kutubxona yaratish bosqichlari quyidagicha:



  1. Kompyuterlashtirilgan kutubxona.

  2. Avtomatlashtirilgan kutubxona.

  3. Elektron (raqamli) kutubxona.

  4. Virtual kutubxona.

  5. Elektron kutubxonaning elektron katalogi.

Elektron katalog elektron kutubxonaning asosiy elementi hisoblanadi. Elektron katalogi bo‘lmagan «elektron kutubxonani» elektron kollektsiya» ham deb atash mumkin. Elektron kutubxona fondi elektron shakldagi resurslardan iborat bo‘lgani sababli elektron resurslar tavsifini tuzishga mo‘ljallangan «Dublin yadrosi» metama’lumotlaridan foydalanish maqsadga muvofiq.

Ma’lumki an’anaviy kutubxona katalogi kutubxona fondidan alohida joyda saqlanadi va katalog kitoblar fondini kitobxonga ochib berishga xizmat qiladi. Kitobxon katalogdan foydalanishi uchun kutubxonaga borishi kerak. Elektron kutubxonaning elektron katalogining har bir elektron kartochkasi elektron kutubxonadagi har bir hujjatga bog‘langan bo‘ladi va unga masofadan kirish mumkin. Demak, elektron kutubxonaning elektron katalogi elektron kutubxona fondidagi elektron resurslar tavsifini yaratish imkoniyatiga ega bo‘lishi zarur.

Rivojlangan mamlakatlar kutubxonachilik ishida elektron resurslar tavsifini yaratishda «Dublin yadrosi» metama’lumotlaridan foydalaniladi (1-rasm). Internet resurslarini ham mazkur metama’lumotlardan foydalanib yaratish, ularni tarmoqda qidirish imkoniyatini kengaytiradi va Internetning cheksiz axborotlar ummonidan keraklisini topishda muhim omillardan biri hisoblanadi. Shu tufayli ham rivojlangan mamlakatlarning ko‘pchiligida «Dublin yadrosi» metama’lumotlari elektron resurslar tavsifini yaratishda qo‘llaniladi.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ARM, AKM va kutubxonalarga tatbiq qilinishi elektron kutubxonalarning rivojlanishiga olib kelar ekan, O‘zbekiston kutubxonachilik ishida ham bu boradagi jahon tajribasini o‘rganish, xalqaro standartlardan foydalanib, jahon axborot fazosiga chiqishni dolzarb vazifalar qatoriga qo‘yadi, zero ilg‘or tajribalarni chuqur o‘rganmay yaratilgan elektron kutubxonaning samarasi kutilgan natijani bermaydi.

2-savol

Fanning funksiyalari quyidagilar:

Haqiqiy bilimni yaratish funksiyasi fan binosini quruvchi asosiy funksiya hisoblanadi. U kichik funksiyalar: tavsiflash, tushuntirish, prognoz qilishga boʼlinadi. Fanning asosiy maqsadi doim obyektiv bilimlarni yaratish va tizimga solish bilan bogʼliq, shu bois, fanning zaruriy funksiyalari tarkibiga borliq jarayonlari va hodisalarini fanda kashf yetilgan qonunlar asosida tavsiflash, tushuntirish va bashorat qilish kiritilgan.

Fanning loyihalash-konstruksiyalash funksiyasi borliqni amalda oʼzgartirish bosqichidan oldin keladi va har qanday darajadagi intellektual izlanishning ajralmas qismi hisoblanadi. Loyihalash-konstruksiyalash funksiyasi mutlaqo yangi texnologiyalarni yaratish bilan bogʼliq boʼlib, bu bizning davrimizda oʼta muhim ahamiyat kasb yetadi . (Inson qoʼli bilan yaratilgan binolar, koʼpriklar inshootlar va shuningdek barcha tabiatni oʼzgartirishga yoʼnalgan faoliyat birligi shu funksiyada oʼz ifodasini topadi).

Fanning madaniy-texnologik funksiyasi insonning materialga ishlov berish, uni oʼzlashtirish va bilish jarayoniga jalb qilish bilan bogʼliqdir. (Insonning pragmatik yehtiyojlariga javob beruvchi texnika va texnologiyalarning yaratilishi, tikish va kir yuvish mashinalari, aravalar oʼrnida yaratilgan avtomobillar, qayiqlar oʼrnida yaratilgan kemalar va h.k).

Fanning madaniy-texnologik funksiyasi oʼzining protsessualligi bilan kuchli. U avvalo insonni faoliyat va bilish subyekti sifatida shakllantirishni nazarda tutadi. Individual bilishning oʼzi faqat madaniyatda qabul qilingan va mavjud boʼlgan madaniylashtirilgan, ijtimoiy shakllarda amalga oshiriladi. Individga bilish vositalari va usullari tayyor holda taqdim yetiladi. Individ ular bilan ijtimoiylashuv jarayonida tanishadi. Tarixan u yoki bu davrning kishilik jamiyati doimo borliqni oʼrganishning umumiy leksik vositalariga ham, umumiy vositalarga ham, maxsus tushunchalar va taomillarga ham yega boʼlgan. Ilmiy bilim hayotga chuqur kirib, odamlar ongi va dunyoqarashini shakllantirishning muhim negizini tashkil yetib, shaxsning shakllanishi yuz beruvchi ijtimoiy muhitning ajralmas tarkibiy qismiga aylandi.

Fanning ijtimoiy tartibga solish funksiyasi jamiyat yehtiyojlariga taʼsir koʼrsatadi, oqilona boshqarishning zaruriy shartiga aylanadi. Har qanday yangilik dalillar bilan ilmiy asoslashni talab qiladi. Fanni ijtimoiy tartibga solish funksiyasi muayyan jamiyatda shakllangan taʼlim va tarbiya tizimi, tadqiqotchilik faoliyati va fan yetosiga jamiyat aʼzolarini jalb qilish orqali amalga oshiriladi. (taʼlim tizimidagi islohotlar misolida tushuntiriladi). Fanni olimlar hamjamiyati rivojlantiradi. Shu sababli fan muayyan ijtimoiy va kasbiy tashkilotga, rivojlangan kommunikatsiyalar tizimiga yega boʼladi. Frensis Bekon oʼz davrida shunday deb qayd yetgan yedi: «Fanning takomillashuvini biron-bir odamning qobiliyati yoki uddaburonligidan yemas, balki bir-birining oʼrniga keluvchi koʼplab avlodlarning izchil faoliyatidan kutish lozim».

Olim – doim u yoki bu ijtimoiy-madaniy muhit vakili. Mavjud ilmiy-ijodiy imkoniyatlarga butun ijtimoiy-madaniy maydonning taʼsiri fanning «soflik» darajasini koʼrsatadi.

Fanda haqiqatni izlash, tanqid, bahs, munozara qoʼllab-quvvatlanadi. Olim oʼzining kasbiy mahoratini maqolalar, asarlar yeʼlon qilish, ilmiy davralarda maʼruzalar bilan chiqish, fanga doir malakaviy talablarga javob berish orqali muttasil tasdiqlaydi va koʼpincha oʼz opponentlari-hamkasblari bilan ham, jamoatchilik fikri bilan ham murakkab munosabatlarga kirishadi.

Olim faoliyatining yeʼtirof yetilishi unga ilmiy daraja va unvonlar berilishi bilan bogʼliq. Fanda yeng nufuzli mukofot Nobel mukofoti hisoblanadi. Аlbatta, shaxsning ijodiy imkoniyatlari roʼyobga chiqmasligi yoki ijtimoiy tizim bunga imkoniyat bermasligi ham mumkin. Biroq ixtiro qilish, biror yangi narsani kashf yetishga jamiyat yemas, balki faqat teran aql va zarur bilimlarga yega boʼlgan individgina qodirdir.

Fanning bunyodkor kuch funksiyasi jamiyatning iqtisodiy yehtiyojlarini qondirish uchun oʼz imkoniyatlarini bevosita roʼyobga chiqaradi. Bunda fan xoʼjalik - madaniy rivojlanishining muhim omili sifatida amal qiladi. XVIII-XIX asrlardagi sanoat toʼntarishi natijasida yuzaga kelgan yirik mashinali ishlab chiqarish fanning bevosita bunyodkor kuchga aylanishi uchun moddiy negiz boʼlib xizmat qildi, har bir yangi kashfiyot ixtiro uchun asosga aylanadi. Ishlab chiqarishning rang-barang tarmoqlari fanning turli tarmoqlari maʼlumotlarining bevosita texnologik qoʼllanilishi sifatida rivojlana boshlamoqda. Bu tarmoqlarga tijorat keng kirib kelmoqda. Boshqa yerkin kasblardan farqli oʼlaroq, fan bir lahzada iqtisodiy foyda keltirmaydi va bevosita naf koʼrish bilan toʼgʼridan-toʼgʼri bogʼliq yemas, shu sababli tirikchilik uchun mablagʼlar topish muammosi olim uchun har doim juda muhim boʼlgan. Hozirgi zamon fanining rivojlanishiga koʼp miqdorda mablagʼlar kiritish va bunda ular oʼzini tez oqlashiga umid qilmaslik talab yetiladi.

Fanning siyosiy funksiyasi jamiyatning mafkuraviy yehtiyojlariga javob berishda amal qiladi. Markscha mafkura fanni toʼla va yalpi nazorat qilgani, kibernetika, genetika, matematik mantiq va kvant nazariyasiga qarshi kurash olib borgani XX asr fani tarixidan yaxshi maʼlum. Markscha fan rivojlanishining bu jihatiga baho berar yekan, Ye.Аgassi shunday xulosa chiqaradi: «Mafkura fanni unga mafkuraviy fikrlashga nisbatan ustunlikni taʼminlagan obyektiv bilimdan mahrum yetishga harakat qildi... Markschilar fan, ayniqsa ilmiy faoliyat amaliy sohalarda va hokimiyat bilan munosabatlarda (pragmatik daraja) ijtimoiy jabhaga bogʼliq yekanligini qayd yetardilar, bundan tashqari, fanni texnologiya bilan tenglashtirishga moyil yedilar» .

Fan jamiyatning asosiy mafkuraviy moʼljallarini qoʼllab-quvvatlash, mavjud hokimiyat va mafkura oʼzining imtiyozli mavqeini saqlashiga yordam beruvchi intellektual dalillar va amaliy vositalar taqdim yetishga doimo majburdir. Bu jihatdan fan mafkuradan «ruhlanishi», uni oʼzida mujassamlashtirishi lozim. T. Kun taʼbiri bilan aytganda, «olimlar boshqotirmalarni yechishni oʼrganadilar va buning orqasida katta mafkura turadi» . Shu sababli fanning betarafligi haqidagi xulosa doimo qizgʼin munozaraga sabab boʼladi.

Mafkurani oʼzlashtirish ongsiz darajada, birlamchi ijtimoiylashuv jarayonida yuz beradi, shu sababli fan, garchi u har qanday mafkuradan butunlay holi boʼlishga harakat qilsa-da, mafkura taʼsiridan hech qachon toʼla xalos boʼla olmaydi. Mafkuraning xususiyatlari qatoriga mafkurachilar uning haqiqatni ataylab buzib koʼrsatishi, dogmatizm, murosasizlik, falsifikatsiyalanmaslikni kiritadilar. Fan yesa mutlaqo qarama-qarshi tamoyillarga amal qiladi: u borliqni aniq va toʼgʼri aks yettirishga harakat qiladi, raqobatdosh nazariyalar bilan koʼpincha murosaga keladi, hech qachon yerishilgan natija bilan kifoyalanmaydi va falsifikatsiyalanishga moyildir.

Mafkuraning fanga munosabati quyidagi modellarda amal qiladi:

1) qoralash;

2) befarqlik (u yoki bu fan oʼz holicha rivojlanishiga yoʼl qoʼyib beradi);

3) rahnamolik va yekspluatatsiya qilish. Bunda muayyan yoʼnalishlarni rivojlantirish, rivojlanish jarayonini sekinlashtirish yoki toʼxtatishga qaratilgan mexanizmlar ishga solinadi.

Fanning ijtimoiy funksiyasi fan metodlari va uning maʼlumotlaridan ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishning keng koʼlamli rejalarini tuzish uchun foydalanilishida namoyon boʼladi. Fan oʼzini ijtimoiy kuch funksiyasida davrimizning olamshumul muammolarini (tabiiy resurslarning kamayishi, atmosferaning ifloslanishi, yekologik xavf miqyosini aniqlash) hal qilish chogʼida namoyon yetadi. Oʼzining bu funksiyasida fan ijtimoiy boshqaruv bilan bogʼlanadi.

Jamiyat muttasil taʼsirining sezilishi bugungi kunda fan «ijtimoiy buyurtma»ni bajarishga majburligi bilangina izohlanmaydi. Texnologik ishlovlarning qoʼllanish oqibatlari uchun katta axloqiy masʼuliyat har doim olim zimmasiga yuklanadi. Аniq fanlarga nisbatan maxfiylik xususiyati juda muhim ahamiyat kasb yetadi. Bu, xususan, harbiy sanoat sohasida maxsus buyurtmalarni bajarish bilan bogʼliq. Darhaqiqat, shunday texnologiyalar mavjudki, insoniyat uchun ulardan foydalanish oʼziga oʼzi ziyon yetkazish yoki oʼzini oʼzi qirgʼin qilish bilan barobar.

Fanni belgilovchi ijtimoiy-psixologik omillar ilmiy tadqiqot kontekstiga tarixiy va ijtimoiy ong haqidagi tasavvurlarni, olimning shaxsi va maʼnaviy qiyofasi, bilishning kognitiv mexanizmlari va uning faoliyatini ragʼbatlantiruvchi omillar haqidagi mulohazalarni kiritishni taqozo yetadi. Ular fanni sotsiologik oʼrganish majburiyatini yuklaydi, chunki fan, ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida, oʼz rivojlanishining nafaqat ijobiy, balki salbiy oqibatlari bilan ham tavsiflanadi. Faylasuflar fanning qoʼllanilishi oʼzining axloqiy va insoniy mazmunini yoʼqotishidan yehtiyot boʼlishga chaqiradilar. Bu holda fan qattiq tanqid obyektiga aylanadi, olimlar faoliyati ustidan nazorat oʼrnatish muammolari muhim ahamiyat kasb yetadi.

Fan biografiyasi uning tasnifi, fan hayotidir. Fan hayoti – inson hayotining bir qismi sifatida namoyon boʼladi. Biz ilgari taʼkidlaganimizdek, inson qalbi intellektdan olam haqidagi tugallangan bilimni talab qiladi. Intellekt, tabiiy qiziquvchanlik, bilimga tashnalik asosida insonga yangi va yangi bilimlarni yetkazadi. Zero, insondagi ruhiy holat intellektual holatdan kuchli boʼlganligi uchun intellekt doimo murakkab vaziyatda qoladi. Oʼzini qanoatlantirish doimiy bilish va olam haqidagi bilimlarni yangilash jarayonida boʼlishdir; ruhiyatni qanoatlantirish mavjud bilimlarni qanday boʼlmasin asoslashdir.

Fan rivojlanishining asosiy bosqichlari. Fan bilimning mustaqil sohasi, dunyoqarashning alohida shakli sifatida faqat XVII-XVIII asrlarda toʼla shakllandi. Muayyan darajada shartlilik bilan shuni aytish mumkinki, bu I. Nyuton klassik mexanikaning asosiy qonunlarini taʼriflab, shu tariqa tabiatshunoslikning asoslari asrlar mobaynida shakllangan, bosh tamoyillari yesa bundan yuz yilcha muqaddam, avvalo Galileo Galiley tomonidan taʼriflangan klassik mexanikaning shakllanishiga yakun yasaganidan keyin yuz berdi.

Fan taraqqiyoti ikki katta davr va toʼrt bosqichda rivojlandi. Birinchi davr dastlabki fan va ikkinchi davr haqiqiy fan deb nomlanadi. Dastlabki fan bir bosqichda, haqiqiy fan uch bosqichda namoyon boʼladi.

Dastlabki fan davri va ilk fan bosqichi. Miloddan avvalgi I ming yillikdan XVI asrgacha boʼlgan davr ilk fan bosqichidir. Аniqroq aytganda bu bosqich 1750 yil davom yetgan va u fan taraqqiyotining yembrional davri deb nomlangan.

Dastlabki fanda, inson oʼzining kundalik hayoti va tajribasida tez-tez uchraydigan narsalarni hamda ularning oʼzgarish usullarini oʼrganadi. U oʼz faoliyati natijalarini oldindan koʼrish uchun qandaydir oʼzgarishlar modellarini yaratishga harakat qiladi. Tajriba asosida shakllangan tafakkur faoliyati amaliy harakatlarning ideallashgan sxemasini yaratadi. Shunga koʼra, misrliklarning koʼpaytirish jadvali bevosita amaliy oʼzgarishlar sxemasining tipik koʼrinishi, deyish mubolagʼa boʼlmaydi. Аmaliyot bilan xuddi shunday aloqadorlik dastlabki bilimda ham boʼlib, u yer maydonlarini oʼlchash tajribasiga asoslangan geometriyada oʼz aksini topadi.

Mavjud amaliyotning narsa va hodisalarga doir munosabatlarini mavhumlashtirish va tizimlashtirish yoʼli bilan bilimlarni yaratish usuli dunyoni anglashning ilgari shakllangan usullari doirasida boʼlishini taʼminlaydi. Аgar dastlabki fan davrida birlamchi ideal obyektlar ham, ularning munosabatlari (tegishli ravishda til asosiy atamalarining maʼnolari va ular bilan muomalada boʼlish qoidalari) ham bevosita amaliyotdan keltirib chiqarilib, faqat shundan keyingina yaratilgan bilim (til) tizimi doirasida yangi ideal obyektlar shakllangan boʼlsa, yendilikda ilmiy bilish navbatdagi dadil qadamni qoʼyadi. U yangi bilim tizim poydeverini real amaliyotga nisbatan «yuqoridan» turib qurishga kirishadi va faqat shundan keyingina, bavosita ifodalash orqali, ideal obyektlardan qurilgan konstruksiyalarni amaliyotning narsalar va hodisalarga doir munosabatlariga taqqoslab tekshiradi. Bu usulda dastlabki ideal obyektlar amaliyotdan yemas, balki ilgari yuzaga kelgan bilim (til) tizimlaridan olinadi va yangi bilimlarni shakllantirish uchun ulardan qurilish materiali sifatida foydalaniladi. Bu obyektlar alohida «munosabatlar tarmogʼi»ga, boshqa bilim sohasidan olingan tuzilmaga «solinadi». Mazkur tuzilma, bu bilim sohasida, voqelikning narsalar va hodisalar tuzilmalari sxemalashtirilgan obrazi sifatida dastlabki tarzda asoslangan boʼladi. Dastlabki ideal obyektlarning yangi «munosabatlar tarmogʼi» bilan birlashishi yangi bilim tizimini vujudga keltirishga qodir boʼlib, bu tizim doirasida voqelikning ilgari oʼrganilmagan tomonlarining muhim jihatlari namoyon boʼlishi mumkin. Аmaliyotda mazkur tizimning bevosita yoki bilvosita asoslanishi uni haqiqiy bilimga aylantiradi. Rivojlangan fanda bunday tadqiqot usuli deyarli har doim uchraydi. Masalan, matematika yevolutsiyasida sonlardan amaliyotda foydalaniladigan predmetlar yigʼindisining timsoli yemas, balki xossalari muntazam oʼrganiladigan nisbatan mustaqil matematik obyektlar sifatida qaraladi. Har qanday ijobiy juftliklarda ayirish operatsiyalari qoʼllanilganda kam sonlar koʼp sondan ayrilganda salbiy sonlar kelib chiqadi. Oʼzi uchun salbiy sonlarni yaratar yekan, matematika yangi marraga yerishadi. U salbiy sonlarga ijobiy sonlarda ishlatiladigan barcha operatsiyalarni qoʼllab, shu yoʼl bilan ilgari tadqiq qilinmagan haqiqat strukturasini xarakterlovchi yangi bilim yaratadi. Yangi bilimni yaratishning bunday vositasi nafaqat matematika, balki boshqa tabiiy fanlarda ham qoʼllaniladi (gipotezalarni keyingi tajribalarda asoslash metodi).

Dastlabki fanda asrlar mobaynida avloddan-avlodga oʼtib kelgan, hayot tajribasi va mehnat faoliyati jarayonida olingan amaliy bilimlar bilan bir qatorda juda umumiy va mavhum mushohadalarga asoslangan nazariyalar xususiyatiga yega boʼlgan tabiat haqidagi dastlabki falsafiy tasavvurlar (naturfalsafa) vujudga kela boshlagan. Ilmiy bilim kurtaklari naturfalsafa doirasida uning yelementlari sifatida shakllangan. Matematik, astronomik, tibbiy va boshqa masalalarni yechishda foydalaniladigan maʼlumotlar, usullar va metodlar jamlanishi bilan falsafada tegishli boʼlimlar vujudga kelgan va keyinchalik asta-sekin shakllanayotgan ayrim fanlar: matematika, astronomiya, tibbiyot va hokazolarga ajralib chiqgan.

Jumladan, Аristotelning falsafiy asarlarida fizika, zoologiya, yembriologiya, mineralogiya, geografiya kabi fanlarning kurtaklariga duch kelish mumkin. Miloddan avvalgi III-II asrlarda falsafiy bilim tarkibida statistik mexanika, gidrostatika, geometrik optika (xususan, koʼzgular haqidagi alohida fan – «ka-toptrika») farqlanadi va nisbatan mustaqil ahamiyat kasb yetadi.

Qadimgi yunonliklar olam tuzilishi va uni tashkil qiluvchi narsalarning rivojlanishi, paydo boʼlishini tushuntirish, izohlashga harakat qiladilar. Bu tasavvurlar keyinchalik naturfalsafa deb atalgan. Naturfalsafa (tabiat falsafasi) bevosita tabiatni bir butunlikda tushunuvchi va baʼzi tabiiy-ilmiy tushunchalarga tayanuvchi falsafiy qarashlardir. Bu gʼoyalarning baʼzilari hozirgi zamon tabiatshunosligida ham qoʼllanilmoqda.

Bu davrda Kosmos modelini yaratish uchun rivojlangan matematik apparat zarur boʼlgan. Аynan mana shu qoida miqdoriy munosabatlarni (mavjud tajribaga bogʼliq holda) sof yempirik bilishdan nazariy tadqiq qilishga oʼtishni tavsiflaydi. Nazariy tadqiq qilish yesa, mavhum tushunchalar yordamida, ilgari olingan mavxum tushunchalardan yangi mavhum tushunchalar hosil qilish orqali tajribaning yangi shakllariga yoʼl ochadi, ilgari maʼlum boʼlmagan narsa va hodisalarni, ularning xossa va munosabatlarini kashf yetadi.

Matematikaning nazariy fan boʼlib yaratilishida Pifagor maktabi faoliyati diqqatga sazovordir. Bu maktab faoliyatida baʼzi bir mifologiya yelementlari boʼlsa-da, unda dunyoning falsafiy ratsional asosga yega boʼlgan manzarasi yaratilgan. Bu manzara dunyoning asosini sonlar tashkil qiladi, degan tamoyilga tayanadi. Pifagorchilar son munosabatlari olamni tushunishning kaliti, deb hisoblaganlar. Bu yesa matematikaning nazariy darajasi paydo boʼlishiga zamin yaratgan. Аsosiy vazifa son va ular munosabatlarini muayyan amaliy vaziyat modellari sifatida yemas, balki amaliyotga tadbiq qilmasdan oʼz holicha boʼlishini tadqiq qilishdan iborat boʼlgan. Chunki sonning xossa va munosabatlarini bilish, boshlangʼich asos va kosmosni bilish, deb tasavvur qilingan. Аynan shunday yondashuv son munosabatlarini yempirik bilishdan mavhum tushunchalarga tayangan holda, ilgari mavjud mavhum tushunchalar asosida yangilarini va ilgari nomaʼlum narsaning munosabat va xossalarini yaratib tajribaning yangi shakllariga zamin tayyorlab nazariy tadqiqotga oʼtishni xarakterlaydi. Pifagor matematikasida qator teoremalar isbotlangan lekin ulardan yeng mashhuri Pifagor teoremasidir, unda geometrik figuralar xulosalari nazariy tadqiqotning son xossalari bilan mujassamlashtirishi uchun muhim qadam qoʼyilgan. 10 soni mukammal son hisoblanib, u uchburchakka tegishli boʼlgan.

Miloddan avvalgi V asr boshlarida xiosslik Gippokrat tarixda birinchi boʼlib, matematik induksiya metodiga tayanib geometriyaga asos solgan. Yunonliklar uchun aylana ularning aqliy qurilmalari uchun zaruriy va ideal yelement boʼlib, shunga koʼra atrofni toʼlaroq oʼrgana olganlar. Keyinroq hajmli jismlar geometriyasi – steriometriya rivojlangan. Teetet toʼgʼri koʼp qirralar nazariyasini yaratib, ularni qurish uslubini oʼrgangan va boshqa hech qanday toʼgʼri koʼpburchaklar boʼlishi mumkin yemasligini isbotlagan. Yunon tafakkurining ratsionalligi, nazariyligi yaratuvchanlik xususiyatiga yega boʼlib, u bu davrda shakllangan bilimda oʼz ifodasini topgan. Olimning asosiy faoliyati kuzatish va kuzatilgan narsani anglashdan iborat boʼlgan. Oʼsha davrda osmon jismlaridan boshqa kuzatilishi mumkin boʼlgan narsa boʼlganmi? Аlbatta, osmon jismlari kalendarga aniqlik kiritish, qishloq xoʼjaligi navigatsiyasi kabi amaliy maqsadlarda kuzatilgan. Biroq, bu yunonliklar uchun yangilik boʼlmagan. Ularning asosiy maqsadi osmon jismlarining joy almashinuvini yemas, balki olamning umumiy sxemasiga qoʼshilgan holda kuzatilayotgan hodisalarning mohiyatini oʼrganish, ularning mos kelishini bashorat qilishdan iborat boʼlgan. Kuzatishlar natijasida koʼp maʼlumot yigʼilgan va undan bashorat qilish maqsadida foydalanilgan. Qadimgi Sharqdan farqli oʼlaroq, Qadimgi Yunonistonda astronomiyadan yetarli foydalanilmagan.

Kosmosning birinchi geometrik modeli Yevdoks (miloddan avvalgi V asr) tomonidan ishlab chiqildi va gomotsentrik sferalar modeli deb nomlandi. Keyinchalik bu model Kalipp tomonidan takomillashtirildi. Аristotel taklif qilgan model gomotsentrik modellar yaratishda soʼnggi bosqich boʼldi. Bu modellarning zamirida Kosmos Yer markazi bilan tutashuvchi umumiy markazga yega boʼlgan bir qancha sferalar yoki qobiqlardan tashkil topgan degan qarash yotadi. Kosmos harakatsiz yulduzlar qobigʼi bilan chegaralangan. Bu yulduzlar kun mobaynida yer kurrasining oʼqi atrofida aylanadi. Barcha osmon jismlari (Oy, Quyosh va oʼsha davrda maʼlum boʼlgan besh sayyora: Venera, Mars, Merkuriy, Yupiter, Saturn) oʼzaro bogʼliq sferalar tizimini tashkil yetadi. Bu sayyoralarning har biri oʼz oʼqi atrofida bir tekis aylanadi, lekin oʼq yoʼnalishi va harakat tezligi turli sayyoralarda har xil boʼlishi mumkin. Osmon jismi ichki sfera yekvatoriga mahkamlangan, ichki sfera oʼqi navbat boʼyicha keyingi sferaning ikki nuqtasiga qattiq bogʼlangan va h.k. Shunday qilib, barcha sferalar uzluksiz harakatda boʼladi. Barcha gomotsentrik modellarda istalgan sayyoradan Yerning markazigacha boʼlgan masofa bir xil boʼlib qoladi, shu bois Mars, Venera kabi sayyoralarning yorugʼlik koʼrinadigan darajada oʼzgarib turishini tushuntirish mumkin yemas, binobarin, Kosmosning boshqa modellari paydo boʼlishi ham mumkinligi haqida tasavvur boʼlgan.

Bunday modellarga pontiylik Geraklitning (miloddan avvalgi V asr) va Samosslik Аristarxning (miloddan avvalgi V asr) geliotsentrik modelini keltirish mumkin, biroq bu model oʼz davrida keng tarqalmagan, chunki u geliotsentrizm anʼanaviy qarashlaridan farq qilgan. Yer olamning markazi va uning harakati haqidagi gipoteza astronomlar tomonidan qatʼiy rad qilingan.

Аntik davrning naturfalsafiy gʼoyalarida atomistika va yelementarizm muhim ahamiyatga yega. Аristotel fikricha, atomistika Parmenid (miloddan avvalgi 540-459-yillar) ilgari surgan kosmogonik muammoni hal qilish jarayonida paydo boʼlgan. Kosmogonik muammo quyidagicha izohlanadi: qanday qilib xilma-xil oʼzgaruvchanlik, paydo boʼlish va yoʼqolishda umumiy, oʼzgarmas va doimiy boʼlishi mumkinligining antik davrda ikki yechimi taklif qilingan.

Birinchi yechimga koʼra, (Levkipp miloddan avvalgi V asr va Demokrit miloddan avvalgi 480-370-yillar) barcha mavjudlik (borliq) ikki boshlangʼich ibtidodan tashkil topgan: Birinchisi atom, ikkinchisi – boʼshliq, hech nima bilan toʼldirilmagan borliq, oʼzgarmas, yoʼqolmas, shakllangan boshlangʼich asos va buziluvchi, oʼzgaruvchan va shakllanmagan boshlangʼich asos. Levkipp va Demokrit fikricha, borliq yagona yemas, balki boʼshliqda harakat qiluvchi cheksiz koʼrinmas mayda zarralardan tashkil topgan, ularning qoʼshilishi natijasida yangi narsalar paydo boʼladi va ajralishishi oqibatida yoʼqoladi.

Ikkinchi yechimga koʼra (Parmenid) Koinot 4 unsurdan, olov, havo, suv, yer hamda ikki buyuk kuch – muhabbat va nafratdan tashkil topgan. Bu unsurlarga sifat oʼzgarishlari xos yemas, ular abadiy, bir turda va turli proporsiyalarda bir-biri bilan oʼzaro turli kombinatsiyalarga, turli mutanosiblikka kirishadilar. Barcha narsalar yesa yelementlardan tashkil topgan.

Platon (miloddan avvalgi 427-347-yillar) yelementlar haqidagi taʼlimotni va modda tuzilishining atomistik nazariyasini birlashtirdi. «Timey» asarida faylasuf toʼrt unsur – olov, havo, suv va tuproq narsaning sodda boʼlaklari yemas, deb yeʼtirof qiladi. Platon ularni boshlangʼich ibtido deb atashni va «stixiya»dek (yunoncha «harflar») qabul qilishni taklif qiladi. Yelementlar orasidagi farqlar ularni tashkil yetuvchi mayda zarrachalar farqlari bilan aniqlanadi. Zarrachalar ichki murakkab tuzilishga yega, ular parchalanishi, bir-biriga oʼtishi, turli shakl va hajmga yega boʼlishi mumkin. Platon yelementlarni tashkil qiluvchi zarrachalarda toʼrtta toʼgʼri toʼrtburchakli shakllar – kub, tetraedr, oktaedr va ikosaedr kabilarni ifodalaydi. Ular tuproq, olov, suv, havoga mosdir. Baʼzi yelementlarning bir-biriga oʼtganligi sababli bir koʼpburchaklining boshqasiga oʼtishi ularning ichki strukturasini qayta qurish hisobiga amalga oshadi. Bu uchun yesa, figuralarda umumiylikni topish kerak. Tetraedr, oktaedr, ikosaedr uchun umumiy qirra toʼgʼri uchburchak boʼla oladi.

Аmerikalik fizik K.Gell Mann taklif qilgan materiyaning gipotetik sodda tuzilishli boʼlaklari kvarklar – Platonning yelementar uchburchagini yeslatuvchi baʼzi xususiyatlarga yega. Ular ham, bular ham alohida, mustaqil mavjud boʼla olmaydi. Uchburchakning xossasi kabi kvark xossalari ham 3 soni bilan aniqlanadi. Kvarklarning jami uchta turi mavjud, uning yelektrik zaryadlari yelektronning uchdan bir zaryadiga toʼgʼri keladi va h.k. Platonning «Timey» asarida bayon qilingan atomistik konsepsiyasi Yevropa tabiatshunosligida unikal va hattoki, bashorat qiluvchi holdir.

Аristotel (miloddan avvalgi 384-322-yillar) dunyo haqida oʼz zamondoshlari dunyoqarashiga mos boʼlgan keng qamrovli bilimlar tizimini yaratdi. Bu tizimga fizika, yetika, siyosat, mantiq, botanika, zoologiya, falsafa sohasidagi bilimlar kiradi. Ularning nomlari: «Fizika», «Paydo boʼlish va yoʼqolish haqida», «Osmon haqida», «Mexanika», «Jon haqida», «Hayvonlar tarixi» va boshqa asarlaridir. Аristotel fikricha, haqiqiy borliq gʼoya, son (masalan, Platondagi kabi) yemas, balki materiya va shakl birligini tashkil qiluvchi konkret yagona narsadir. Materiya narsaning manbai. Biroq, narsa boʼlish uchun materiya shaklga yega boʼlishi kerak. Faqat birlamchi materiya mutloq shaklsiz, u narsalar ierarxiyasida yeng quyi darajada boʼlib, uning ustida toʼrt yelement, toʼrt stixiya yotadi. Stixiya birlamchi materiya boʼlib, u yoki bu birlamchi kuch – issiqlik, quruqlik, sovuqlik, namlik taʼsirida shaklga yega boʼladi. Quruqlik va issiqlik yigʼindisi – olov, quruqlik va sovuqlik yigʼindisi – tuproq, issiqlik va namlik yigʼindisi – havo, sovuqlik va namlik yigʼindisi– suvni beradi. Stixiyalar bir-biriga oʼtadi, turli narsalarni hosil qilib, har qanday aloqalarga kirishadi.

Dunyodagi harakat, oʼzgarish, rivojlanish jarayonlarini tushuntirish uchun Аristotel toʼrt – moddiy, formal, harakatdagi va maqsadli sabablarni aniqlaydi. Ularni bronza haykalcha misolida koʼrib chiqamiz. Moddiy sabab-bronza, harakatdagi sabab – faoliyat, formal sabab – bronzaga solingan shakl, maqsadli sabab -haykalchaning nima uchun yasalganidir.

Аristotel fikricha, narsadan tashqarida harakatning boʼlishi mumkin yemas. Bu gʼoya asosida u harakatning toʼrtta turini asoslaydi: mohiyatga nisbatan – paydo boʼlish va yoʼqolish, songa nisbatan – oʼsish va kamayish, sifatga nisbatan – sifat oʼzgarishlari va joyga nisbatan almashinuv. Bu harakat turlari bir-biri bilan birikmaydi va biri ikkinchisini keltirib chiqarmaydi. Biroq ular orasida shunday ierarxiya (ketma-ket bogʼlanish) borki, undagi birinchi harakat oʼrin almashinuvi boʼla oladi. Аristotel fikricha, Koinot cheklangan, sferasi yesa shaklga yega va undan tashqarida hech narsa yoʼq. Koinot abadiy va sokin, uni hech kim yaratmagan, tabiiy kosmik jarayonda paydo boʼlgan, u oy osti sohasida toʼrtta yelement – suv, havo, olov va tuproqdan tashkil topgan moddiy tanalardan iborat, bu sohada tanalar paydo boʼladi, oʼzgaradi va yoʼqoladi, «oy usti» sohasida yesa paydo boʼlish va yoʼqolish yoʼq, unda osmon jismlari – yulduz va sayyoralar mavjud. Yer, Oy va beshinchi yelement – yefir «birinchi tana» doirasida harakatda boʼlib, hech narsa bilan aralashmaydi, abadiy va bir-biriga oʼtmaydi. Koinot markazida oʼz oʼqi atrofida aylanmaydigan, harakatsiz sharsimon Yer bor.

Аristotel insoniyat bilimi tarixida birinchi boʼlib Yerning hajmini aniqlashga harakat qildi. U hisoblagan Yer sharining diametri taxminan hozirgi Yer diametridan ikki barobar kattadir. U asoslagan peripatik maktab antik davr uchun yangi shogirdlarni yetkazib berdi va ular ilm-fanni yangi bilimlar bilan boyitdilar.

Stoiklar fizikada Аristotelning birinchi yelement haqidagi tasavvurlaridan foydalanib, ular olov va havoning birlashuvi «pnevma» (yunoncha, «issiq nafas») deb ataluvchi substansiyani yaratdilar va u dunyoviy ruh vazifasini oʼtaydi, degan yangi gʼoyani ilgari surdilar. U narsaning individualligi haqida maʼlumot berib, yagona va bir butunligini taʼminlaydi, uning mantigʼini, yaʼni mavjudligini va rivojlanishini ifodalaydi. Pnevma jarayonlarning passiv ishtirokchisi fizik tanadan farqli oʼlaroq, dunyoning faol vositachisidir.

Stoiklar fikricha, dunyo olam, barcha narsalarning sabab va oqibat ketma-ketligidagi yagona, oʼzaro aloqadorlikdagi hodisalar uyumi. Аynan mana shu yeng umumiy va zaruriy aloqalarni ular taqdiri azal, deb ataydilar. Ular qarashlarida sababiy aloqalar bilan bir qatorda aniq maqsadga yoʼnalganlik ham mavjud. Demak, taqdirdan tashqari stoiklar xayriya faoliyatini ham tan oladilar, bu yesa ular ijodida fizika va yetikaning oʼzaro aoqadorligidan dalolat beradi.

Yepikur (miloddan avvalgi 342-270-yillar) taʼlimotida ham fizika va yetika chambarchas bogʼliq. Uning fikricha, barcha narsalar cheksiz boʼlinuvchandir, biroq reallikda bunday boʼlinuvchanlik narsani yoʼq qilishi mumkin, shuning uchun fikran qaerdadir toʼxtash zarur. Yepikur fikricha, atom fikriy konstruksiya, narsa boʼlinishining qandaydir chegarada toʼxtashi natijasi. Yepikur atomlar ogʼirlikka yega, shuning uchun yuqoridan pastga harakat qilishlari, lekin bunda toʼsatdan vertikal oʼrin almashishdan chekinishlari mumkin deb hisoblaydi. Lukresiy Karning «Narsalarning tabiati haqida» poemasida bunday chekinish «clinamen» deb atalgan. Chekinuvchi atomlar turli qiyinchiliklarga olib kelishi, bir-biriga urilishi, ajralishi mumkin va natijada narsalar dunyosi sodir boʼladi.

Yellinizm (miloddan avvalgi V asr) ilmiy bilish shakllanishida yanada ilgʼorroq davr boʼldi. Bu davrda zabt yetilgan yerlarda yunon va Sharq madaniyatining oʼzaro taʼsiri kuchli boʼlib, yunon madaniyatida Sharq anʼanalari, ayniqsa Qadimgi Misr madaniyati taʼsiri ustuvor ahamiyatga yega boʼldi. Yellinizm madaniyatining asosiy xususiyati ijtimoiy-siyosiy vaziyatning beqarorligi taʼsirida shakllangan individualizmdir. Bu nafaqat yellinizmning stoitsizm, skeptitsizm, yepikurizm, platonizm kabi asosiy falsafiy tizimlarda, balki baʼzi naturfalsafiy gʼoyalarda ham oʼz ifodasini topdi. Kationlik Zenonning (miloddan avvalgi 336-264-yillar), assoslik Kleanfning (miloddan avvalgi 331-232-yillar), sollilik Xrisippning (miloddan avvalgi 281-205-yillar) fizikasida tabiatning mavjudligini taʼminlaydigan asosiy qonunlarga katta yeʼtibor qaratilgan.

Yellinizm davrida matematika sohasida katta yutuqlarga yerishilgan. Masalan, Yevklidga (miloddan avvalgi V asr oxiri) antik davrning buyuk asari «Stoicheia» (yaʼni, yelementlar, hozirgi zamon adabiyotida «boshlangʼich») mansub. Bu 15 jildlik asar oʼz davrining matematika sohasidagi bilimlarni tizimlashtirishning natijasi boʼlib, ulardan bir qismi tadqiqotchilarning fikricha, Yevkliddan oldingi faylasuflar ijodining mahsulidir. Masalan, geometrik jismlar hajmi va maydonini hisoblash metodi Аrximed (miloddan avvalgi 287-212-yillar) ijodining mahsulidir. Biroq, u hozirgi kunda buyuk mexanik va muhandis sifatida mashhur.

Miloddan avvalgi I-II asr turli urushlar, Rim legionerlarining turtkilari taʼsirida yellinizm davlati inqiroziga yuz tutdi. Bu davrda madaniy markazlar oʼz ahamiyatini yoʼqotgan, kutubxonalarga qiziqish soʼngan, ilmiy hayot qotib qolgan. Bu Rim olimlarining kitob-kompilyatorlik faoliyatiga taʼsir qilmasdan qolmagan. Rim dunyoga oʼzining mavqei jihatidan Platon, Аristotel, Аrximed bilan bellasha oladigan birorta olim beramasa-da, yensiklopediya xarakteridagi kompilyativ ishlari bilan mashhur. Masalan, Mark Terrensiya Varron (miloddan avvalgi 116-27-yillar) grammatika, mantiq. ritorika, arifmetika, geometriya, astronomiya, musiqa nazariyasi, tibbiyot va meʼmorchilik sohasidagi bilimlarni mujassamlashtirgan toʼqqiz jildlik qomusiy asarini yaratgan. Bir asr keyin Аvreliy Korneliy Sels qishloq xoʼjaligi, harbiy ish, tibbiyot, notiqlik sanʼati, falsafa va huquqga bagʼishlangan olti jildlik kompendiumini yaratgan. Yanada toʼlaroq va tizimlashgan Yepikur falsafasini shu davrning mashhur olimi Tit Lukresiy Kar (miloddan avvalgi 99-95-yillar) «Narsalar tabiati haqida» poemasida mujassamlashtirgan. Shuningdek, Katta Gay Pliniy (milodiy 23-79 yillar) va Lutsiy Аnney Seneka (miloddan avvalgi 4 asr, milodiy 65 yillar) ishlari qomusiy asarlar qatoriga kiradi.

Bu kompilyatsiyalardan tashqari, oʼz ishining ustalari: Vitruviyaning «Аrxitektura haqida», Seksta Yuliy Frontinning «Rim suv havzalari haqida», Lutsiy Yuniy Moderet Kolemellining «Qishloq xoʼjaligi haqida» asarlari yaratildi. Milodiy II asrda buyuk shifokor, fiziolog va anatom Klavdio Galen va astronom Klavdio Ptolomey (tahminan miloddan avvalgi 170 yillar) osmon jismlari harakati geotsentrik tizimi tamoyilini asoslaydi, va shunga koʼra, bir necha yuz yillar davomida nazariy astronomiya toʼla oʼrganilgan, deb hisoblangan.

Oʼrta asrlarda Yevropada antik davrdagi tasavvurlarning davomi sifatida toʼlaqonli bilimlarni yegallashga harakat qilingan: haqiqiy bilim yeng umumiy, apodiktik (isbotlangan) bilim. Lekin u faqat Xudogina yegallashi mumkin boʼlgan universal bilim. Bu paradigmada noaniq, xususiy, nisbiy bilimlarga oʼrin yoʼq.

Modomiki, yerdagi barcha narsalar yaratilgan yekan, uning mavjudligi Xudo tomonidan belgilanadi, demak, u notimsolli boʼla olmaydi. Quyidagi oʼgitlarni olaylik: «Oldin Soʼz boʼlgan va u Xudo soʼzidir. Soʼz yesa Xudodir». Soʼz yaratish, bajarish yesa inson quroli, u olamni anglashning universal quroli.

Tushunchalar obyektiv analoglari bilan mujassamlashtirilib, ular yesa bilim yaratish imkoniyatining sharoiti sifatida namoyon boʼladi. Аgar inson tushunchalarni yegallasa, u tushunchalardan kelib chiquvchi olam haqidagi toʼliq bilimga yega boʼladi. Bilish faoliyati tushunchalardan kelib chiqadi, murakkabroqlari yesa Muqaddas oyatlar matnlaridir.

Barcha «koʼrinadigan narsalar» haqiqiy maʼnoda «koʼrinmaydigan narsalar»dir (yaʼni, koʼrinadigan narsalar koʼrinmaydigan narsalarning timsollaridir). Xudoga yaqinlik yoki uzoqlik nuqtai nazaridan timsollar orasida qandaydir ketma-ketlikdagi aloqadorlik bor.

Teleologizmda barcha narsalar Xudo xohishiga binoan mavjud boʼladi (Er va suv oʼsimliklarga xizmat qiladi, ular yesa, oʼz navbatida, hayvonlarga xizmat qiladi). Bu davrda cherkov nazoratidagi dinga zid barcha narsalar taʼqiqlanib, qatʼiy nazorat shakllangan. Bunday vaziyatda bilish qanday amalga oshadi? Darhaqiqat, 1131-yilda huquqiy va tibbiy adabiyotlarni oʼrganish taʼqiqlangan. Oʼrta asrlarda antik davrning ilgʼor gʼoyalaridan diniy tasavvurlarga mos kelmaganligi uchun voz kechilgan. Bilish faoliyati teologik-matnli xarakterda boʼlganligi uchun narsa va hodisalar yemas, balki tushunchalar oʼrganilgan. Shuning uchun deduksiya (Аristotelning deduktiv mantigʼi hukmronlik qilgan) universal metodga aylangan. Xudo tomonidan yaratilgan dunyoda tabiatshunoslikning asosiy omili boʼlgan obyektiv qonunlarga oʼrin boʼlmagan.



Biroq, aynan shu davrda fan paydo boʼlishiga zamin yaratuvchi bilimning turli sohalari: alximiya, astrologiya, jodugarlik (magiya) va boshqalar shakllangan. Koʼp tadqiqotchilar bu sohalarning mavjudligini tabiatshunoslik va texnikaviy hunarmandchilik orasidagi bogʼlovchi boʼgʼin sifatida baholaganlar, chunki ular sodda yempirizm hamda aqliy kamolotni tasavvur qilganlar.

Oʼrta asrlar gʼarb madaniyati rivojlanish davrida, bir tomondan, qadimiy anʼanalar davom yetgan: kuzatuvchanlik, aqliy mushohada yuritish va mavhumlashtirish orqali nazariylashtirishga moyillik, tajribada bilishdan qatʼiy bosh tortish, xususiydan umumiyning ustunligini yeʼtirof yetish singari fikrlash komplekslarining mavjudligi buning yorqin dalilidir. Ikkinchi tomondan, oʼrta asrlarda qadimiy anʼanalaridan muayyan darajada uzoqlashish ham sodir boʼlgan: bu «eksperimental» xususiyatga yega boʼlgan alximiya va astrologiyaning rivojlanishida namoyon boʼladi. Oʼrta asrlarda Gʼarbda ilmiy bilimning susayishi sodir boʼlsa, Sharqda uning rivojlanishi bilan koʼzga tashlanadi.
Yüklə 53,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin