________________________________________________________________ "Экономика и социум" №1(80) 2021 www.iupr.ru Mazkur vazifani ulkan salohiyat, katta mahorat bilan uddalagan adibning asari
"Qissasi Rabg‘uziy", "Qisas ul-anbiyoi turkiy" nomi bilan shuhrat topdi va
yaratilgandan to bugungi kungacha sevilib o‘qib kelinmoqda. Bunga asosiy sabab
esa bu asarning poetik jihatdan mukammal tuzilganligi hisoblanadi.
Rabg‘uziyning bu ijod mahsuli mazkur mavzu an’anasidagi o‘ziga xos
bosqich bo‘ldi. Birinchidan, adib o‘zigacha yaratilgan payg‘ambarlar haqidagi
qissalarni puxta o‘rgandi, umumlashtirdi, rivojlantirdi. Ikkinchidan, salaflari yo‘l
qo‘ygan kamchiliklarni tuzatdi. Uchinchidan, oldinlari nabiylar haqidagi qissalar
arab va fors tillarida yozilgan bo‘lsa, Rabg‘uziyning turkiy tilda yozishga jazm
qildi.
Unda XIII asr oxiri - XIV asr boshlaridagi turkiy adabiyotning bir qator
o‘ziga xos xususiyatlari juda yorqin namoyon bo‘lgan.
Halollikka, o‘z mehnati bilan halol kun ko‘rishga, boshqalarga zulm
qilmaslikka undash Rabg‘uziyning hikoyalarining asosiy maqsadidir. O‘zbek
nasrida ilk marotaba dialoglar Rabg‘uziy tomonidan keng tarzda qo‘llangan. Ana
shu dialoglar vositasida asosiy g‘oyaviy maqsad yorqin va ta’sirchan ifodalangan
va poetik ifodalar ham aynan diologlar shaklida kelganda o’quvchiga oson va
tushunilishi oson bo’lgan.
Nosiriddin Burxoniddin Rabg‘uziyning "Qissai Rabg‘uziy" asarining eng
qadimgi qo‘lyozmasi Londondagi "Britaniya" muzeyida saqlanadi.
“Qissasi Rabg’uziy” – turkiy nasrning eng qadimiy namunalaridan biridir.
Unda XIII asr oxiri – XIV asr boshlaridagi turkiy adabiyotning bir qator o’ziga xos
xususiyatlari juda yorqin namoyon bo’lgan. Payg’ambarlar haqidagi qissalar
Rabg’uziyning olam va odam haqidagi qarashlarini badiiy jihatdan ifodalash uchun
vosita bo’lgan. Qissalar asosini tarixiy-ilohiy voqealar tashkil etadi. Ular o’z
ildizlari bilan Qur’on va hadislarga, insoniyatning yaratilishi va rivojlanish
tarixiga, xalq og’zaki ijodiga borib taqaladi. Ammo bularning ko’pchiligi, birinchi
navbatda, Rabg’uziy badiiy tafakkuri yordamida qayta idrok etiladi, badiiy
talqinini topadi. Mavzu doirasiga ko’ra asardagi qissalar juda rang-barang.
Olamdagi butun mavjudod egasi Ollohni ulug’lash, payg’ambarlar hayotiga doir