Himmatov ilhomjonnig psixologik trenig fanidan mustaqil ishi



Yüklə 154,35 Kb.
tarix16.10.2023
ölçüsü154,35 Kb.
#156263
22.50.GURUX-HIMMATOV ILXOMJONNIG-TRENIG FANIDAN-KOMPITRNTLIK MULOQOT VAQTIDA SHAKLLANISHI, INDIVIDUAL TAJRIBAGA ASOSLANISH




22.50-guruh talabasi:
HIMMATOV ILHOMJONNIG

PSIXOLOGIK TRENIG FANIDAN


MUSTAQIL ISHI




KOMPITENTLIK MULOQOT VAQTIDA SHAKILLANISHI, INDUVIDUAL TAJRIBAGA
ASOSLANISH


Reja:
1.Kompetensiya va kompetentlik tushunchalari.
2. Kompitentlikni muloqot vaqtida shakllanishi
3. Individual tajribaga asoslanish
4. Boshqaruvchiga xos bilimdonlik darajalari.


KOMPETENTLIK
• “Kompetentlik – tushunchasi dastlab ta’lim sohasiga psixologik, pedagogik izlanishlar natijasida kirib kelgan tushuncha bo‘lib, zamonaviy atama sifatida qo‘llanilib kelinmoqda.
«Competentia»lotincha so’zdan olingan bo’lib, o’zbek tilidagi tarjima qilinganda unung lug’aviy ma’nosi «yaxshi biladigan inson»,
«tajribaga ega bo’lgan kishi» kabi ma’nolarni bildiradi. Shu sababli
kompetentlik ta`lim jarayonida sodir bo`ladigan turli xil vaziyatlar,
kutilmagan holatlar rahbarning ozini qanday tutishi, muloqotga
kirishuvchanligi, qo‘l ostidagilarni ruhiy holatlarini tushuna olish
qobiliyatiga ega bo‘lishi, raqobaddosh tomonlar bilan ozaro
munosabatlarda yangi yo‘l tutishi, noaniq vazifalarda mavjud
muammolar ziddiyatlarga to‘la ma’lumotlardan foydalanishda
rahbar tomonidan ozlashtirilgan bilim, konikma va malakalarni
aniq maqsadlar asosida qo‘llay olish, izchil rivojlanib boruvchi va
murakkab jarayonlarda harakatlanish rejasiga egalikni anglatadi.

Kompetensiya – xodimning kompaniyada kutayotgan darajada va belgilangan tarkibda ishlab chiqarish xulqini muntazam ravishda namoyish qilishga tayyorlik qobiliyati. Kompetensiyalar tizimini yaratishda tashkilot xodimlarning faoliyatiga taalluqli muhim mezonlar majmuasini standart talablarga asosan tuzadi. Shuningdek, kompetensiya xodimlarning tashkilotda ham professional, ham ijtimoiy jihatdan tengligi xususida guvohlik beradi.


• XX asrning 90-yillarida mutaxassislarga malakaviy talablarni quyuvchi “Xalqaro mehnat tashkiloti” malaka oshirish hamda boshqaruv xodimlarni kasbiy qayta tayyorlashda “tayanch kompetensiya”lar degan tushunchani fanga kiritdi. Tayanch kompetensiyalari turli xil kasbiy birlashmalarda mutaxassislarning ijtimoiy-professional jihatdan ta’minlanishi hamda faoliyatga moslashishida xodimlarning xizmat vazifalaridan kelib chiqib o’ziga xos xarakter kasb etadi.


Personalni boshqarish alohida ahamiyat kasb etib, tashkilotda kishilarga ta’sir ko’rsatuvchi uchta asosiy omilga alohida diqqat- e’tiborni qaratish maqsadga muvofiq sanaladi. Bular tashkilotning iyerarxik tuzilmasi, madaniyat, bozor omillaridir. Ushbu ta’sir ko’rsatish omillari juda murakkab tushunchalar bo’lib, amaliyotda kamdan-kam hollarda bir-biridan alohida ravishda qo’llanadi.

• Ulardan birontasi qanchalik ustuvor bo’lsa, tashkilotdagi iqtisodiy vaziyat qiyofasi ham shunday bo’ladi. Ko’pincha kundalik muloqotda biz “kompetensiya” yoki “bilimdonlik” tushunchalarini tez-tez ishlatamiz. Ayniqsa, “professional kompetensiya” tushunchasi ko’proq diqqatni tortadi. Lekin, ba’zan insonlar bilan ishlash borasida “kommunikativ kompetensiya” tushunchasi ham


ishlatiladi. Bu aslida o’zgalar bilan til topisha bilish, o’z nutqini ravon va bir tekisda tuzish orqali fikrlarini boshqalarga yetkaza olish kabi muhim xususiyatlar bilan bog’lanadi.

• Psixologiya fanida, xususan, uning “Boshqaruv psixologiyasi” sohasida oxirgi paytlarda “ijtimoiy-psixologik kompetensiya” fenomeni ajratilmoqdaki, mohiyatan u – kommunikativ kompetensiyadan kengroq va ko’pqamrovliroqdir. Professional faoliyat shaxsdan juda ko’p bilimlarni hamda malakalarni talab qiladi. Nima uchun u yoki bu kasbni tanlaganini anglab yetgan shaxs (motivlar muammosi), endi o’z faoliyati va qobiliyatlarini boshqara bilishi va o’z ustida muttasil ishlab, malakalarini orttirib


borishi shart. Professional kompetensiya shu nuqtai nazardan shaxs
umumiy madaniyatining shunday yonalishiki, unga faqat kasbiga
taalluqli bo’lgan bilimlardan tashqari, shu bilimlarning hosil bo’lish
yo’llari va malakalarning takomillashuvini ta’minlovchi psixologik
jarayonlar va holatlarni bilishni ham taqozo etadi. Bu psixologiyada
bilish jarayonlari, ularning mohiyati va kechishini anglash demakdir.

• Kasbga doir topshiriq va vazifalarni echish, o‘quv-tarbiya jarayonini boshqarishda pedagogik-psixologik yondashish ta’lim-tarbiyani modellashtirish to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham mazmunidan keng o‘rinda foydalanishlari zamonaviy ta’lim tizimi rahbarlarining zimmasiga yuklatilmoqda.


Olib borilgan ilmiy tadqiqotlarda bevosita ta’lim tizimi rahbarlariga
xos kasbiy kompetentlik va uning oziga xos jihatlari tadqiq etilib,
organilgan. Bu boradagi pedogogik-psixologik kasbiy kompetentlik
yuzasidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlarni bir qator olimlar
xususan, V.M.Karimova tomonidan olib borilgan izlanishlar tadqiqot
davomida alohida ahamiyat kasb etadi. Kasbiy faoliyatni tashkil
etishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan kompetentlikning asosiy
elementlari davlat ta’lim standartlarida o‘z ifodasini topgan.

• Kompetentlik tushunchasi nafaqat aniq bilim va ko‘nikmalar, balki aniq strategiya, mos emotsiya va munosabat, xuddi shuningdek, butun bir tizimni boshqarish mexanizmi mavjud ekanligi talab etiladigan murakkab amaliy masalalarni hal etish bilan bog‘liq. U o‘z ichiga nafaqat kognitiv tashkil etuvchini, balki qadriyatli yo‘nalganlikning motivatsion, etik, ijtimoiy va ahloqiy tizimlarini ham oladi.




Boshqaruvchining tayanch
kompetensiyalari
Barcha ijtimoiy tarmoqlar borki boshqaruvga muhtojlik sezadi. Agar boshqaruv jarayoni sustkashlik asosida qurilgan bo`lsa boshqaruvda samaradorlik bo`lmaydi. Rahbarningboshqaruvdagi roli past bo‘ladi va iskicha yondoshuvlar asosida ta’lim jarayonini tashkil etgan, yoki boshqaruvga qobiliyati yuq deb qaraladi. Bugungi kunda zamonaviy boshqaruvgaxos kompetensiyalar farqlanadi.

G.Mirolyubova o’zining “Menejerlar madaniy kompetensiyalarining rivojlanishi” (2005) deb nomlangan o’quv-uslubiy qo’llanmasida boshqaruvchining tayanch kompetensiyalari xususida zamonaviy, ilmiy jihatdan asoslangan qator fikr-mulohazalarini ta’kidlab o’tadi. Shu bois ham, da’vogarning lavozimga loyiqlik mezonlari xususida gap ketganda, mutaxassislar oldida boshqaruvchi shaxsiga xos quyidagi tayanch kompetensiyalarni aniqlash yoki o’rganish masalasi ko’ndalang turadi:




Professional kompetensiya
1.Professional kompetensiya– bu o’zi boshqarayotgan soha faoliyatini mukammal darajada yo’lga quyish uchun tashkilot missiyasini aniqlashtirishga xizmat qiluvchi mavjud ma’lumot, bilim hamda malakalarga ega bo’lishlikdir.


Uslubiy kompetensiya
2.Uslubiy kompetensiya– bu rahbarning bilgan narsalari, shaxsiy malaka va ko’nikmalari, turli loyihalar xususidagi ma’lumotlar hamda topshiriqlarni tez, to’g’ri va tushunarli (operativ) tarzda xodimlarga yetkaza olish qobiliyati.


E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Yüklə 154,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin