I bob. O’zbek tarixiy romanlarining elektron kutubxonasini yaratish tahlili va ahamiyati O'zbek tarixiy romanlari elektron kutubxonasini yaratishning ahamiyati
Elektron kutubxonalar jahon va mamlakatimiz axborot infratuzilmasida dasturiy-texnik va telekommunikatsion vositalarning keskin rivojlanish oqibatida inson faoliyatining barcha sohalarida katta ahamiyat kasb etmoqda. Ikkinchi tomondan axborot texnologiyalarining rivojlanishi, avtomatlashtirilgan axborot-kutubxona tizimlaridan (AAKT) foydalanuvchi ana'naviy kutubxonalar ishi texnologiyasining jiddiy o'zgarishiga olib keldi. Ko'pincha “Elektron kutubxona AAKTning alternativasi emasmikan?” degan savolga duch kelamiz. Ba'zi bir mutaxassislar ana'naviy kutubxonalarni avtomatlashtirishga bo'lgan urinishni ya'ni AAKT yaratishni dolzarbligi yo'qolayotgan masala sifatida qarayaptilar. “Ana'naviy” va “elektron” kutubxonalar orasida ma'lum bir farqlar va haqiqatdan ham ko'pgina o'xshashliklar mavjud. “Ana'naviy” va “elektron” kutubxonalar orasidagi farqlarni umumiy planda ko'rib chiqamiz.
1. Axborot maxsulotlarini turli ko’rinishdagi tashuvchilarda saqlash (mos holda - qattiq va mashina o'qiy oladigan) va ma'lum bir ma'noda uning ko'rinish tarkibidagi farq.
2. Axborot maxsulotlarini shakllantirishni (komplektlash) texnologik jarayonlari, ularni saqlash va foydalanuvchilarga taqdim qilishdagi vositalar tarkibidagi farq.
3. Foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish maqsadlar xarakteri va yechiladigan masalalaridagi farq.
4. Yaratish va funksiyalarini tashkil qilish formalarida jiddiy farq mavjud. An'anaviy kutubxonalar yuridik sub'yekt yoki tashkilotning (firma, muassasa) tuzilmaviy xizmati hisoblanib uning tarkibiga kiradi. Ular kasbiy shtatdagi xodimlarga ega bo'lib, foydalanuvchilarning aniq bir kontengentiga adabiyotlar bilan xizmat ko'rsatadi.
Elektron kutubxonalar odatda o'z axborot resurslariga bo'lgan ixtiyoriy ko'rinishdagi tashkilot doirasida yaratiladi yoki yaratilishi mumkin. Ular Internet yoki maxsus ixtisoslashtirilgan telekommunikatsion tarmoq orqali foydalanuvchilarga o'z resurslarini taqdim etish qobiliyatiga ega va bundan manfaatdordir. Ayni paytda ularning ishini qo'llab-quvvatlovchi ijrochilar tarkibi ko'pchilik hollarda kutubxona va axborot masalalarini bajarishda kasbiy tomondan yo'naltirilmagan. Bu ishlar ular uchun qo'shimcha yoki vaqtinchalikdir.
5. Axborot maxsulotlariga nisbatan turli mulkiy huquq, jumladan, nusxa olish va tarqatishga ham. Elektron kutubxona hujjatlar va ma'lumotlarning o'ziga xos maqomiga asosan bunday huquqqa ega. Bu huquq asosida ular o'z resurslariga egalik qiladilar va ularni foydalanuvchilarga taqdim qiladilar. Ana'naviy kutubxonalar o'z fondlaridagi adabiyotlarga nisbatan mulkiy huquqqa ega emaslar.
6. Foydalanuvchilarning bu kutubxonalar resurslari va xizmatlariga murojaat qilish usullaridagi va foydalanish vositalaridagi farq. Kerakli adabiyotni olish uchun ana'naviy kutubxonadan foydalanuvchi kutubxonaga kelishi kerak. U ana'naviy kutubxonaning doimiy foydalanuvchisi hisoblanadi va kutubxonaning resurslariga murojaat qilishi uchun o'z dasturiy texnik vositalariga ega bo'lishi shart emas. O'ziga kerakli adabiyotni qidirish uchun u EKdan foydalanishi mumkin, ba'zi bir hollarda kutubxona xodimidan yordam olishi mumkin. Aytilganlarni “ilg'or” foydalanuvchilarga (uyida yoki ish joyida bunday vositalarga ega bo'lgan) nisbatan ham ta'kidlash mumkin.
Elektron kutubxonaning foydalanuvchisi faqat telekommunikatsion rejimda xizmat ko'rsatilayotganidan tashqari u Internet tarmog'ining barcha fazolarida o'ziga kerakli hujjatlar va axborotlarni izlash imkoniyatiga ega. Bunday sharoitda foydalanuvchi elektron kutubxona xodimlariga qandaydir e'tirozlar (yetarlicha e'tibor yoki xizmat sifatiga) bildira olmaydi.
Ana'naviy va elektron kutubxonalar orasidagi farqlarni yana davom ettirish mumkin. Ammo keltirilganlaridan ham ko'rinadiki “ana'naviy” va “elektron” kutubxonalar jamiyat va loyihalashning axborot infratuzilmasi ob'yektlari sifatida jiddiy farqlarga ega. Bu farqlar AAKT va elektron kutubxonani yaratishdagi tashkiliy-texnologik prinsiplarga, ularning dasturiy, texnik, axborot, lingvistik ta'minotlarga daxildordir. Ba'zi bir ilg'or kutubxonalar Internetda o'zlarining Web-serverlarini yaratishlari va qo'llab-quvvatlashlari, saytlarida to'liqmatnli hamda multimediali hujjatlarni taqdim qilishlari yuqorida ko'rsatilgan farqlarni bekor qilmaydi.
“Avtomatlashtirilgan axborot-kutubxona tizimi” va “elektron kutubxona” jumlalaridagi kutubxona so'zidan boshqa nima bu ikki tushunchalarni birlashtiradi? Ikkalasi uchun ham “umumiy” bo'lgan tomoni bu foydalanuvchilarga axborot-kutubxona xizmati ko'rsatishda bir-birini to'ldirishidir. Bulardan tashqari ularning o'zaro bog'liqligi va foydalaniladigan vositalar hamda texnologiyalar qismining rivojiga ta'siri ham umumiy tomoniga kiradi. Kutubxonalar va ularda yaratilayotgan AAKT o'z faoliyati jarayonida tizimning ichki masalalarida va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatishda Internet texnologiyalaridan tobora kengroq foydalanmoqdalar. Jumladan, elektron kutubxonadan olingan hujjatlar va ma'lumotlardan, kutubxonalar aro abonement rejimida hujjatlarni elektron shaklda yetkazib berish tizimida foydalanganda va boshqalar. Shunday maqsadda kutubxonalarda tizim personali va foydalanuvchilarni Internet va o'zlarining serverlariga kirishini ta'minlovchi ish stansiyalari, klasslar tashkil qilingan.
Elektron kutubxona texnologiyalari bilan kesishadigan, an'anaviy kutubxona texnologiyalarida foydalaniladigan elementlar, fondning bir qismini (asosan o'zroq muddatga saqlash mo'ljallangan) mashina o'qiy oladigan tashuvchilarga o'tkazish hisoblanadi. Yuqoridagilarga qo'shimcha qilish mumkinki ana'naviy kutubxonalar bazasida elektron kutubxonalar yaratilishi mumkin. O'z navbatida elektron kutubxonalar yaratishda kutubxonachilik va axborot faoliyatining kasbiy tajribalaridan (AAKT yaratish va faoliyatining umumiy tashkiliy prinsiplaridan, axborot-kutubxona faoliyati bo'yicha xalqaro standartlardan foydalanmasdan iloji yo'q.
Elektron kutubxona katta sondagi foydalanuvchilar uchun axborotlarning turli kolleksiyalarini taqdim qiladi va ularning hajmi turlicha bo'lishi mumkin.
Ana'naviy kutubxonalarga qaraganda elektron kutubxonalar bir qator potensial ustunlikka ega:
• axborotlarni foydalanuvchiga buyurtma berilgan joyga yetkazib beradi – foydalanuvchida tarmoqqa ulargan komputer bo'lishi yetarli;
• axborotlarni qidirish va ularga ishlov berishda katta imkoniyatlarni taqdim qiladi, zero matndagi ixtiyoriy so'z qidiruv obrazi bo'lishi mumkin;
• qandaydir axborotlardan birgalikda foydalanish imkoniyatini beradiki, bu hol ayniqsa kam foydalaniladigan va materiallarni dublet nusxasini fizik yaratish kabi qimmatli masalalarni yechishni nisbatan arzonlashtiradi. Ayni paytda unikal hujjatlardan masofadan turib foydalanish imkoniyatini yaratdi. Kutubxonalar va arxivlarga o'z fondlarini kompyuter tarmoqlarida taqdim qilish orqali foydalanuvchilarni ularning fonlaridan samarali foydalanish imkoniyatini kengaytirdi;
• kutubxonalarga o'z axborot resurslarini doimiy ravishda qo'llab-quvvatlash va aktual holatda ushlab turish imkoniyatini berdiki, elektron shakldagi axborotlarni qog'oz tashuvchilardagi axborotlarga qaraganda yangilash osonroq va xarajat kam sarflanadi;
• axborotlarga kirish kirish vaqti va joylashgan joy cheklanmagan;
• axborot materiallari turli formatlarda taqdim qilinishi mumkin (matn, ma'lumotlar bazasi, diagramma, multimedia va boshqalar);
• axborot muhiti muloqotning yangi shakllari bilan integrallashuvi mumkin: elektron pochta, telekonferensiyalar, sms, uyali telefon va boshqalar.
Elektron kutubxonalarning yana bir afzal tomoni bu ularni yaratish va foydalanishdagi moliyaviy resurslarning iqtisod qilinishidir. Ana'naviy kutubxonaning axborot-kutubxona fondini elektron tashuvchilarga o'tkazish ular joylashgan maydonlar hajmini qisqartiradi, fond bilan ishlaydigan yuqori malakali ammo kam maosh oladigan xodimlar sonini qisqartiradi
Elektron nashrlarni tayyorlash jarayoni bosma nashrlarni chop qilishga qaraganda ancha arzon, bu hol elektron nashrlarni arzon narxlarda sotib olish imkoniyatini beradi.
Bugungi kunda “Elektron kutubxona” tashunchasiga juda ko'rlab ta'riflar berilgan. 1994 yilda mutaxassislar [Lapo ] o'tkazgan maxsus tadqiqotlar natijasida “Elektron kutubxona” tushanchasiga berilgan bir necha ta'riflarni birlashtirib quyidagicha umumiy ta'rif berishga xarakat qilingan:
Elektron kutubxona yagona bir butun emas;
Elektron kutubxonaga xos xususiyalardan biri bu –texnologiyasining juda ko'p elektron kutubxonalar va axborot xizmatlari bilan bog'liqligidadir.
Juda ko'p elektron kutubxonalar va axborot xizmatlaridan dan tashkil topgan elektron kutubxona foydalanuvchilar uchun “shaffof”.
Elektron kutubxona yaratishdan maqsad – axbrotga va axborot xizmatlariga universal kirishni ta'minlash.
Elektron kutubxonaning fondi hujjatlar-ob'yektlar identifikatorlari bilan cheklanmaydi, ular bosma shaklda taqdim qilinmaydigan va tarqatilmaydigan elektron ob'yektlardan iborat.
“Elektron kutubxona” atamasining sinonim sifatida ko'pchlik hollarda “Raqamli kutubxona”, “Virtual kutubxona” atamalaridan foydalaniladi.
Axborotlarni taqdim qilish shakli bo'yicha qaraydigan bo'lsak “Elektron kutubxona” atamasiga qaraganda “Raqamli kutubxona” atamasi tushunchani aniqroq ifodalaydi. Zero bunday kutubxonada saqlanayotgan materiallar dastlab qandaydir usulda raqamlashtiriladi, ya'ni ular raqamli, diskret xarakterga ega. Raqamli (elektron) kutubxonaning axborotlarni taqdim qilishning raqamli xarakteri uning potensial imkoniyatlarini, kamchiliklari va ish shaklini belgilab beradi. “Virtual kutubxona” atamasi axborotlarni raqamli shaklda taqdim qilinishiga urg'u berib, birinchidan, global kompyuter tarmoqlari mavjudligida axborotlarni kutubxona binosi ichida va kutubxonadan tashqarida turib foydalanish imkoniyatini mavjudligiga, ikkinchidan, kerakli axborotlarni, global kompyuter tarmoqlariga ulanish imkoniyatlari mavjud bo'lganda, qidirishni ixtiyoriy joydan turib amalga oshirish mumkinligiga, uchinchidan bunday kutubxona axborot-kutubxona fondi taqsimlangan xarakterga ega bo'lib uning resurslari yer sharining ixtiyoriy joyida joylashgan bo'lishi mumkin.
Vaqt o'tishi bilan elektron kutubxonaning axborot ta'rifi paydo bo'ldi: tegishli servislarga ega bo'lgan axborotlarning boshqariladigan kolleksiyasi, bunda axborotlar raqamli formatlarda saqlanadi va tarmoq orqali kirish imkoniyati mavjud. Bu ta'rifdagi ochqich qismi “boshqariladigan” so'zi hisoblanadi, Yer yo'ldoshidan uzatiladigan ma'lumotlarni qidirish, – bu hali kutubxona emas. Usha ma'lumotlarning o'zi ma'lum bir tizim asosida tashkil qilinsa ular elektron kutubxona kolleksiyasi hisoblanadi. Ko'pchilik alohida olingan kompaniyaning moliyaviy yozuvlar ma'lumotlar bazasini elektron kutubxona sifatida tan olishmaydi, ammo kompaniyalar to'plamini moliyaviy yozuvlar majmui elektron kutubxonaning bir qismi bo'lishi mumkin.
Elektron kutubxonaning komponentlarining narxi kompyuter texnologiyalarining rivoji bilan bog'liqdir. Bugungi kunda axborotlarni saqlash va tarqatishning bahosi tushib ketayotganligini kuzatish mumkin.
Keyingi yillarda “Gibrid kutubxona” (hybrid library) tushunchasi ommalashib bormoqda Gibrid kutubxonaning bir qismi ana'naviy kutubxona xizmatlarini ko'rsatsa, ikkinchi qismi elektron kutubxona vazifasini bajaradi. Ana'naviy kutubxona fondining bir qismi elektron shaklga o'tkazilgan va kutubxonaning texnika vositalari hamda malakali xodimlari tomonidan qo'llab-quvvatlanadi. Gibrid kutubxonalar elektron kutubxonalarda amalga oshirilgan yangi axborot texnologiyalari yutuqlaridan va ana'naviy kutubxonalarning ustunligidan samarali foydalanadi. Ana'naviy kutubxonalar jamiyatga axborot xizmati ko'rsatayotgan boshqa tizim va tuzilmalarga qaragandi o'zlarining axborot-kutubxona fondlarida axborotlarning barcha turlarini saqlaydi (ilmiy, texnik, iqtisodiy, ilmiy-dunyoqarash va dam olishga mo'ljallangan axborotlar) va barcha ijtimoiy qatlamlar, yoshdagilar va kasbiy kategoriyadagi foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatadi. Bundan tashqari bosma hujjatlar sivilizatsiyaning muhim qismi hisoblanganligi uchun ularning axborotlarni saqlash va uzatishdagi roli tobora qisqarib boradi.
Axborot xizmatlari ko'rsatishda eng demokratik shaklga va juda yaxshi rivojlangan infratuzilmaga ega bo'lgan ana'naviy kutubxonalar mamlakatimizning fuqarolariga uning ixtiyoriy burchagida xizmat ko'rsatadi. Ana'naviy kutubxonalar jamiyatning ijtimoiy institutlari sifatida axborot xizmatlari ko'rsatish bilan bir qatorda aholining bunyoqarashini shakllanishida, ma'naviy rivojlanishida va fuqarolarga ta'lim va tarbiya berishda katta rol o'ynaydi.
Vaqt o'tishi bilan elektron kutubxona tushunchasining o'zgarib borishi
Bosma hujjatlarni raqamlashtirish orqali mashina o'qiy oladigan resurslarga: bosma yoki boshqa shakldagi hujjatlarga (fotosuatlar, fonogrammalar, filmlar va boshqalar, AQSh kongress kutubxonasining raqamli kutubxonasi) aylantirilgan fondi
E'lon qilingan, mashina o'qiy oladigan materiallar bilan komplektlangan fond. (Kompakt optik disklarda joylashgan fond- Parijdagi mediateka).
Lokal yoki global tarmoqdagi materiallarga kirishni ta'minlovchi tizim. (Matematika bo'yicha xalqaro elektron kutubxona – Berlindagi Texnika universiteti loyihasi).
Asosiy atamalar va qoidalar
Axborot-kutubxona faoliyati — axborot-kutubxona muassasalarining axborot-kommunikasiya texnologiyalari asosida axborot-kutubxona fondlarini shakllantirish va axborot-kutubxona xizmati ko'rsatishni tashkil etish bo'yicha faoliyati.
Elektron kutubxona — axborot-kutubxona fondining elektron shakli. (O'zbekiston Respublikasining axborot-kutubxona faoliyati to'g'risida”gi Qonunida keltirilgan).
Alternativ ta'rif. Elektron kutubxona bu- yagona kirish va strukturalarga ajratishning g'oyasiga asoslangan lokal yoki taqsimlangan elektron resurslar majmuidir.
Elektron katalog — tizimlashtirilgan axborot-kutubxona resurslari ro'yxatining elektron shakli. (O'zbekiston Respublikasining axborot-kutubxona faoliyati to'g'risida”gi Qonunida keltirilgan).
Axborot-kutubxona fondi — tizimlashtirilgan elektron resurslarning majmuidir
Axborot-kutubxona resursi — moddiy ob'yektda matn, ovozli yozuv yoki tasvir tarzida qayd etilgan hamda identifikasiyalash, saqlash va foydalanishni ta'minlash uchun rekvizitlarga ega bo'lgan axborot
Axborot-kutubxona xizmati ko'rsatish — foydalanuvchilarning axborot-kutubxona resurslaridan foydalanishini ta'minlash.
Kolleksiyalar
Elektron kutubxonalar fondi bitlarning ketma-ketligida taqdim qilingan ixtiyoriy axborotlardan iborat bo'lishi mumkin. Ba'zi hollarda bu oddiy tashuvchilardagi raqamli versiyalar (matn, grafika, musiqa, tovushli yozuvlar, chizmalar spesifikasiyalar va boshqalar) bo'lishi mumkin. Elektron kutubxonalarning rivojlanishi va kengayishi bilan ularning axborot-kutubxona fondi faqatgini raqamli nusxa emas, balki “qattiq” ekvivalenti bo'lmagan ma'lumotlardan, masalan, qurilmalardan kelib tushayotgan ma'lumotlar, kompyuter dasturlari, video o'yinlar, ma'lumotlar bazalari bo'lishi mumkin.
Qidirish
Axborotlarni qidirish – bu kutubxonalarning bosh masalasi. Foydalanuvchi - olim, shifokor yoki advokat – ma'lum bir mavzu bo'yicha axborotlarga qiziqadi va mavzu bo'yicha yig'ilgan kolleksiyadan kerakli ob'yektni topishni istaydi.
Retrokonversiya
Kutubxonalarning fundamental masalalaridan biri bu – bugungi materiallarni ertagi kun uchun uzoq muddat saqlanadigan xotira sifatida saqlashdir. Katta kutubxonalar juda ajoyib kolleksiyalarga ega, ularning ba'zi birlari o'ta muhim tarixiy faklardan iborat bo'lsa, masalan O'zbekiston Milliy kutubxonasi nodir adabiyotlar bo'limida saqlanayotgan 594 jildlik “Turkiston to'plami” o'zida Markaziy Osiy xalqlarining 20 yillik tarixi to'g'risidagi ma'lumotlarni mujassam qilgan. Bunday kolleksiyalarni raqamlashtirish, material mazmunini saqlash va ularga duyoning ixtiyoriy nuqtasidan kirish imkoniyatini yaratadi.
Juda ko'p loyihalarda elektron kutubxona mavjud qog'oz tashuvchilardagi hujjatlarni rastrli tasvirlar shakliga konversiya qilish ko'zda tutiladi. Bosma hujjatlar qatorlar bo'ylab skanerlanadi. Dastlabki tajribalarda sahifalar oq va qora nuqtalarning ketma-ketligi sifatida (300 dyuym) yozilgan bo'lsa, keyinchalik yuqori sifatli rangi tasvirlarga ishlov beradigan rangli skanerlar paydo bo'ldi.
Ma'lumotlar va metama'lumotlar
Elektron kutubxonada saqlanayotgan axborotlar ma'lumotlar va metama'lumotlarga ajratilishi mumkin.
Ma'lumotlar – bu umumiy atama bo'lib raqamli shaklda kodlashtirilgan axborotni bildiradi.
Metama'lumotlar – ma'lumotlar to'g'risidagi ma'lumotlardir. Metama'lumotlarning keng tarqalgan shakli “tavsiflovchi metamalumotlar”dir (masalan, bibliografik axborot), "tuzilmaviy metama'lumotlar" (formatlar va tuzilmalar to'g'risida axborot), i "administrativ metama'lumotlar" (tizimga kirishni boshqarishda foydalaniladigan axborotlar, masalan, kirishga ruxsat beradigan va boshqa axborotlar). Metama'lumotlarning yana bir ko'rinishi bu identifikatordir. U obyektni tashqi muhit uchun bir qiymatli aniqlaydi. Ma'lumotlar va metama'lumotlar orasidagi farq kontekstga bog'liq bo'ladi. Katalogdagi yozuv va referat meta'malumot metama'lumot hisoblanadi., ya'ni ular boshqa ma'lumotlarni tavsiflaydi, ammo ular onlaynli katalogda va referatlar bazasida ma'lumotlar deb ataladi.
Tarixiy manbalarga bag'ishlangan elektron kutubxonalarni yaratish bo'yicha jahon tajribasini tahlil qilish
XXI asrga kelib elektron kutubxonalar yanada muhim ahamiyat kasb eta boshladi.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2011-2015 yillarda axborotkommunikatsiya texnologiyalari negizida axborot-kutubxona va axborot resurs xizmatlari ko’rsatishni sifat jihatidan rivojlantirishni davom ettirish chora tadbirlari to’g’risida”gi 2011 yil 23 fevraldagi PQ-1487- sonli qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar mahkamasi qarori tarkibida elektron kutubxona to’g’risida namunaviy nizom ishlab chiqilgan bo’lib, elektron kutubxonaning vazifalari va funksiyalari, axborot-kutubxona fondini shakllantirish, elektron kutubxonal faoliyatini tashkil etish va shu kabi umumiy qoidalar belgilab o’tilgan. Ushbu namunaviy nizomga ko’ra, elektron kutubxonaning asosiy vazifalari quyidagicha:
Kitobxonlarga taqdim etish qiyin bo’lgan yoki cheklangan axborotkutubxona resurslaridan foydalanishni ta’minlash;
Faqat Elektron shaklda mavjud bo’lgan axborot-kutubxona resurslaridan foydalanishni ta’minlash;
Katta hajmli axborot bilan ishlashda foydalanuvchilarga shart-sharoitlar yaratish;
Xizmat ko’rsatishning sifati va tezkorligini oshirish, foydalanuvchilarga elektron kutubxonaning axborot-kutubxona resurslarini taqdim etish hisobiga axborot-kutubxona muassasalari xizmatlari ro’yhatini kengaytirish;
Kutubxona texnologiyalarini modernizatsiya qilish;
Elektron kutubxonaning axborot-kutubxona resurslarini jahon makoniga integratsiyalash;
Elektron axborot-kutubxona resurslarini uzoq muddat saqlash. 1991 yili Buyuk Britaniyada "Elektron kutubxona" dasturining ishga tushirilishi munosabati bilan unga dastlab "Kutubxona, elektron kutubxona 20 deyiladi, agarda uning fondidagi hujjatlaming katta qismi elektron shaklga o’tkazilgan bo'lsa" deganta'rifberilgan.
Bu ta'rifdan ko'rinadiki, to'liq avtomatlashtirilgan kutubxona "Elektron kutubxona" bo'lishi mumkin ekan. AQSh Massachuset universitetidan Vil'yam Adams o’zining kitobida EKga "Servislarga mos axborotlarning boshqariladigan kolleksiyasi, bunda axborot raqamli shaklda saqlanadi va unga kirish tarmoq orqali amalga oshiriladi" deb ta'rif bergan. Ya.L.Shrayberg o'zining kitobida elektron kutubxonaga quyidagicha ta'rif beradi: "Elektron kutubxona, bu strukturalashtirish va kirishning umumiy ideologiyasi asosida birlashtirilgan lokal yoki global elektran resurslardir". Bir necha yil avval AQSh kongressi kutubxonasi elektron kutubxona yaratish milliy dasturini amalga oshira boshladi. 1994 yildan boshlab, AQShda NSF, DARPA va NASA tashabbusi bilan Digital Libraries initiative (DLI) elektron kutubxonalar bo‘yicha tadqiqot dasturi ish boshladi. Mazkur dastur rivojining 2-bosqichida, ya’ni 1998 yildan boshlab, u yagona tarmoqlararo dasturga birlashtirildi. Bu dasturga milliy tibbiyot kutubxonasi, AQSh statistika agentligi, Milliy gumanitar fond, AQSh milliy arxivi va boshqa federal agentliklar qo‘shildi. 1995 yildan boshlab, Buyuk Britaniya milliy dasturi – ELIB amalga oshirildi. Bugungi kunda elektron kutubxonalar yaratish va ulardan foydalanish “Informatsion jamiyat texnologiyalari” dasturi doirasida KES dasturiga kiritilgan. AQSh da o‘tgan asr 80-yillarda elektron kutubxonalar (EK) yaratish bo‘yicha ish boshlangan bo‘lsa, bu ishga Buyuk Britaniyada 1990 yil boshlarida kirishildi. Rossiyada ham EK yaratish bo‘yicha tajribalar yetarli. 1995 yildan boshlab elektron resurslar va ularning dasturiy-texnik ta’minotini yaratish bilan bog‘liq loyihalar (jumladan, Internet orqali) amalga oshirila boshlandi. Elektron kutubxonalar yaratishda AQSh dagi kutubxonalar va axborot markazlari ayniqsa, faollik ko‘rsatmoqda. Loyihalar ichida salmoqlisi AQSh Kongressi kutubxonasi tomonidan amalga oshirilgan, 1995 yilda 15 ta yirik 21 universitet kutubxonasini birlashtirgan Milliy elektron kutubxonalar federatsiyasi (NDLF) loyihasi Milliy kutubxona va Amerika xotirasi loyihalari hisoblanadi. AQShda bu sohada olib borilayotgan ishlar boshqa mamlakatlarda ham shu yo‘nalishdagi tashabbuslar rivojiga turtki bo‘ldi. O‘zbekistonda kutubxonalarni avtomatlashtirish ishlari 90-yillarning o‘rtalarida “Axborotlashtirish haqida” qonun va Milliy ilmiy-texnik axborotlar tarmog‘i yaratish bo‘yicha dastur qabul qilinishi bilan boshlandi. Kutubxonalarni avtomatlashtirish ishlari O‘zbekiston Respublikasi fan va texnika davlat qo‘mitasi hamda oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. Shundan so‘ng elektron kutubxonalar va kutubxona konsorsiumlari yaratish bo‘yicha dastlabki qadamlar qo‘yildi. Fanlar akademiyasining Asosiy kutubxonasida birinchi elektron kutubxona ishga tushirildi. Bugungi kunga kelib, bir qancha rivojlangan mamlakatlarda milliy kutubxonalar zamonaviy tashkiliy ta’minotining holati uchun optimal elektron kutubxona tashkiliy ta’minot modellarini yaratish yo’lga qo’yilgan. Jumladan, Britaniya milliy kutubxonasi, Germaniya milliy kutubxonasi, Rossiya davlat kutubxonasi va Rossiya milliy kutubxonasi, AQSh Kongres kutubxonasi, Latviya milliy kutubxonasi o’zining elektron kutubxonasini yaratishda tashkiliy ta’minotni, shakl va uslublarini ishlab chiqish va elektron kutubxonalarga uchun optimal tashkiliy ta’minotni qo’llash borasida quyidagi bosqichma bosqich ishlar amalga oshirilmoqda:
kutubxona elektron katalogiga kirishni va elektron axborot-resurslarini qidiruv tizimi orqali olishni mukammal darajada rivojlantirish;
kutubxona foydalanuvchilari uchun ko’pfunksiyali kutubxona xizmatlarini kengaytirish;
axborot texnologiyalarini qo’llagan holda elektron kutubxona fondiga kirishni ta’minlash;
kutubxona xizmatlarini modernizatsiyalash;
kutubxona fondi hayotiy siklining boshqaruv tizimini rivojlantirish;
kutubxonaning “aralash”- kompleks va texnik modelini yaratish. Yuqorida sanab o’tilgan milliy kutubxonalar tashkiliy ta’minoti deyarli o’xshash bo’lib, quyidagi asosiy boshqaruv tarkibga ega:
axborot tizimlarini boshqaruvi bo’limi rahbari;
kutubxona fondlarini boshqaruvi bo’limi rahbari;
moliya va rejalashtirish ishlari bo’limi rahbari;
kitobxonlarga xizmat ko’rsatish va kutubxona fondini shakllantirish bo’limi rahbari;
maxsus fondlarni boshqaruvi bo’limi rahbari;
kutubxona tashkiliy ishlari bo’yicha rahbar;
kutubxona tashqi aloqalari boshqaruvi rahbari;
korporativ resurslarni boshqaruvi rahbari.
1.1-rasm. Ladylib.net elektron kutubxonasi
Ladylib bepul romantik romanlar kutubxonasi – Kutubxonada zamonaviy va tarixiy romantik romanlarning izohlari va ularni bepul yuklab olish imkoniyati mavjud.
1.2-rasm. Livelib.ru elektron kutubxonasi
Livelib.ru elektron kutubxonasida badiiy va maxsus adabiyotlar mavjud.
Boshqa milliy kutubxonalardan farqli ravishda Kongres kutubxonasi tashkiliy ta’minoti tarkibi quyidagi bo’limlar va boshqaruv tarkibdan iborat:
AQSh Kongres so’rovlariga xizmat ko’rsatuvchi markaz direktori;
Mualliflik huquqi ofisi direktori;
Strategik initsiativ bo’yicha bo’lim direktori;
Personalni boshqarish bo’yicha bo’lim menejeri;
Ichki infrastrukturani shakllantirish bo’limi.
Yuqorida keltirib o’tilgan tahlil natijalariga qo’shimcha tarzda, Kaliforniya elektron kutubxonasining tashkiliy ta’minotini shakl va uslublarini shakllantirish hamda yaratishda amalga oshirilgan ishlarni ko’rish mumkin.
Tarixiy romanlar va ularning klassifikatsiyasi
Roman alohida olingan shaxsni, uning xaraktyerini shakllanish, taraqqiyot va o'zini anglash jarayonlarida tasvir qiladigan epik asar. U, ayni holda, janr hamdir, insonni tip sifatida, individual tarzda, voqeani eni va bo'yiga o'stirib boruvchi goho epopeya tusini oluvchi, mufassal va chuqur ko'rsatuvchi shakl; unga ko'p temalik, ko'p planlilik, keng miqyoslilik, syujet va kompozitsiya jihatidan murakkablik xos. Roman janri jahonda, xususan, Ovro'pa va Sharqda o'ziga xos, katta takomil (evolyutsiya) davrini bosib o'tgan. O'rta asrlarda doston bilan bir katorda, eposdagi kabi voqealarni o'z ichiga olgan, qahramonlarning sarguzashtlarini, ishlarini aks ettirgan turli shakldagi nasriy asarlar maydonga keladi. Unday asarlarning G'arb mamlakatlaridagi eng avvalgi ko'rinishlaridan biri sifatida ritsarlik romanlari paydo bo'ldi. Shu tariqa jahonda, birinchi marta «roman» deb atalgan asarlar yozildi. Bu nom mazkur asarlarning dastlab roman xalqlari tillarida bunyod etilganligi bilan bog'liqdir. Unday tillar jumlasiga italyan, fransuz, ispan, portugal, rumin, moldavan, provansal, sardin, katalan tillari kiradi. Ritsarlik romanlari bilan deyarli bir davrda yozilgan avantyura romanlarida sirli xususiyatga ega bo'lgan murakkab, «chigal» voqealar yetakchilik kilgan. Mazkur yirik asarlar to'la ma'nodagi roman darajasiga ko'tarilmagan edi, chunki ularda qahramonlarning ichki olami ancha sayoz va badiiy dalillash birmuncha kuchsiz bo'lgan. Sanab o'tilgan barcha turkumlarga mansub bo'lgan asarlarda eposning ayrim belgilari saqlab qolindi. Lekin ular, yaxlit va alohida holda, epos o'rnini bosish darajasiga ko'tarila olmadi. Shu bilan birga, ularda epos o'rniga keladigan yangi janrning, ya'ni romanning qator alomatlari qaror topa boshladi. Romanda, Gegel to'g'ri payqaganidyek, «yana manfaatlar, holatlar, xarakterlar, hayotiy munosabatlarning boyligi va ko'p qirraliligi, yaxlit olamning keng manzarasi to'liq ravishda namoyon bo'ladi». Romandagi boylik va ko'p qirralilik mumtoz eposdagiga nisbatan ancha farqli bo'lgan batafsillik va sodiqlik ham badiiy kuch bilan qayta tug'iladi. Romanning sifat belgilari XVIII asrda shakllandi. Yangi eposning, ya'ni romanning alomatlari qatoriga maishiy turmushning ikir-chikirlarigacha va intim ruhiyatga beqiyos darajada e'tibor berilishi, o'ta «prozaik» hayotning realistik poeziyasini gavdalantirish, kishilar taqdiridagi qahramonlik va fojiaviylikni ochib berish kiradi. Mazmun bilan bog'liq bo'lgan bu alomatlar muqarrar ravishda novatorona shakl kashf etishni, syujyet, kompozitsiya, obrazlilik, nutq, ritm sohasida ilgari ko'rilmagan belgilar vujudga kelishini taqozo qilar edi. V.G.Belinskiy romanni vujudga keltirgan manbalar va sharoitni izohlab, quyidagilarni yozgan: «Roman, ismidan ma'lumki, ...butun fuqarolik munosabatlari, ijtimoiy, oilaviy va umuman, insoniy munosabatlar cheksiz, ko'p unsurlari bilan har taraflama o'sib ketgan bir davrda paydo bo'ldi». XVIII asrda sanab o'tilgan qator manbalar ta'sirida, ularning muhim belgilarini, shuningdyek, mumtoz eposning asosiy alomatlarini o'zida mujassamlashtirgan holda, tom ma'nodagi haqiqiy roman maydonga keldi. Adabiyotshunoslikda aytilishicha, uning dastlabki namunasi yozuvchi Antuan Prevoning «Kavaler de Grie va Manon Lesko tarixi» deb nomli asari hisoblanadi. Keyinchalik «Manon Lesko» deb atalib kelgan bu roman birinchi marta 1731 yilda Angliyada, 1733 yili esa Fransiyada bosilib chiqqan. Unda Prevo o'z davrining ruhini, dunyoqarashini, ruhiyatini yangi shaklda jonlantirib berdi va keyinchalik roman janri uchun muhim bo'lib qoladigan «o'rtamiyona» xarakterlarni ro'yobga chiqardi. Romanda voqea-hodisalar bilan psixologizm uyg'unlashgan holda yuzaga chiqdi. Kisqasi, «Manon Lesko»da roman janrining keyinchalik yanada rivojlanadigan zarur xususiyatlari birinchi marta jamlangan holda namoyon bo'ldi. Mashxur fransuz yozuvchisi Mopassan bu asarni «hozirgi zamon romanining jozibador shakli», deb atagan edi. Roman janri Prevo asaridan so'ng to fransuz burjua inqilobigacha (1789) va romantizm davridan G'arb adabiyotida yetakchi o'ringa chiqadi. V. G.Belinskiy shuni ko'zda tutib, romanni «zamonamizning epopeyasi», deb ataydi va bu janrning alomatlarini quyidagicha ta'riflaydi: «Eposning hamma asosi, muhim xususiyatlari romanda bordir, faqat ayirmasi shundaki, roman-da boshqa unsurlar, boshqa manzara xukm suradi. Bunda qahramonlik hayotining afsonaviy o'lchovlari, qahra-monlarning azamat siymolari yo'q, bunda xudolar ishtirok qilmaydi; romanda odatdagi, prozaik hayotning hodisalari ideallashtiriladi, umumiy tip ostiga olinadi. Roman o'z mazmuni uchun yo tarixiy voqeani olib, uning sohasida, eposdagi kabi, qanday bo'lmasin bir xususiy voqeani kengaytirishi mumkin... yoki roman hayotni musbat voqelikda, uning haqiqiy holatida olishi mumkin. Bu, umuman, yangi san'atning huquqidir, bunda xususiy odamning taqdiri uning jamiyatiga nis-batan muhim bo'lib qolmasdan balki kishilikka ham muhimdir». V. G. Belinskiy «yangi san'at» deganda, realistik san'atni ko'zda tutadi va uning belgilari romanda hammadan ko'ra yaqqolroq namoyon bo'lishini ta'kidlaydi. «Manon Lesko» romanida ham realizmning muhim xususiyatlari, xdyotni aks ettirishdagi qoidalari ko'zga aniq tashlanadi. Avvalo, unda hayot keng ko'lamda qamrab olinadi, eng kichik detallar, ruhiy o'zgarishlar ham e'tibordan chetda qoldirilmaydi. Bu hol romanda realizmning hayotni universal tarzda, atroflicha aks ettirish yo'li mavjudligidan guvoxlik beradi. Ikkinchidan, Prevo romanidagi qahramonlar, voqealar muayyan bir davrga, sharoitga mansubligi, o'sha sharoit va davrning haroratini o'zida mujassamlashtirganligi bilan ajralib turadi. Mana shunday tarixiy aniqlik, haqqoniylik ilgarigi adabiyotlarda bu qadar ravshan ko'rinmagan edi. Demak, romanda realistik usulning tarixiylik qoidasi o'zining butun ko'lami va anikdigi bilan yuzaga chiqadi. Uchinchidan, «Manon Lesko» asarida, aytganimizdek, qahramonlarning ruhiy dunyosi, his-tuyg'ulari keng aks ettirildi; ruhiyat avvalgi adabiyotlarda ham bor edi. Ammo romanda realizmning ruhiy taxlil tartibi avvalgi adabiyotlardagiga nisbatan boshqacha tarzda namoyon bo'ladi. Romanda ruhiy holatlar o'zaro bog'liq holda ko'rsatilsa, uni vujudga keltirgan hamda uning oqibatida sodir bo'ladigan o'zgarishlar ham tasvir etiladi. Natijada, xarakterlar rivoji yozuvchi xohishi boshqaruvida emas, balki turmush qonuniyatlari boshqaruvida ro'y byeradi. Romanda xarakter go'yo o'z-o'zidan rivojlanadi; uning taraqqiysi faqatgina ruhiy holatlar bilan dalillanmaydi, balki turli ijtimoiy hodisalar, turmushdagi voqea-lar, kichik shtrixlar chiziqlar), detallar bilan ham bog'lanadi. Bu voqea-hodisalarning o'zi ham bir-biri bilan chambarchas bog'langan, biri ikkinchisidan kelib chiqqan yoki navbatdagisini tayyorlagan bo'ladi. Demak, romandagi xarakterlar muayyan sharoitning mahsuli va sharoit ta'sirida rivojlanib boradi. Shu bilan birga, ular sharoitga ham aks ta'sir ko'rsata-di, unda o'zgarishlar yasaydi. Sharoitdagi o'zgarishlar o'z navbatida yana xarakter rivojiga, voqealar oqimi-ga ta'sir kiladi. Natijada, romandagi xarakter va voqealar rivojining davomi bordek, hayotdagi kabi uzluksizdek tuyuladi. Shu tarika romanda xarakterlar va voqealar rivojidagi hamma halqalar o'zaro bog'lan-gan, hayot qonuniyatlari qamrovida pishiq isbotlangan, sharoit va xarakter, jamiyat va inson dialektikasi vujudga keltirilgan bo'ladi. Tasvirning bu tartibda qurilishi esa realistik usulning juda muxim qoidalaridan biri bo'lgan ijtimoiy va ruhiy determinizm tartib-qoidasi (narsa va hodisalarning sababiy bog'lanishlari)ni tashkil kiladi. Realizm romanning ishontirish kuchini, ta'sirchanligini, tarbiyaviy quvvatini, ijtimoiy-estetik kimmatini oshiradi, ravnaqiga, takomillashuviga keng yo'l ochadi. «Manon Lesko» yozilgungacha, ya'ni XVIII asrning 30-yillarigacha bo'lgan davr roman janrining shakllanish bosqichidir. «Manon Lesko»dan esa roman janrining yetuklik davri boshlanadi. Bu davrda roman to'la ma'nodagi epik janr sifatida adabiyotda yetakchi o'ringa chiqadi. Xuddi shu davrda roman janrining qator o'ziga xos ko'rinishlari maydonga keladi. Svift ijodida satirik, Valter Skott ijodida tarixiy, Volter ijodida falsafiy, utopik romanlar tarkib topgan. Ma'lumki, XVIII asr oxiri va XIX boshlarida G'arbiy Yevropada ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy hayotda jiddiy o'zgarishlar, inqiloblar, noturg'unliklar sodir bo'ldi. Shu bilan bog'liq holda roman tarixida o'ziga xos tanaffus kelib chiqdi. XIX asrning 30-yillari o'rtalaridan esa bu janr gurkirab rivojlanish davriga kiradi, ya'ni roman taraqqiyotining ikkinchi bosqichi boshlanadi. Xuddi shu davrda buyuk yozuvchi Balzakning «Insoniy komyediya»si turkumiga kiruvchi mashxur romanlari, Stendal, Dikkens, Tekkereyning jahon adabiyotida nodir namunalar bo'lib qolgan, mazkur janrga mansub bo'lgan asarlari maydonga keladi. Mazkur asarlarning avvalgi bosqichdagi romanlardan farqi shundaki, ularda realizm yanada to'liqroq, yorqinroq, o'rinliroq bo'ladi. XIX asr romanida realizmning yorqin namoyon bo'lishi mazkur usulning hayotni ob'yektiv aks ettirish yo'li yaqqol yuzaga chiqqanligi bilan izohlanadi. Buni realizmning... muallif xohishiga bog'liq bo'lmagan holda ko'rinishi, deb ta'riflab kelinadi. Ob'ektivlik hayotni haqqoniy tarzda, jamiyat, tabiat, tafakkur taraqqiyoti qonuniyatlari ko'lamida ishonarli aks ettirish imkonini beradiki, bu narsa romanning ijtimoiy-estetik ahamiyatini yanada oshiradi. Ob'yektivlik muallifning romandagi voqealarga xolis munosabatda bo'lishini, ularga hadeb aralashavermasligini, hikoya bayonini go'yo chetdan turib kuzatishini taqozo qiladi. Roman taraqqiyoti XIX asr oxirlariga kelib, G'arbiy Ovro'pada turli sabablarga ko'ra susayadi, realizmi zaiflashadi. Ammo Rossiyada, ayniqsa, L.N.Tolstoy, F.M.Dostoyevskiylar ijodida butunlay yangi tipdagi roman shakllanadi. Bu bilan mazkur janr taraqqiyotida navbatdagi tarixiy davr ochiladi, rus romani orqali cho'qqiga ko'tariladi. Tolstoy va Dostoyevskiy romanlarining xususiyatlaridan biri shundaki, ularda yozuvchilar insonning kundalik, maishiy, shu bilan birga o'ta shaxsiy kechinmalarida va harakatlarida ulkan, umumbashariy, olamshumul mazmunni aks ettira oldilar. Dostoyevskiy bunga «Jinoyat va jazo» singari polifonik, ya'ni ijtimoiy va shaxsiy sabablar, ko'plab onglar, tafakkurlar, ovozlar chambarchas birlashib ketgan roman yozish orqali erishdi. Lev Tolstoy esa o'zining «Urush va tinchlik» asari bilan jahon adabiyotida hali bo'lmagan roman-epopeyani kashf etib, unda «hamma narsani» qamrab olishga intildi. «Urush va tinchlik» romanida avvalgi yirik asarlardan farqli holda makon va zamon ham, xalq tarixi va inson qalbining «dialektikasi» ham misli ko'rilmagan darajada keng hamda yaxlit holda qayta yaratildi. Shuningdek, bu romanda katta hayotiy materialni, ko'plab syujyet chiziqlarini bir butun holda mujassamlashtirishga imkon beruvchi o'ziga xos kompozitsiya, uslub topilgan edi. Romandagi badiiy til esa, uzun-uzun gaplar asosiga qurilgan bo'lsa-da, ortiqchaliklardan xoliligi, mazmundorligi, hissiy ahamiyatga egaligi bilan xarakterlanadi. L.Tolstoy va F.Dostoyevskiylarning badiiy kashfiyoti XX asr jahon romani taraqqiyotiga barakali ta'sir ko'rsatdi. Roman atamasi Ovro'pada XII—XIII asrlarda yuzaga keldi. XV—XVI asrlardan boshlab, kitob nashr qilindi. Bu «Don Kixot» davri edi. So'ng roman sevgi sarguzashtlariga aylandi, XVIII—XIX asrlardan boshlab, romanlarga individual inson va jamiyat aloqasi kirib keldi. Roman janri ildizlari Sharqda: Eron, Xitoy, Yaponiya va Arabistonda juda kadimgi davrlarga borib taqaladi. Ko'pchilik Sharq mamlakatlari Ovro'pa tipidagi realistik roman shakliga XIX asrning ikkinchi yarmidan o'tdi, ammo o'ziga xos sharqonalikni saqlab O'zbek romanining manbalari hayot, uzbek va turkiy xalqlar folklori, jahon adabiyoti ham rus tajribasi, o'zbek mumtoz adabiyoti edi. Qo'shni qardosh xalqlar adabiyoti ham bundan mustasno emas. O'zbek romani folklordan epiklik va «tasvirdagi tormozlanish»ni oldi, mumtoz adabiyotdagi, ya'ni romantizm qobig'idagi realizmdan foydalandi. (Chunki romantizm o'zbek adabiyotida uzoq yashadi). Bu hol Alishyer Navoiyning «doston» deb atalgan she'riy romanlari uchun ham xos edi. Haqiqatan, Sharq adabiyotida XIX asrgacha «roman» o'rnida «doston» kelgan. V.M.Jirmunskiy va H.Zaripov «O'zbek xalq qahramonlik eposi» kitobida «Kuntug'mish», «Ravshan», «Orzigul», «Shirin va Shakar», «Rustamxon» kabi xalq og'zaki dostonlarini «xalq kitoblari», «xalq romanlari» deb atagan. O'zbek adabiyotida realistik roman janri XX asr avvalida shakllana boshladi. Uning atamasi, ayrim belgilari, xususan, hayotning keng ko'lamda qamrab olish, inson ruhiy olamini ochib berish singari alomatlari Hamzaning «Yangi saodat», M.Shermuhammedovning «Befarzand Ochildiboy» asarlarida ko'zga tashlanadi. O'zbek adabiyotida to'la ma'nodagi roman janri 20-yillarda maydonga keldi. Roman janrining xususiyatlari o'zbek adabiyotida ilk bor yozuvchi Abdulla Qodiriyning «O'tkan kunlar» asarida jamlangan holda ko'zga tashlandi. O'zbek romanchiligi Abdulla Qodiriy romanlari bilan shakllandi va rivoj yo'liga o'tdi, bayonchiliqdan badiiy tadqiqotga aylandi. Jahon adabiyotidagi eng yaxshi an'analar asosida yozilgan bu asar to'la ma'nodagi birinchi o'zbek romanidir. Unda muayyan tarixiy voqelik, kishilarning ruhiy olami, dunyoqarashi, o'zaro munosabatlari, kurashlari keng ko'lamda, yaxlit holda qamrab olingan, ob'yektiv tarzda yoritilgan va shu yo'l bilan yangi zamon uchun qimmatli, muhim milliy g'oya ilgari surilgan edi. Tarixiy romanda tarixiy shaxs bosh qahramon bo'lmasligi mumkin. Tarixchi nima bo'lganini, tarixiy romanni qanday bo'lganini yozadi. Tarixiy romanda voqeaga zamonaviy qarash ham kiradi, kelgusi ham ruhan aks etadi, ammo syujet tarixiy bo'ladi. Tarixiy roman zamonga xizmat qilishi shart, unda tarixchi, yozuvchi va tarix birlashadi. O'zbek romani taraqqiyotini ikki davrga bo'lish mumkin. Birinchi davr o'z ichiga «O'tkan kunlar», «Mehrobdan chayon» yozilgan paytdan, ya'ni 20-yillardan 1945 yillarga, aniqrog'i, Oybekning kamolga yetgan «Navoiy»(1945) romani bitilgungacha o'tgan muddatni oladi. Bu davrda Abdulla Qahhorning psixologizmga suyangan «Sarob» (1934), Husayn Shamsning «Dushman» (1934), «Huquq» (1935) singari zamonaviy mavzudagi romanlari, S.Ayniyning «Doxunda» (1932) romani, «Qullar» (1934) epopeyasi dunyoga kelgan bo'lsada, tarixiy mavzularga va o'tmish hayotni chuqur aks ettirishga e'tibor kuchli bo'ldi. Xuddi shu sohada, ya'ni tarixiy mavzuni va o'tmish hayotini aks ettirish borasida o'zbek romani taraqqiyotining dastlabki bosqichida jiddiy muvaffaqiyatlar qo'lga kiritildi. Cho'lponning «Kecha va kunduz» (1936), Oybekning «Qutlug' qon» (1939) romani fikrimizning yorqin dalili bo'la oladi. Roman 30-yillardan yetakchi janrga aylana boshladi. O'zbek romani taraqqiyotining ikkinchi davri urushdan keyingi yillarni o'z ichiga oladi. Bu davr o'zbek romanida zamonaviy mavzu tomon jiddiy burilish ko'zga tashlanadi. Romannavislarimiz zamonaviy mavzuni yorqinroq va chuqurroq yoritish maqsadida yangi-yangi shakllar topishga, turli tasviriy vositalardan o'ziga xos tarzda foydalanishga, badiiy kashfiyotlar qilishga intildilar. Shu intilishning eng yaxshi samaralari sifatida Parda Tursunning «O'qituvchi» (1953), Asqad Muxtorning «Opa-singillar» (1955), «Chinor», Odil Yoqubovning «Diyonat» kabi romanlari vujudga kyeldi. Bu davrda tarixiy mavzuni, o'tmish hayotini aks ettirish borasida ham muayyan yutuqlar qo'lga kiritildi. Unday yutuqlar jumlasiga Odil Yoqubovning «Ulug'bek xazinasi», «Ko'hna dunyo», Pirimqul Qodirovning «Yulduzli tunlar» singari romanlarini kiritish mumkin. Oybekning «Oltin vodiydan shabadalar» (1949), Abdulla Qahhorning «Qo'shchinor chiroqlari» (1951), P.Qodirovning «Uch ildiz» (1958), «Qora ko'zlar» (1966), Ibrohim Rahimning «Taqdir» (1963), Shuhratning «Oltin zanglamas» kabi romanlari yuzaga keldi. «Ufq», «Er boshiga ish tushsa», «Toshkentliklar» romanlari g'alaba garovi bo'lgan front orqasidagi mehnatga bag'ishlandi. Bizda harbiy romanlar 50-yillarning yarmidan yozila boshladi. Romanlar sifati yaxshilandi, murakkab qahramon ko'paydi. Obrazlar intellektual jihatdan o'sdi, garmonik taraqqiy etdi. Odil Yoqubov «Ulug'byek xazinasi» romanini 1973 yili yozib tugalladi. Bu paytlarda iqtisodiy turg'unlik hukm sursa-da, «dohiy» shaxsga sig'inish fosh qilinib, «muzlik» eriy boshlagan edi. Bungacha qardosh xalqlarda, o'zimizda ham tarixiy romanchilik sohasida ulkan namunalar yaratilgandi. Oybekning «Navoiy» romani (1944), M.Avezovning 50-yillarda yozilgan to'rt kitobdan iborat «Abay yo'li» epopeyasi va P.Qodirovning Bobur haqidagi «Yulduzli tunlar» romani shu jumladandir. Roman boshidan ayon bo'ladiki, Qozizoda Rumiy Ulug'bekning, Ulug'bek esa Ali Qushchining, Ali Qushchi Qalandar Qarnoqiyning ustozidir. Ulug'bek bunday olimlar ishtirokida o'ziga xos akademiya tashkil qilganligi tarixdan ma'lum. Qirq yil Movarounnahrga hukmronlik qilgan Ulug'bek ko'proq tinchlik o'rnatishga, shu orqali iqtisod va madaniyatni rivojlantirishga e'tibor bergan. 1-qismning 2-bo'lagidayoq, shayx Nizomiddin Xomush boshliq ba'zi ruhoniylar Ulug'bek rahbarlik qilgan olimlarni «daxriylar», deb ataydi. Ulug'bekning o'g'li Abdullatif esa «dahriy», otasiga qarshi Samarqandga taxdid solib kelayotgan qo'shini bilan hujumga o'tganligi ayon bo'ladi, ilm va jaholat o'rtasida murosasiz ziddiyat kelib chiqadi. Ulug'bekning o'g'illaridan biri bo'lgan Abdulaziz Ibrohimbekning o'g'lini qatl ettirib, uning go'zal xotini Xurshida Bonuni tortib oladi va haramga keltiradi. Xurshida bonu Ulug'bekning shogirdi — Muhiddinning qizi edi, u ham o'z ustozidan yuz o'giradi va Abdullatif tomoniga o'tadi. Ulug'bekning ikkala o'g'li ham o'z otasiga qarshi oyoqqa turadi. Abdullatifning o'z otasiga e'tirozlari shunda ediki, Ulug'bek uni yoshligida otasi Shoxruh Mirzo va onasi Gavharshod begim tarbiyasiga bergan edi, Gavharshodbyegim esa Abdullatifni yoqtirmagan. Janglar-dan birida Abdullatif ham mardlik ko'rsatgan, ammo Ulug'bek Abdulazizni Muzaffar deb tan olgan. Ulug'bek Abdullatifning bobosidan tekkan mulkini davlat ixtiyoriga o'tkazgan. Shu sababli, Abdullatif otaga qarshi diniy ig'vo uyushtirishda ruhoniylarni ko'lga oladi, Ulug'bekning rasadxona va kutubxona qurishi, ilmu ma'rifatni, dunyoviy fanlarni ravnaq toptirishidan ig'vogarlik maqsadida foydalanadi. Ulug'bek esa kelgusi avlod undan yuz o'girishi va ota-o'g'il taxt talashdi, deyishlaridan cho'chiydi (Shoxruh Mirzo vafot etgach, xotini Gavharshod byegim xukumatni qo'lga olgan, nizoni avj oldirgan edi). Har ikki tomonni bir-biriga qarshi qo'ygan kuchli ziddiyat voqeaning rivojlanishiga sabab bo'ladi. Abdulaziz momosi Gavharshod begim qo'lida tarbiyalangan, afsuski oxir uni hibsga oladi. Abdulaziz Keshni bosib oladi, Abdullatif uni, o'z inisini qatl ettiradi. Ulug'bek voqealar keskinlashgach, o'z shogirdi Ali Qushchiga o'z xazinasini (yer ostiga tushib) birma-bir ko'rsatadi va oltinlaridan berib, o'z asarlari va boshqa kitoblarni yashirishni vasiyat qiladi. Ali Qushchi va uning shogirdi Qalandar Qarnoqiy, Ulug'bek vasiyatiga ko'ra, kitoblarni bir g'orga yashiradi. O'zaro iqtisodiy, siyosiy va diniy bahs ham kelishmovchilik kurash va raqobatni kuchaytira borib, oxir tomonlarni ayovsiz, ochiq olishuv domiga tortadi, hayot-mamot jangi boshlanadi. Har ikki guruhning moxiyati Ulug'bekning o'z o'g'li Abdullatif bilan o'zaro to'qnashuvida teran ochiladi. Bu to'qnashuv keskinlik va jiddiylikda qariyb Xisrav bilan Farhodning bahsiga o'xshaydi, ota va o'g'ilning har biri inson sifatida kimligini oshkor qiladi: — Shahzodai juvonbaxt!... Bu taxt senga nasib bo'libdi, men bunga roziman... — Balli sizga, qiblagoh! Va lekin men bu taxtni sizning ixtiyoringiz bilan emas, birlamchi Xaq taoloning inoyati, ikkilamchi o'z kuch-qudratim ila qo'lga kiritdim!... — Duom budir, shahzoda: Bu toju taxt hech bir kimsaga vafo qilgan emas. Sen tugul bobong Amir Temurga ham... — Suhbatdan muddaongiz shu bo'lsa, men bunday nasihatlarga muhtoj emasman! — O'z padaringni Movarounnahr sarhadidan haydamoqni niyat qilibsen... — Men ulamoyi kiromlarning fatvosiga qarshi borolmasmen... — Sabab? — Sababi... fatvoi ulamo — muhri Xudodir! — Sohibi toj so'zi va ulamoyi kiromlar uchun vojib ul-imtisoldir. Otangga yolg'iz rasadxonani in'om etsang bas! — Tag'in rasadxona! Tag'in Ziji Ko'ragoniy, mudarris dastorini o'ragan barcha murtadlarni qanotingiz ostiga olib, din peshvolarini oyoq osti qilmishsiz! Bul uchun Haq taoloning qahriga... uchrab taxtu tojdan... ayrilmishsiz... — Buni yolg'iz Tangri taolo biladur! — Kofiru dahriylar makoni rasadxonaga o't qo'yaman, o't! — Shahzoda! Fozilu fuzalo qorong'ida adashib yurgan bashariyatning yo'lidagi yorug' mash'aldur! — Tarnob jangida jonbozlik ko'rsatgan kim? Men! Ammo Muzaffar yorlig'i kimning nomiga bitildi? Suyukli farzandingiz — Abdulaziz... — Abdulaziz jigargo'shangdur... — Temurdan qolgan tillalarimni tortib olgan kim?.. Amir Temur oltinlarini qayga yashirdingiz?... — Qaysi tillalarni aytasan? — Men bobom Amir Temur Qohirayu Damashqdan, Bag'dodu Hinddan olib kelgan javohirlarni, oltin zebu ziynatlarni aytamen! Qayda bu boylik? Ali Qushchi qayda? — Qaydan bilay... yolg'iz tilagim ilm yo'lida otang qilgan ishlarga, uning shogird va ustozlariga tegmagaysan. Tegsang... ota qarg'ishiga uchrab, toabad badnom bo'lursen!.. Ota rozi — Xudo rozi, yodingda bo'lsin». Biz bu muloqotni roman matni asosida tuzdik. Ulug'bek — ilmparvar shoh, oru nomusli inson. Abdullatif esa qo'pol, johil, amalparast, o'z otasidan ayb qidirishdan uyalmaydigan noqobil farzand. Shunday otasi borligi bilan faxrlanish unga yot. Uning o'z otasiga qarshi uyushtirilgan fitnada qo'li bor, o'z otasiga qarshi qaratilgan suiqasdda qatnashadi, pastkash tip, fitnachilar qo'lida o'yinchoq va qurbon bo'ladi. Asarda o'zaro nizo temuriylar saltanatiga raxna sol-gan yovuz kuch sifatida realistik va haqqoniy ko'rsatilgan. Shayx Nizomiddin Xomush — Ulug'bekka qarshi qaratilgan mislsiz fitna tashkilotchilaridan biri, u Ulug'bekni dunyoviy bilimlarga berilishda, rasadxona qurish va turli dunyoviy kitoblarni to'plashda aybladi. Uningcha, Ali Qushchi Ulug'bekni to'g'ri yo'ldan ozdirgan, Temurdan qolgan oltinu javohirlarni va Ulug'bek yig'ib kelgan kitoblarni yashirgan. Uni bu sirdan Ulug'bekning shogirdi Muxiddin va uning otasi Salohiddin zargar voqif qiladi. Chunki Ali Qushchi kitoblarni yashirish uchun Muhiddindan yordam so'ragan, ammo Muxiddin unamagan. Oxirgi natijalar shuki, Ulug'bekning shogirdi Muhiddin qizi Xurshidabonu ko'rgan kulfatlar va oru nomus tufayli jinni bo'lib qoladi. Qalandar Qarnoqiy Xurshidabonuni olib ketadi va unga uylanadi. U Ali Qushchini soxta buyruq bilan zindondan ozod qilgan dovyurak, sodiq shogirddir. Amir Jondor va «Qashqir» yasovul Xurshidabonuni olib qochadi, Qarnoqiy buni ko'rib, «Qashqir»ni o'ldiradi, ammo Amir Jondorning yoyi o'qidan o'ladi, buni ko'rgan Xurshidabonu og'u ichadi. Ali Qushchi va Miram Chalabay Ulug'bek vasiyat qilgan qirq qop noyob kitobni Urgutdagi tog' g'origa yashiradi. Abdullatif esa kutubxona va rasadxonaga qulf soladi, madrasani yopadi; Shayx Nizomiddin Xomush rasadxona yonida kitoblarni yondiradi. Sayid Abbos, Ulug'bek otamni nohaq o'ldirgan, deb xun talab qilib keladi, hajga yuborilgan Ulug'bek ketidan boradi va o'ldiradi. Niqobli Amir Jondor va Bobo Husayn Bahodir Abdullatifni o'ldiradi. Ali Qushchi esa eng zarur kitoblarni olib xorijga ketadi.