10
Investitsiyalar xususiy sektor va davlat tomonidan mamlakat ichkarisida va
uning tashqarisida turli ishlab chiqarishlarga va qimmatbaho qog`ozlarga (aktsiyalar,
obligatsiyalar)
qo`yilishi
mumkin.
Investitsiyalar
yalpi
va
sof
investitsiyalargaajratiladi. Yalpi investitsiyalar – bu ishlab chiqarish vositalarining
iste`mol qilingan qismini qoplash hamda ularni qo`shimcha o`sishi maqsadida ishlab
chiqarish jamg`armalari va aholi mablag‘`lari qo`yilmalaridir. Boshqacha so`z bilan
aytganda, yalpi investitsiyalar o`z ichiga amortizatsiya
va sof investitsiyalarni
qo`shadi. Sof investitsiyalarni aniqlash uchun yalpi investitsiyalardan amortizatsiya
ajratiladi.
Yalpi investitsiyalar va amortizatsiya o`rtasidagi nisbatga qarab iqtisodiyotning
ahvoli qanday ekanligini, ya`ni yuksalish, yo turg`unlik yoki pasayish davrini
boshidan kechirayotganligini aniqlash mumkin. Agarda,
yalpi investitsiyalar
amortizatsiyadan ortiq, ya`ni sof investitsiya yuqori bo`lsa, iqtisodiyot yuksalishda
bo`ladi, chunki uning ishlab chiqarish quvvatlari o`sadi.
Yalpi investitsiya va amortizatsiya bir-biriga teng bo`lgan chog`da iqtisodiyot
turg`unlik holatida bo`ladi
. Bu vaziyatda sof investitsiyalar nolga barobar va iqtisod
shu yilda qancha kapital iste`mol qilgan bo`lsa, uni qoplash uchun shuncha ishlab
chiqaradi.Ishchan faollik pasayib borayotgan iqtisodiyotuchun (asegnatsiya holati)
yalpi investitsiyalar amortizatsiyadan kam bo`lgan
holdagi vaziyat xosdir, ya`ni
iqtisodiyotda yil davomida kapital ishlab chiqarilganiga nisbatan ko`proq iste`mol
qilinadi. Bunday holatda sof investitsiyalar ishorasi manfiy bo`lib, uning mutlaq
qisqarishini bildiradi. Natijada, yil oxirida kapital hajmi yil boshidagiga qaraganda
kam bo`ladi.
Xorijiy investitsiyalar - bu chet el investorlari
tomonidan yuqori darajada
daromad olish, samaraga erishish maqsadida mutloq boshqa davlat iqtisodiyotining,
tadbirkorlik va boshqa faoliyatlariga safarbar etadigan barcha mulkiy, moliyaviy,
intellektual boyliklaridir. Xorijiy investitsiyalari ichki investitsiyalardan farqli holda
tashqi moliyalashtirish manbaiga kiradi. Xorijiy investitsiyalarning ichki
investitsiyalardan farqi shundaki, ularda investor boshqa mamlakat fuqarosi bo‘ladi.
Iqtisodiy mazmuniga ko`ra xorijiy investitsiyalar ssuda kapitali (ya`ni
qarz va
11
kredit), xamda bevosita va portfel‘ investitsiyalarga bulinadi. Investitsiyalar nimaga
yo‘naltirilganligi ular kaysi xorijiy investitsiya turiga kirishini belgilaydi.
Dostları ilə paylaş: