Ikkinchi
bob
O‘zbekiston
iqtisodiyotini
rivojlantirishda
xorijiy
investitsiyalarning ahamiyati va uning hozirgi holatining tahliliga bag‘ishlangan
bo‘lib, unda mamlakatimining makroiqtisodiy investitsion faoliyati tahlili,
shuningdek, xalqaro moliya institutlari va rivojlanish tashkilotlari bilan hamkorligi
bayon etilgan.
Uchinchi bob ―Mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda xorijiy
investitsiyalarning o‘rni‖ mavzusini o‘qitishning texnologik modelini yaratish deb
nomlanib, unda ushbu mavzu bo‘yicha ma‘ruza o‘qish texnologiyasi va amaliy
mashg‘ulotlarni tashkil etishning texnologik modeli keltirilgan.
Xulosa va takliflar qismida ishga yakuniy, umumlashtiruvchi xulosalar
berilib, tegishli takliflar kiritilgan.
7
I BOB: XORIJIY
INVESTITSIYALARNING
MOHIYATI VA JALB QILISH
SABABLARI.
8
1.1 Xorijiy investitsiyalarning mohiyati, turlari va
investitsiyalashga ta’sir etuvchi omillar.
«Investitsiya» atamasi lotin tilidagi «invest» so`zidan kelib chiqqan bo`lib
«qo`yish», «mablag‘`ni safarbar etish», «kapital qo`yilmasi» ma`nosini beradi. Keng
ma`noda investitsiya mablag‘`ni ko`paytirib va qaytarib olish maqsadida kapitalni
safarbar etishni bildiradi. Ko`pgina hollarda «investitsiya» tushunchasi iqtisodiy va
boshqa faoliyat ob`ektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne`matlar hamda
ularga doir huquqlar tarzida ta`riflanadi. Investitsiya deganda barcha turdagi milliy
va intelektual boyliklar tushunilib, ular tadbirkorlik faoliyati ob`ektlariga
yo`naltirilib daromad keltirishi yoki biror-bir ijobiy samaraga erishishi zarur.
Investitsiya kiritishdan asosiy maqsad daromad olish va ijobiy - ijtimoiy samaraga
erishishdir.
O`zbekiston Respublikasida investitsiya xususida qonuniy hujjatlar 1991 yildan
boshlab qabul qilindi va o`tgan vaqt ichida ular ancha takomillashtirildi. Investitsiya
to`g`risida O`zbekiston Respublikasida qabul qilingan qonunda ko`rsatilishicha,
investitsiya bu iqtisodiy samara (foyda, daromad) olish yoki ijobiy ijtimoiy natijaga
erishish uchun sarflanadigan pul mablag‘`lari, banklarga qo`yilgan omonatlar,
paylar, qimmatli qog`ozlar (aktsiya, obligatsiyalar), texnologiyalar, mashinalar
asbob-uskunalar, litsenziyalar va samara beradigan boshqa har qanday boyliklardir.
Bu iqtisodiy ta`rif investitsiyaning bozor iqtisodiyoti sharoitida to`laligicha faoliyat
ko`rsatishini aniq tasdiqlaydi. Jumladan, unda, birinchidan, investitsiyaning
o`ziga va investitsiya faoliyatining ob`ektlariga keng ta`rif berilgan; ikkinchidan,
investitsiyaning bevosita iqtisodiy va ijtimoiy samara olishga muqarrar bog`liqligi
ta`kidlab o`tilgan.
Xorijiy mamlakatlarning tajribasi va investitsiya to`g`risida o`zimizda qabul
qilingan qonunlarning tahlilidan kelib chiqib, investitsiyaning shartli ravishda uchta
turini ajratish mumkin:
|