1-chizma
Bozor iqtisodiyoti sharoitida shar bir investitsiya turining o`ziga xos o`rni
bo`ladi. Moliyaviy investitsiyalar tarkibiga mashalliy va xorijiy mamlakatlarning pul
birliklari, banklardagi omonatlar, depozit sertifikatlar, aktsiyalar, obligatsiyalar,
veksel‘‘lar va boshqa qimmatli qog`ozlar shamda tenglashtirilgan boyliklar kiradi.
Moddiy investitsiyalar tarkibiga asosiy fondlar, ya`ni binolar, asbob-uskunalar,
inshootlar, kommunikatsiyalar va boshqa turdagi asosiy ishlab chiqarish
fondlarining aktiv va passiv qismlari kiradi.
Aqliy (intellektual) investitsiyalar miqdori juda rang-barangdir, ya`ni ular
mulkiy shuquqlar shaklidagi investitsiyalar aqliy meshnatga oid shakldagi
investitsiyalar va tabiiy resurslardan foydalanish shaklidagi investitsiyalardan
iborat. Mulkiy huquqlar guruhiga kiradigan investitsiyalarning xillari bozor
munosabatlarining nechog`lik rivojlanganligiga, milliy bozorlarning o`ziga xos
tomonlariga qarab har xil bo`ladi. Aqliy mehnatga oid haq-huquqlar shaklidagi
investitsiyalar tarkibiga mualliflik huquqlari, ―nou-xau‖, kashfiyotlar, tovar
belgilariga beriladigan litsenziyalar va boshqa xil egalik huquqlari kiradi.
Investitsiya
turlari
aqliy
(intellektual)
moddiy
moliyaviy
10
Investitsiyalar xususiy sektor va davlat tomonidan mamlakat ichkarisida va
uning tashqarisida turli ishlab chiqarishlarga va qimmatbaho qog`ozlarga (aktsiyalar,
obligatsiyalar)
qo`yilishi
mumkin.
Investitsiyalar
yalpi
va
sof
investitsiyalargaajratiladi. Yalpi investitsiyalar – bu ishlab chiqarish vositalarining
iste`mol qilingan qismini qoplash hamda ularni qo`shimcha o`sishi maqsadida ishlab
chiqarish jamg`armalari va aholi mablag‘`lari qo`yilmalaridir. Boshqacha so`z bilan
aytganda, yalpi investitsiyalar o`z ichiga amortizatsiya va sof investitsiyalarni
qo`shadi. Sof investitsiyalarni aniqlash uchun yalpi investitsiyalardan amortizatsiya
ajratiladi.
Yalpi investitsiyalar va amortizatsiya o`rtasidagi nisbatga qarab iqtisodiyotning
ahvoli qanday ekanligini, ya`ni yuksalish, yo turg`unlik yoki pasayish davrini
boshidan kechirayotganligini aniqlash mumkin. Agarda, yalpi investitsiyalar
amortizatsiyadan ortiq, ya`ni sof investitsiya yuqori bo`lsa, iqtisodiyot yuksalishda
bo`ladi, chunki uning ishlab chiqarish quvvatlari o`sadi.
Yalpi investitsiya va amortizatsiya bir-biriga teng bo`lgan chog`da iqtisodiyot
turg`unlik holatida bo`ladi. Bu vaziyatda sof investitsiyalar nolga barobar va iqtisod
shu yilda qancha kapital iste`mol qilgan bo`lsa, uni qoplash uchun shuncha ishlab
chiqaradi.Ishchan faollik pasayib borayotgan iqtisodiyotuchun (asegnatsiya holati)
yalpi investitsiyalar amortizatsiyadan kam bo`lgan holdagi vaziyat xosdir, ya`ni
iqtisodiyotda yil davomida kapital ishlab chiqarilganiga nisbatan ko`proq iste`mol
qilinadi. Bunday holatda sof investitsiyalar ishorasi manfiy bo`lib, uning mutlaq
qisqarishini bildiradi. Natijada, yil oxirida kapital hajmi yil boshidagiga qaraganda
kam bo`ladi.
Xorijiy investitsiyalar - bu chet el investorlari tomonidan yuqori darajada
daromad olish, samaraga erishish maqsadida mutloq boshqa davlat iqtisodiyotining,
tadbirkorlik va boshqa faoliyatlariga safarbar etadigan barcha mulkiy, moliyaviy,
intellektual boyliklaridir. Xorijiy investitsiyalari ichki investitsiyalardan farqli holda
tashqi moliyalashtirish manbaiga kiradi. Xorijiy investitsiyalarning ichki
investitsiyalardan farqi shundaki, ularda investor boshqa mamlakat fuqarosi bo‘ladi.
Iqtisodiy mazmuniga ko`ra xorijiy investitsiyalar ssuda kapitali (ya`ni qarz va
11
kredit), xamda bevosita va portfel‘ investitsiyalarga bulinadi. Investitsiyalar nimaga
yo‘naltirilganligi ular kaysi xorijiy investitsiya turiga kirishini belgilaydi.
Dostları ilə paylaş: |