Himoyaga ruxsat beriladi



Yüklə 1,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/29
tarix12.05.2023
ölçüsü1,45 Mb.
#112261
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29
 
 
 
 


40
2012-yil kapital investitsiyalar tarkibi 
5-diagramma 
Manba: www.stat.uz 
Statistik ma‘lumotlarga ko‗ra, 2012-yilda xorijiy investitsiyalar va kreditlar 
hissasi 4,7 trillion so‗mdan oshdi, bu resurslar umumiy hajmining 21,6 foizi 
demakdir. Shundan 45,4% investitsiya kiritmalari sanoatni, 27,7 foizi transportni, 
10,2 foizi esa aloqani rivojlantirishga yo‗naltirildi. 
Respublikamizda investitsiyalar hajmini o‘sishi va ularni moliyalashtirish 
manbalari tarkibidagi o‘zgarishlar tendensiyasiga e‘tibor qaratsak, so‘ngi yillarda 
mamlakatimiz iqtisodiyotiga jalb etilayotgan investitsiyalarning yalpi ichki 
mahsulotdagi ulushi barqarorlashayotganiga guhox bo‘lamiz. 
Quyidagi diagrammada investitsiyalar bo‘yicha rasmiy ma‘lumotlar iqtisodiy 
faollik o‘sishining ijobiy tendensiyasini ko‘rsatmoqda. Mamlakatimizni isloh etish 
va rivojlantirish bo‘yicha samarali strategiyaning izchil va aniq maqsadli amalga 
oshirilayotgani natijasida, jahon iqtisodiyotida jiddiy muammolar mavjudligiga 
qaramay, 2007-2012-yillarda YaIMning o‘sish sur‘ati 8-9.5% oralig‘ida saqlab 
qolindi. YaIMda jami investitsiyalarning ulushi 2009-yilda katta ulushni tashkil 
etgan va jami investitsiyalarda markazlashgan investitsiyalarning ulushi kamayish 
tendensiyasiga ega. Bunday holat ijobiy baholanadi.


41
O’zbekiston iqtisodiyotida investitsiyalar dinamikasi. 
6-diagramma 
Manba: “Bozor, Pul va Kredit” jurnali, 2013-yil, 11-son 
Chunki davlat investitsiyalari ulushining kamayishi nodavlat tuzilmalar 
faolligining ortishi, ya‘ni mamlakat aholisi va korxona mablag‘‘lari hamda 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajminig oshishi bilan izohlash mumkin. 
2013 yilning yanvar-dekabrida respublikada asosiy kapitalga kiritilgan 
investitsiyalarning umumiy miqdori milliy valyutada 27557,3 mlrd. so‘mni yoki 
AQSh dollaridagi ekvivalent hajmda 13,2 milliard AQSh dollarini tashkil etdi. Bu 
2012 yilning yanvar-dekabriga nisbatan 11,3% ga ko‘p degani. 2012-yilda esa bu 
ko‘rsatkich milliy valyutada 22067,0 mlrd. so‘mga yoki 11,7 mlrd AQSH dollariga 
teng bo‘lib, u 2011 yilga nisbatan 11,6% ga o‘sgan. 


42

Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin