Himoyaga ruxsat beriladi



Yüklə 1,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/29
tarix12.05.2023
ölçüsü1,45 Mb.
#112261
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   29
2-diagramma 
Manba: www.stat.uz 
Bu shundan dalolat beradiki, mustaqillikning dastlabki yillarida mamlakatimiz 
investitsiyalarni katta qismini SSSR tarqab ketgandan so‘ng o‘z ishlab chiqarish 
faoliyatini to‘xtatgan, buning natijasida mavjud bino-inshoat, asbob uskunalar ham 
ma‘nan ham jismonan eskirgan korxonalarni rekonstrutsiya qilishga sarflagan. 
Hozirda esa deyarli hamma korxonalar rekonstruktsiya qilinib bo‘lingan, ammo, 
haligacha modernizatsiya qilish jarayoni jadal davom etmoqda va asosiy etibor 
yangi ishlab chiqarish korxonalari qurishga qaratilayapti. 
O‗zbekistonda 2013-yilning o‗zida kapital investitsiyalar hajmi dollar 
hisobida qariyb 14 milliardni yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 23 foizni tashkil 
etadi. ―O‗zbekiston 2013‖ almanaxi ma‘lumotlariga ko‗ra, ushbu investitsiya 
resurslari asosan sanoat (34,5%), uy-joy qurilishi (21,9%) va transport (15,5%) 
sohasiga yo‗naltirildi. 


35
2013-yil kapital investitsiyalar tarkibi 
3-diagramma 
Manba: www.stat.uz 
 
Solishtirish uchun e‘tiboringizga 2000-yildagi kapital investitsiyalar tarkibini 
keltiramiz: 
2000-yil kapital investitsiyalar tarkibi 
4-diagramma 
Manba: www.stat.uz 


36
2013 yilda Investistiya dasturini amalga oshirish doirasida mamlakatimizda 
13 milliard dollar qiymatidagi kapital qo‘yilmalar o‘zlashtirildi, bu 2012 yilga 
nisbatan 11,3 foizga ko‘pdir. O‘zlashtirilgan kapital qo‘yilmalar umumiy hajmining 
deyarli yarmini, ya‘ni 47 foizini xususiy investistiyalar – korxonalar va aholining 
shaxsiy mablag‘‘lari tashkil etgani alohida e‘tiborga loyiqdir. 
Jalb etilayotgan investistiyalarning asosiy qismi – 70 foizdan ortig‘i, birinchi 
navbatda, ishlab chiqarish ob‘ektlarini qurishga yo‘naltirildi, eng yangi zamonaviy 
uskunalar xarid qilishga sarflangan investistiyalar ulushi esa qariyb 40 foizni tashkil 
etdi. Umuman olganda, mamlakatimiz iqtisodiyotiga investistiya kiritish hajmi yalpi 
ichki mahsulotga nisbatan 23 foizdan iborat bo‘ldi. 
O‘zlashtirilgan umumiy kapital qo‘yilmalar hajmining 3 milliard dollardan 
ortig‘ini xorijiy investistiyalar tashkil etdi. Shuning 72 foizdan ziyodi yoki 2 milliard 
200 million dollari to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investistiyalardir. Mamlakatimizda 
Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining tashkil etilgani chet el investistiyalarini 
jalb etishda ko‘p jihatdan muhim ahamiyat kasb etmoqda, desak, hech qanday 
mubolag‘a bo‘lmaydi. Jamg‘armaning asosiy vazifasi iqtisodiyotning yetakchi 
tarmoqlari va yo‘l-kommunikastiya sohasidagi strategik muhim investistiya 
loyihalarini xorijiy sheriklar bilan hamkorlikda moliyalashda faol ishtirok etishdan 
iborat. 
Jamg‘arma faoliyat boshlaganidan buyon o‘tgan qisqa vaqt mobaynida 15 
milliard dollardan ziyod miqdordagi aktivlarga ega bo‘lgan qudratli moliya 
institutiga aylandi. Jamg‘arma o‘z mablag‘‘lari bilan umumiy qiymati 29 milliard 
dollardan ziyod 86 ta strategik ahamiyatga molik investistiya loyihasini hamkorlikda 
moliyalashtirishda ishtirok etmoqda. Faqat 2013 yilning o‘zida Jamg‘arma 
mablag‘‘lari ishtirokida qiymati 780 million dollardan ortiq bo‘lgan 33 ta o‘ta 
muhim loyiha amalga oshirildi. 
2013 yilda Investistiya dasturi doirasida moliyalashning barcha manbalari 
hisobidan umumiy qiymati qariyb 2 milliard 700 million dollardan iborat bo‘lgan 
150 ta ishlab chiqarish yo‘nalishidagi loyihani amalga oshirish ishlari nihoyasiga 
etkazildi. Bular qatorida Toshkent issiqlik elektr markazida kogenerastion gaz 


37
turbinali texnologiyani joriy etish; Janubiy O‘rtabuloq – Muborak gazni qayta 
ishlash zavodi gaz quvurini va kompressor stanstiyasini barpo etish orqali 
Somontepa va Janubiy O‘rtabuloq konlarini to‘liq jihozlash; «Angren» konini 
modernizastiya qilish orqali Yangi Angren issiqlik elektr stanstiyasining 1-5-
energiya bloklarini yil davomida ko‘ mir bilan ishlashga o‘tkazish; «Angren» 
maxsus industrial zonasi hududida «Ohangaron» podstanstiyasini rekonstrukstiya 
qilish, «Bekobod stement» ochiq akstiyadorlik jamiyatida yangi liniya qurish 
hisobidan faoliyat ko‘rsatayotgan stement ishlab chiqarish jarayonini modernizastiya 
qilish, 
"Quyuv-mexanika 
zavodi‖ sho‘‘ba korxonasida metall quyishni 
rekonstrukstiya qilish va boshqa yirik loyihalar borligini alohida qayd etish lozim. 
Shu bilan birga, Toshkent va Namangan viloyatlarida zamonaviy 
to‘qimachilik komplekslari, Jizzax va Xorazm viloyatlarida yigiruv va to‘quv, 
Samarqand viloyatida sport poyabzallari ishlab chiqarish korxonalari tashkil etildi. 
Oziq-ovqat sanoati bo‘yicha 21 ta korxonada ishlab chiqarish modernizastiya qilindi 
va texnik qayta jihozlandi. 
«Navoiy» erkin industrial-iqtisodiy zonasi tashkil etilganidan buyon uning 
hududida umumiy qiymati 100 million dollardan ziyod bo‘lgan 19 ta investistiya 
loyihasi bo‘yicha ishlab chiqarish korxonalari ishga tushirildi. Jumladan, yuksak 
texnologiyalar asosida modem va televizorlar uchun pristavkalar, elektr energiyani 
elektron hisoblagichlar, yuqori kuchlanishga chidamli kabellar, issiqlik va suv isitish 
qozonlari, mobil va stastionar telefon apparatlari, tayyor dori vositalari va boshqa 
turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. 
2013 yilda maxsus zonadagi korxonalar tomonidan qiymati 100 milliard 
so‘mdan ziyod mahsulot ishlab chiqarildi va bu boradagi o‘sish sur‘ati 2012 yilga 
nisbatan 25,8 foizni tashkil etdi. 
«Angren» maxsus industrial zonasi hududida qisqa muddatda umumiy 
qiymati qariyb 44 million dollar bo‘lgan 5 ta loyiha asosida energiyani tejaydigan 
diodli yorug‘lik lampalar, turli kattalikdagi mis quvurlar, ko‘mir briketlari kabi 
yuksak texnologiyalar asosidagi mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. 


38
Shuningdek, shakar ishlab chiqarish bo‘yicha yangi zavod va boshqa korxonalar 
tashkil etildi. 
Bugungi kunda «Jizzax» maxsus industrial zonasi hududida transport, ishlab 
chiqarish va muhandislik-kommunikastiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish 
bo‘yicha faol ishlar olib borilmoqda. 
O‘tgan yilning o‘zida mazkur zona hududida Xitoy kompaniyalari ishtirokida 
100 ming dona mobil telefon ishlab chiqarish, shuningdek, chorva mahsulotlarini 
qayta ishlash va ozuqa tayyorlash bo‘yicha umumiy qiymati qariyb 6 million dollar 
bo‘lgan dastlabki 3 ta loyiha amalga oshirildi. 
O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Toshkent Moliya instituti 
hamkorlikda ―Milliy iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb qilishni faollashtirish‖ 
mavzuida ilmiy-amaliy konferentsiya tashkil etdi. 
Anjuman mamlakatimiz Prezidenti I.Karimovning ―2012 yilning asosiy 
yakunlari va 2013 yilda O'zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor 
yo'nalishlariga bag'ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma'ruzasi, 
shuningdek, ―2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh 
qilish, uning barqarorligini oshirish va yuqori xalqaro reyting ko'rsatkichlariga 
erishishning ustuvor vazifalari to'g'risida‖, ―2011-2015 yillarda O'zbekiston 
Respublikasi sanoatini rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari to'g'risida‖gi 
qarorlarida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda tashkil etildi. 
Konferentsiyada Markaziy bank, tijorat banklari va ishlab chiqarish 
korxonalarining etakchi mutaxassislari, iqtisodchi-olimlar, katta ilmiy xodim-
izlanuvchilar va magistrantlar ishtirok etdi. 
Joriy yilning o'tgan to'qqiz oyida respublikamizda amalga oshirilgan keng 
qamrovli islohotlar yuqori iqtisodiy o'sish sur'atlarini ta'minlash imkonini berdi: 
o'zlashtirilgan kapital qo'yilmalar hajmi 19,3 trillion so'mni tashkil qildi va qiyosiy 
narxlarda 12,5 foizga oshdi. Kapital qo'yilmalar umumiy hajmining 63 foizi ishlab 
chiqarish maqsadlariga yo'naltirilgan. 
Mamlakatimizda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash bo'yicha ko'rilgan 
keng qamrovli chora-tadbirlar natijasida o'zlashtirilgan xorijiy investitsiya va 


39
kreditlar hajmi 12,4 foizga oshib, 1,8 mlrd. AQSh dollarini tashkil qildi. Uning 77,5 
foizi to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalardir. 
Banklar resurs bazasining kengayishi va ularning investitsiya faolligini 
kuchaytirishga oid kompleks chora-tadbirlarning amalga oshirilishi tijorat banklari 
tomonidan iqtisodiyotga kredit ajratish hajmini 1,3 barobarga, jumladan, muddati bir 
yildan ortiq bo'lgan uzoq muddatli kredit qo'yilmalari hajmi 31,6 foizga o'sishini 
ta'minladi. Banklar tomonidan ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va 
texnologik yangilash uchun qiymati qariyb 5,5 trln.so'mlik yoki 2012 yilning shu 
davriga nisbatan 1,3 barobar ko'p kredit mablag‘'lari ajratildi. 
Konferentsiyada mamlakatimizda banklarning kredit portfeli tarkibida uzoq 
muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushiga qarab tabaqalashtirilgan foyda 
solig'i stavkalarining joriy etilishi tijorat banklarining investitsiyaviy faolligini 
oshirishga xizmat qilayotgani alohida qayd etildi. 
Anjumanda milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va raqobatbardoshligini 
oshirish borasida amalga oshirilayotgan ichki va tashqi investitsiyalarni jalb etishni 
yanada faollashtirish, mamlakat investitsion jozibadorligini oshirish, investitsiyalar 
samaradorligini 
baholash 
va 
investitsiya 
faoliyatini 
moliyalashtirishni 
takomillashtirish, iqtisodiyotning real sektoriga investitsiyalarni jalb etishda tijorat 
banklari 
ishtirokini 
yanada 
qo'llab-quvvatlash, 
investitsiya 
faoliyatini 
moliyalashtirishda qimmatli qog'ozlar vositalaridan foydalanish masalalari bo'yicha 
fikr-mulohazalar bildirildi hamda ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi. 
Ta‘kidlash joiz, 2012-yilda sanoatga kiritilgan investitsiyaning asosiy qismi 
— 40 foizi yoqilg‗i tarmog‗iga, mashinasozlik va metallga ishlov berishga — 
12,5%, elektr energiyasiga — 10%, metallurgiyaga — 8,5%, yengil sanoatga — 
8,1% qismi sarflangan. 

Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin