39
kreditlar hajmi 12,4 foizga oshib, 1,8 mlrd. AQSh dollarini tashkil qildi. Uning 77,5
foizi to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalardir.
Banklar resurs bazasining kengayishi va ularning investitsiya faolligini
kuchaytirishga oid kompleks chora-tadbirlarning amalga oshirilishi tijorat banklari
tomonidan iqtisodiyotga kredit ajratish hajmini 1,3 barobarga, jumladan, muddati bir
yildan ortiq bo'lgan uzoq muddatli kredit qo'yilmalari hajmi 31,6 foizga o'sishini
ta'minladi. Banklar tomonidan ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va
texnologik yangilash uchun qiymati qariyb 5,5 trln.so'mlik yoki 2012 yilning shu
davriga nisbatan 1,3 barobar ko'p kredit mablag‘'lari ajratildi.
Konferentsiyada mamlakatimizda banklarning kredit portfeli tarkibida uzoq
muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushiga qarab tabaqalashtirilgan foyda
solig'i stavkalarining joriy etilishi tijorat banklarining investitsiyaviy faolligini
oshirishga xizmat qilayotgani alohida qayd etildi.
Anjumanda milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va raqobatbardoshligini
oshirish borasida amalga oshirilayotgan ichki va tashqi investitsiyalarni jalb etishni
yanada faollashtirish, mamlakat investitsion jozibadorligini oshirish, investitsiyalar
samaradorligini
baholash
va
investitsiya
faoliyatini
moliyalashtirishni
takomillashtirish, iqtisodiyotning real sektoriga investitsiyalarni jalb etishda tijorat
banklari
ishtirokini
yanada
qo'llab-quvvatlash,
investitsiya
faoliyatini
moliyalashtirishda qimmatli qog'ozlar vositalaridan foydalanish masalalari bo'yicha
fikr-mulohazalar bildirildi hamda ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.
Ta‘kidlash joiz, 2012-yilda sanoatga kiritilgan investitsiyaning asosiy qismi
— 40 foizi yoqilg‗i tarmog‗iga, mashinasozlik va metallga ishlov berishga —
12,5%, elektr energiyasiga — 10%, metallurgiyaga — 8,5%, yengil sanoatga —
8,1% qismi sarflangan.
Dostları ilə paylaş: