5-chizma
O’zbekiston Respublikasida chet el investistiyalari faoliyat ko’rsatayotgan
korxonalar quyidagi soliq imtiyozlariga ega:
I. O’zbekistonda xorijiy investorlar va xorijiy investitsiya ishtirokidagi
korxonalar uchun yaratilgan kafolat va imtiyozlar:
1. Xorijiy investorning pul shaklidagi ulushi 5 million AQSH dollaridan kam
bo‘lmagan yangidan tashkil etilayotgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi
korxonalar davlat ro‘yxatidan o‘tgan sanadan boshlab 10 yil mobaynida soliq
qonunchiligida o‘zgarishlar yuz bergan hollarda, yuridik shaxslardan olinadigan
foyda solig‘i, qo‘shilgan qiymat, mol-mulk solig‘i, obodonlashtirish va ijtimoiy
infratuzilmani rivojlantirish solig‘i, yagona ijtimoiy to‘lov, yagona soliq to‘lovi,
Tenderlar
e‘lon qilish
Xorijiy
investistiyalarni jalb
qilish shakllari
Yirik xorijiy
kompaniya va
firmalarning
shu‘ba korxonalari
va filiallarini
tashkil etish
Konstessiya va
lizing
shartnomalari
tuzish
100% mol - mulk
xorijiy
investorlarga
tegishli bo‘lgan
xorijiy
korxonalarni
tashkil etish
Ulushi qo‘shilib
qatnashishi orqali
qo‘shma
korxonalarni
tashkil etish
Moliyaviy aktivlarni
sotish va sotib olish
tashkil etish
Erkin
iqtisodiy
hududlar
tashkil etish
27
shuningdek, Respublika yo‘l jamg‘armasiga hamda Ta‘lim va tibbiyot
muassasalarini rekonstruktsiya qilish uchun majburiy ajratmalar to‘lashning mazkur
korxonalar davlat ro‘yxatidan o‘tish sanasida amal qilgan me‘yorlari va qoidalarini
qo‘llash huquqi berildi.
2. Qiymati 50 million AQSH dollaridan oshadigan va xorijiy investorning
ulushi kamida 50 foiz bo‘lgan investitsiya loyihalari doirasida, ishlab chiqarish
maydonidan tashqaridagi zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini
qurish byudjet mablag‘lari hamda boshqa ichki moliyalashtirish manbalari hisobidan
amalga oshiriladi.
3. Vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi
va nazorat idoralari, tijorat banklari tomonidan xorijiy investorlar hamda xorijiy
investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning faoliyati bilan bog‘liq qo‘shimcha
talablar va cheklovlar o‘rnatilishi qat‘iyan taqiqlangan va bu hol qonunga xilof deb
hisoblanadi.
4. Davlat mulkini xorijiy investorlarga sotishda tender savdolarini o‘tkazish
bo‘yicha
Davlat
komissiyasiga
(R.S.Azimov)
xorijiy
investorlarning
buyurtmanomalari bo‘yicha xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni barpo
etish uchun mahalliy davlat hokimiyati organlarining balansida bo‘lgan past likvidli
ob‘ektlarni aniq investitsiya majburiyati ostida investor bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri
shartnomalar tuzish yo‘li bilan tanlov o‘tkazmasdan «nolь» xarid qiymati bo‘yicha
sotish huquqi berildi.
5. Vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalarining buyurtmanomalari
bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirishda qatnashayotgan xorijiy
kompaniyalarning mansabdor shaxslari va mutaxassislariga 12 oy muddat bilan
kirish vizalari hamda ko‘p martalik vizalar rasmiylashtirilish belgilandi.
6. Xorijiy investorlarga o‘zlarining investitsiya faoliyatini amalga oshirishlari
uchun Davlat byudjeti va uning ijrosi, pul-kredit siyosati, tashqi savdo hamda
boshqa ko‘rsatkichlarni hisobga olgan holda zarur bo‘lgan iqtisodiy axborotlardan
tizimli asosda belgilangan tartibda keng foydalanish imkoni yaratildi.
|