1.3. O’zbekiston Respublikasining investistion muhiti.
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida xorijiy investistiyalarni jalb qilish
bo‘yicha davlat siyosati respublika iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlarida tuzilmaviy
o‘zgarishlarning kuchli quroli bo‘lib hisoblanadi. O‘zbekiston respublikasi
Prezidenti I.A.Karimov,-―Iqtisodiyotimizda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish
va uni modernizastiya qilish, eksport rivoji, import o‘rnini bosadigan mahsulotlar
ishlab chiqarishni ta‘minlashning muhim sharti bo‘lgan xorijiy investistiyalar,
avvalobor, xususiy sarmoyalarni jalb etish, buning uchun tegishli investistion muhit
va investorlar uchun kafolatlar yaratish bu borada, ayniqsa, katta ahamiyatga ega‖ -
degan edi. So‘nggi yillarda O‘zbekiston iqtisodiyotida chet el investistiyalarining
hissasi oshib bormoqda. Agar 1993 yilda chet el investistiyalar umumiy kapital
qo‘yilmalar hajmining faqat 0,8 %ini tashkil etgan bo‘lsa, 2013 yilda bu
ko‘rsatkich 20,3 %ni tashkil etgan edi.
O‘zbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida qulay investistion muhit
yaratilib, xorijiy investorlar uchun keng huquqiy kafolatlar va imtiyozlar tizimi
ishlab chiqilgan. Bundan tashqari chet el investistiyalar ishtirokidagi korxonalar
faoliyatini rag‘batlantirish bo‘yicha yaxlit chora-tadbirlar tizimi ishlab chiqilgan
bo‘lib, u o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
- umumiy choralar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Davlat investistion
dasturiga kiritilgan loyihalar uchun imtiyozlar;
- xususiylashtirish jarayonida xorijiy investorlar ishtirokini rag‘batlantirish;
- texnik – texnologik qayta jihozlash, xalq iste‘moli mollarini ishlab
chiqarilishini rag‘batlantirish.
O‘zbekiston Respublikasining qulay investistion muhiti qabul qilingan bir qator
huquqiy hujjatlarga - ―Xorijiy investorlarning huquqlarini himoyalash kafolatlari va
choralari to‘g‘risida‖, ―Chet el investistiyalari to‘g‘risida‖, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining ―Chet el investistiyalari ishtirokidagi korxonalarga
beriladigan qo‘shimcha rag‘batlantirishlar va imtiyozlar to‘g‘risida‖, ―Chet el
investistiyalari ishtirokidagi korxonalar mahsuloti eksportini rag‘batlantirish
bo‘yicha qo‘shimcha choralar to‘g‘risida‖gi Farmonlari va qonunlariga asoslanadi.
25
Shuni ta‘kidlab o‘tish zarurki, ―Xorijiy investorlarga kafolatlar to‘g‘risida‖gi
qonunda shuningdek chet el investistiyalarini ular kiritilgan vaqtdan boshlab 10 yil
mobaynida
qonunchilikda
investistiyalash
sharoitlarini
yomonlashtiruvchi
o‘zgartirishlardan himoyalash ishlari nazarda tutilgan.
Xorijiy investor O‘zbekiston Respublikasida quyidagi yo‘llar bilan investistion
faoliyatni amalga oshirishi mumkin:
- O‘zbekiston rezidentlari - huquqiy va jismoniy shaxslar bilan birgalikda
tashkil etilgan kompaniyalar, banklar, trestlar, kartellar, birlashmalar va boshqa
korxonalardagi ulushi bilan ishtirok etish yo‘li bilan;
- 100%li chet el investistiyalar ishtirokidagi korxonalar tuzish yo‘li bilan;
- portfel investistiyalari - O‘zbekiston kompaniyalari tomonidan chiqarilgan
akstiyalar, obligastiyalar, va boshqa qimmatbaho qog‘ozlar sertifikatlarini harid
qilish yo‘li bilan;
- er osti va er usti foydali qazilmalaridan foydalanishga tegishli (konstessiya)
huquqlarini o‘z ichiga oluvchi er va ko‘chmas mulkni to‘la yoki qisman sotib olish
yo‘li bilan.
Qo‘shma korxonalar tashkil etish orqali xorijiy investistiyalarni jalb qilish keng
tarqalgan shakllaridan biri hamkorlikda qo‘shma korxonalarni tashkil etishdir.
O‘zbekiston Respublikasida qo‘shma korxona deganda, nizom kapitalining kamida
30 % xorijiy investorlarga tegishli bo‘lgan va xorijiy investor faqat yuridik shaxs
bo‘lgan, nizom kapitalining eng kam mikdori 150 ming AQSh dollariga teng
bo‘lgan ekvivalent summani tashkil etgan korxonalarga aytiladi. Xorijiy investistiya
ishtirokidagi korxona nizom jamg‘armasining 150 ming AQSh dollaridan kam
bo‘lmasligi sifatsiz mahsulotlarining oldi-sotdisi va ularni respublikaga import qilish
ishlari bilan shug‘ullanishga ixtisoslashgan kichik qo‘shma korxonalarning
keragidan ortiqcha kirib kelishining oldini olish maqsadida belgilangan.
|