29
- qidirish, razvedka qilish va boshqa tegishli ishlarni
amalga oshirish uchun
zarur bo‘lgan mashina-uskunalarni, moddiy-texnika resurslari va xizmatlarni import
qilish chog‘ida bojxona to‘lovlarini.
4. Neft va gaz konlarini qidirish va razvedka qilish ishlarini amalga oshirgan
xorijiy kompaniyalar ishtirokida tashkil etiladigan neft va gaz qazib chiqaruvchi
qo‘shma korxonalar neft yoki gaz qazib olinishidan boshlab 7 yil muddatga foyda
solig‘i to‘lashdan ozod qilingan.
5. Bojxona bojini undirishdan quyidagilar ozod qilingan:
- chet ellik investorlar va ustav fondida chet el
investitsiyalarining ulushi
kamida o‘ttiz uch foiz bo‘lgan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar
tomonidan o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun O‘zbekiston Respublikasiga olib
kiriladigan mol-mulk;
- chet ellik investorlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalariga muvofiq
O‘zbekiston Respublikasida turgan chet ellik investorlar
va chet davlatlar
fuqarolarining shaxsiy ehtiyojlari uchun olib kiriladigan mol-mulk;
- O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga umumiy summasi ellik million
AQSH dollaridan ziyod bo‘lgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyani amalga oshirgan
chet ellik yuridik shaxslar tomonidan olib kiriladigan tovarlar,
basharti olib
kiriladigan tovarlar ularning o‘z ishlab chiqarish mahsuloti bo‘lsa;
-
O‘zbekiston Respublikasi hududiga qonun hujjatlariga muvofiq
tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha olib kirilayotgan texnologik jihozlar, shuningdek
butlovchi
buyumlar va ehtiyot qismlar, agar ularni yetkazib berish texnologik
jihozlarni yetkazib berish kontrakti shartlarida nazarda tutilgan bo‘lsa.
Dostları ilə paylaş: