2022-yil(yanvar-dekabr)davomida maktablarning byudjetdan tashqari topgan mablag‘lari haqidagi hujjatni (tasdiqlangan holda) ishchi guruhga o‘rganishdan kamida bir (1) kun oldin taqdim etishi kerak.
Barcha umumta`lim muassasalari: 2021-2022-o‘quv yili uchun ish rejalarning mavjudligi (maktabish rejasi, direktor ish rejasi, MMIBDO‘ ish rejasi, O‘IBDO‘ ish rejasi).
2021-2022-o‘quv yili uchun yillik hisobotlarning mavjudligi (maktabyillik hisoboti, direktor yillik hisoboti, MMIBDO‘ yillik hisoboti, O‘IBDO‘ yillik hisoboti).
Ta’lim muassasasini rivojlantirish strategiyasining mavjudligi
(3 yillik dastur).
2021-2022-o‘quv yili (sentabr-avgust) davomida maktabda o‘quvchilar tomonidan jinoyatchilik va huquqbuzarlik sodir etilgan bo`lsa, ular bilan amalga oshirilgan ishlarni tasdiqlovchi hujjatlarning mavjudligi (o`quvchi ustidan o‘qilgan sud hukmi to‘g‘risidagi hujjat, maktab mas’ullari tomonidan o‘quvchi jinoyat qilishidan oldin va keyin amalga oshirilgan ishlar to‘g֥‘risidagi hujjatlar).
2021-2022-o‘quv yili bitiruvchilarining (2022-yil may) OTM va o‘rta-maxsus ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichlari (xorijiy, xorijiy filiallar, xususiy,
TOP-1000, respublikadagi OTMlarga grant, kontrakt, superkontrakt yoki boshqa OTMlarga, kasb-hunar kollejlari, texnikumlar, akademik litseylarga o‘qishga kirgan o`quvchilarning to‘liq ro‘yxati hamda o‘quvchilar tomonidan OTMga kirish imtihonlarida to‘plagan ballari bo‘yicha jadval) va bandligi ta’minlangan o‘quvchilar ro‘yxati (qayerda, qaysi lavozimda ishlayotgani va boshqalar).
2021-2022-o‘quv yili yakuni (may) bo‘yicha o‘quvchilar kontingenti (jami sinflar soni, jami o‘quvchilar soni, har bir sinfda nechta o‘quvchi tahsil olayotgani haqidagi hujjat).
2022-yilining (sentabr-dekabr) holatiga tarifikatsiya (tarifikatsiyada ma’muriyat xodimlari, texnik xodimlar va o‘qituvchilarning ma’lumoti hamda malaka toifalari aks etgan bo‘lishi lozim).
Maktabda faoliyat yuritib kelayotgan o‘qituvchilarning oliy va birinchi malaka toifasi hujjatlari (oliy yoki birinchi malaka toifasi sertifikatlari)
(2021-2022-o`quv yili yakuniga qadar amalda bo`lgan).
2021-2022-o‘quv yili davomida variativ o‘quv rejasi joriy etilganligi (tashkil qilinganligi to‘g‘risidagi direktor buyrug‘i va boshqalar).
Maktabda faoliyat yuritib kelayotgan chet tili o‘qituvchilarining
(ingliz, nemis, fransuz, rus va boshqalar) milliy va xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darjalari to‘g‘risidagi sertifikatlarning mavjudligi
(ielts, toefl, ibt, fce va boshqalar) (2021-2022-o`quv yili yakuniga qadar amalda bo`lgan).
2022-yil (yanvar-dekabr) davomida o‘quvchilar tomonidan xalqaro, respublika, hududiy hamda tuman miqyosida turli sohalarda erishilgan yutuqlar bo‘yicha diplomlar (sport, san’at, AKT, kitobxonlik, kasbiy yoki boshqa shu kabi musobaqa va tanlovlarda faqat g‘olib yoki sovrindor bo‘lgan o‘quvchilarning diplomlari).
2021-2022-o‘quv yili holatiga maktabda tashkil etilgan to‘garaklar haqida ma’lumot hamda to‘garaklarga qatnashuvchi o‘quvchilar soni (maktabdagi jami to‘garaklar soni shundan, fan to‘garaklari, sport to‘garaklari, ijodiy to‘garaklar (musiqa, rassomchilik, teatr, QVZ, xo‘r jamoalari), zamonaviy to‘garaklar (dasturlash, injenerlik, robototexnika).
2021-2022-o‘quv yili holatiga o‘quvchilarning darslarga qatnashish davomati (tuman xalq ta’limi bo‘limiga topshiriladigan kunlik, haftalik va oylik davomat jadvali (tasdiqlangan holda) hamda maktab mas’ul xodimi tomonidan yuritiladigan davomat daftari)
2022-yil davomida “Bir million dasturchi” loyihasida ishtirok etgan o‘quvchilarning bitiruvchi sertifikatlari (soni ko‘p bo‘lsa elektron ko‘rinishda taqdim etilishi mumkin).
2022-yil (yanvar-dekabr) davomida o‘qituvchilar tomonidan xalqaro, respublika, hududiy hamda tuman miqyosida turli sohalarda erishilgan yutuqlar bo‘yicha diplomlar.
2021-2022-o‘quv yilida alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan o‘quvchilarnig hujjatlari (ko‘zi ojiz, nutqi va eshitishida hamda tayanch harakatida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilar).
Maktabning kadastr hujjatlari.
Kutubxonaga tegishli barcha hujjatlar (kutubxonaga a’zo barcha o‘quvchi va o‘qituvchilarning a’zolik hujjati, kutubxonada mavjud adabiyotlar soni, o‘quvchilar tomonidan 2022-yil (yanvar-dekabr) davomida o‘qilgan kitoblar soni va boshqalar).