MUNDARIJA: KIRISH i.bob. Musobaqa turlari va Musobaqa nizomi. 1.1.Musobaqalar turlari.
1.2.Musobaqa o‘tkazish va Musobaqa nizomi.
II.BOB. MUSOBAQALARNI TASHKIL QILISH VA O`TKAZISH 2.1.Musobaqa o'tkazishning ilmiy-tashkiliy asoslari 2.2. “Umid nihollari” musobaqalarining o‘tkazilish XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
K I R I SH
Kurs ishining dolzarbligi. O’zbekiston Respublikasi o’z mustaqilligini qo’lga kiritgach jismoniy madaniyat va sport masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Respublikamizda «Jismoniy tarbiya va sport» bilan bog’liq qonunlarning qabul qilinganligi jismoniy madaniyat va sport ishlarini rivojlantirishga keng yo’l ochib berdi. Buning natijasi o’laroq, ta’lim muassasalari va boshqa turdagi jamoalarda sport turlari bo’yicha to’garaklarni tashkil qilish, ulardagi mashg’ulotlarni har tomonlama takomillashtirish yo’lida ko’pgina ishlar amalga oshirilmoqda.Bolalar sportini rivojlantirishning eng muhim omillari: umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kolejlarida jismoniy madaniyat darslariga jiddiy e’tibor qaratish, iqtidorli va qobiliyatli o’quvchilarni aniqlash, ularni sport turlariga yo’naltirish, o’quvchilarning sport bilan muntazam va izchil qatnashishlari uchun sport mashg’ulotlari jarayonini puxta tashkil etish va ular uchun maksimal sharoitlar yaratib berish kabilardir. Bu kabi muammolarni hal etish uchun esa aniq va puxta ishlangan rejalar ilmiy va uslubiy tavsiya hamda qo’llanmalar talab etiladi.Shuni ham ta’kidlash joizki, joylarda viloyat, shahar, tuman hokimiyatlari qoshida jamg’armalarning tashkil etilishi va hukumat tomonidan bolalar sportini rivojlantirish masalasi bilan muntazam shug’ullanib borilishi hozirda yaxshi yo’lga qo’yilgan. Biroq bu bilan muammoni uzil-kesil hal qilib bo’lmaydi. Bolalar sportini yanada rivojlantirish, takomillashtirish, sezilarli yutuqlarni qo’lga kiritish uchun joylarda bolalar va o’smirlar sport maktablari faoliyatini yanada yaxshilash, ular uchun barcha talablarga javob beradigan sport bazalari yaratish, sport musobaqalarini muntazam va sifatli o’tkazish kabi muhim vazifalarni bajarish lozim bo’ladi.Shuni ham alohida ta’kidlab o’tish lozimki, oxirgi 5-6 yildan buyon uch bosqichli sport musobaqalari tizimi asosida «Umid nihollari”, “Barkamol avlod”, “Universiada” deb nomlangan kichik olimpiada musobaqalarini o’tkazish va bu musobaqalar taqvimidagi sport turlarining yildan-yilga ortib borishi, so’zsiz, bolalar sportining rivojlanishida jiddiy omil bo’lib xizmat qilmoqda. SHunisi qiziqki, umumta’lim maktablari qoshida I-II-III bosqich musobaqalari ommaviy tarzda o’tkazilishi shu ommaviy sport tadbirlarida qatnashayotgan o’quvchilar orasidan iqtidorli, iste’dodli, jismoniy imkoniyatlari va sport mahorati yuqori bo’lgan bolalarni saralab, ularni yuqori darajadagi sport mashg’ulotlari jarayoniga jalb etish, shu asosda yuksak iste’dodli sportchilarni tarbiyalash, voyaga yetkazish imkoniyatini yaratib kelmoqda.Bolalar sportini rivojlantirishning muhim omillaridan biri o’quvchilarning yosh xususiyatlari, jismoniy tayyorgarligiga qarab tanlov o’tkazish va ularning jismonan rivojlanishiga e’tibor qaratishdir.Bugungi kunda nazariy, amaliy va uslubiy tomondan o’quvchilarni, bo’lajak sport mutaxassislarini har tomonlama tayyorlash muhim axamiyat kasb etadi. Bunday yondashuv o’quvchilarning har tomonlama garmonik rivojlanishi va bir vaqtning o’zida sport turlari bo’yicha sport mahoratining oshishiga turtki bo’ladi. Qo’lingizdagi ushbu qo’llanma aynan shu masalalar tahliliga bag’ishlangan bo’lib, unda bolalar sportini rivojlantirishning turli yo’nalishdagi ilmiy-nazariy va uslubiy jihatlari tadrijiy tarzda yoritib boriladi. Qo’llanmada keltirilgan faktlar kunlik, haftalik, oylik va yillik tajribalar asosida yuzaga kelgan bo’lib, unda yangi milliy sharoitdan kelib chiqqan holda yangicha usullarni ishlab chiqishga, guruh tizimini shakllantirish va takomillashtirishga e’tibor qaratilgan. Bu esa bolalar sportini rivojlantirish yo’lidagi muhim omillardan biri bo’lib xizmat qiladi, deb o’ylaymiz. Bolalar sportini rivojlantirishda bir qator iqtisodiy, ijtimoiy muammolar ham uchrab turishi tabiiy. Chunki bozor iqtisodiyoti jarayonida sport jihozlari tan narxining ortganligi, nomuntazamligi, ularni pul ko’chirish yo’li bilan sotib olishdagi bir qator muammolarni ham e’tibordan chetda qoldirib bo’lmaydi. Bolalar bilan o’tkazilgan so’rov va suhbatlar shuni ko’rsatadiki, ular atrofda sodir bo’layotgan har qanday o’zgarishlarga, shu jumladan, jismoniy madaniyat va sport sohasidagi hodisalarga o’z munosobatlarini bildiradilar. Hoh ijobiy hoh salbiy holatlar bo’lsin, bolalarda bu kabi o’zgarishlarga tezda ko’nikib ketish hususiyatlari mavjud. Bolalarni har tomonlama barkamol shaxs qilib tarbiyalashda ko’zlangan tamoyillarga amal qilish yaxshi natija beradi