Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti



Yüklə 290,76 Kb.
səhifə1/6
tarix02.05.2023
ölçüsü290,76 Kb.
#106325
  1   2   3   4   5   6
Iqtisodiyot” fakulteti “iqtisodiyot “ yo’nalishi




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
QARSHI MUHANDISLIK IQTISODIYOT INSTITUTI
IQTISODIYOT” FAKULTETI

IQTISODIYOT “ yo’nalishi
Innovatsion iqtisodiyot” kafedrasi
MAKROIQTISODIYOT “ fanidan
MAVZU:
Iqtisodiy o’sishning R.Solou modeli “
KURS ISHI
Bajardi : I-161-19 guruh talabasi
Bahriddinov Behzod
Qabul qildi: O.Xusainov
Qarshi 2021

MUNDARIJA


Kirish……………………………………………………………………….….….3
1.Iqtisodiy o’sish tushunchasi va mohiyati………………………………….……5
2.Iqtisodiy o’sishning turlari va omillari.……………………………………..….9
3.Iqtisodiy o’sishning klassik va keynscha nazariyalari…………………………13
4.Iqtisodiy o’sishning zamonaviy nazariyalari……………………………….….21
5.O’zbekiston respublikasining iqtisodiy o’sish ko’rsatkichlarining tahlili….….30
Xulosa……………………………………………………………………………37
Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………………….….38

Kirish
Oʻsish (iqtisodiyotda) — mamlakatda tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar yaratish hajmining oldingi yil (davr)larga nisbatan koʻpaygan miqdorda takrorlanishi. Iqtisodiy oʻsishni taʼminlash har qanday mamlakat iqtisodiy siyosatining asosiy maqsadi hisoblanadi. Yildan yilga aholi sonining koʻpayishi, kishilar ehtiyojlarining mutassil ortib borishi iqtisodiy o’sishni shart qilib qoʻyuvchi asosiy sabablardandir. Iqtisodiy o’sish aholi turmush darajasini oshirishga, xalq farovonligini taʼminlashga xizmat qiladi.


Iqtisodiy o’sish negizida iqtisodiyotdagi yetakchi tarmoqlarning rivojlanishi turadi. Iqtisodiy oʻsish ishlab chiqarishning ilgʻor tuzilmasiga, yuqori mehnat unumdorligi darajasiga, ichki va tashqi bozorda talab katta boʻlgan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga, mahsulotni qulay bozorlarda sotishga tayanadi. Boshqacha aytganda, iqtisodiy o’sish mahsulot ishlab chiqarishning real hajmini muttasil koʻpaytirib borish va ayni paytda jamiyat taraqqiyotida texnologik, iqtisodiy va ijtimoiy tavsiflarning yaxshilanib borishini anglatadi.
Iqtisodiy o’sishni aniqlash va hisoblashda mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining eng umumiy koʻrsatkichi boʻlgan yalpi ichki mahsulot (YAIM) asos boʻlib xizmat qiladi va iqtisodiy oʻsishning muayyan davr mobaynida real YAIM hajmining ijobiy tomonga oʻzgarishini koʻrsatadi. Iqtisodiy oʻsish surʼatlari YAIM oʻsish surʼatlarida oʻz aksini topadi.
Iqtisodiy o’sish mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishining umumiy holatini ifodalaydi. Real YAIM hajmining oʻzgarishi mamlakat iqtisodiyoti holati va dinamikasi toʻgʻrisida maʼlumot bersada, iqtisodiy o’sishni toʻliq aks ettirmaydi.Masalan, mamlakat aholisining o’sish surʼati 3% ni, real YAIM ning o’sish surʼati ham 3% ni tashkil etdi. Bunday holatda, garchi YAIM hajmi oʻsgan boʻlsada, kishilarning daromadlari oʻzgarmay qoladi. Shu sababli iqtisodiy o’sishni toʻlaroq aks ettirish uchun boshqa bir koʻrsatkich — aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan real YAIMning oʻzgarishi qoʻllaniladi.
Real YAIM hajmining oʻzgarishi umuman mamlakat iqtisodiyotining muayyan davr oraligʻidagi rivojlanishini ifodalasa, aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan real YAIM hajmining oʻzgarishi iqtisodiy rivojlanishga kishilar turmush darajasi orqali baho berishga xizmat qiladi.
Iqtisodchilar iqtisodiy o’sishga quyidacha ta’rif beradi:
• Ma’lum yillar mobaynida real YIMdagi o’sish.
• Ma’lum yillar mobaynida real YIMning aholi jon boshiga o’sishi.
Yuqoridagi ta’riflarni xohlagan biriga murojaat qiladigan bo’lsak, iqtisodiy o’sishning chorak yoki haryilgi foiz stavkasi sifatida hisoblab chiqiladi.
Ikkinchi ta’rif esa aholi soni hisobga oladi. Aholi jon boshiga real YIM real YIM ni aholi soniga bo’lish orqali aniqlanadi. Keyin esa chiqqan natija avvalgi yildagi natija bilan foizlar hisobida taqqoslanadi.
O’sish iqtisodiy maqsadni belgilab beradi. Umumiy mahsulotni aholiga nisbatan kengayishi ish-haqilarni o’sishiga olib keladi va shuning bilan birgalida aholining turmush darajasini ko’tarilishiga sababchi bo’ladi. Yuqori o’sish bilan rivojlanayotgan iqtisodiyot kishilar ehtiyojlarini yaxshiroq qondirishga va ijtimoiy hamda iqtisodiy muammolarni hal etishga imkoniyat yaratadi. O’z navbatida, ish haqilarni oshishi kishilarga ko’proq dam olish, shaxsiy kompyuterlarni sotib olish va oily ta’limda tahsil olish kabi imkoniyatlarni yaratib beradi. Tobora yuksalib borayotgan iqtisodiyot aholini kam ta’minlangan qatlamini ahvolini yaxshilash, san’atni rivojlantirish va atrof-muhitni himoya qilish kabi muammolarni hal etishda yordam beradi.
1.Iqtisodiy o’sish tushunchasi va mohiyati
Mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishi ko’p omilli va shu bilan birga ziddiyatli jarayon hisoblanadi. Iqtisodiy rivojlanish hech qachon bir tekis, yuqorilab boruvchi chiziq bo’yicha ro’y bermaydi.
Shu ayonki, har qanday jamiyatda o’sib borayotgan ehtiyojlarni qondirish va farovon yashash uchun iqtisodiy o’sish yuz berishi kerak. Iqtisodiy o’sish - deganda iqtisodiy ravnaqni, ya’ni iqtisodiyotning dinamik rivojlanishini, yaratilgan tovarlar va xizmatlarning ko’payib borishini tushunamiz. Ammo iqtisodiy rivojlanish hech qachon bir tekis, yuqorilab boruvchi chiziq bo’yicha ro’y bermaydi. Iqtisodiy o’sishni ikki darajada olib qarash mumkin. Mikroiqtisodiy va makroiqtisodiy o’sish. Mikroiqtisodiy o’sish firma, korxona va tarmoq miqyosidagi rivojlanishni aks ettiradi va ularda o’sish yaratilgan tovarlar va xizmatlarning bozor narxida hisoblangan hajmiga qarab aniqlanadi. Makro-iqtisodiy o’sish milliy iqtisodiyot, ya’ni muayyan mamlakat miqyosidagi iqtisodiy taraqqiyotni ifoda etadi va yalpi milliy mahsulotning (YaMM) ko’payishini bildiradi. YaMM hajmi iqtisodiy o’sishning umumlashgan pulda ifodalangan ko’rsatkichi hisoblanadi. Shu bilan birgalikda, iqtisodiy rivojlanish o’z ichiga yuksalish va inqiroz davrlarini, iqtisodiyotdagi miqdor va sifat o’zgarishlarni, ijobiy va salbiy tomonlarni hisobga olib notekis boradi. Mamlakat iqtisodiyotida yaratilgan YAIM ishlab chiqarish omillari — yer, kapital va mehnat resurslarining oʻzaro taʼsirida shakllanadi. Bular iqtisodiy o’sishning miqdoriy omillariga kiradi (masalan, foydalanilayotgan ekin maydonlarni kengaytirish YAIM oʻsishiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi).Iqtisodiy o’sishning sifat omillari ham mavjud boʻlib, ularga mehnat, kapital va yer (tabiiy) resurslari unumdorligi kiradi. Sifat omillari hisobiga yuz beradigan iqtisodiy o’sish intensiv oʻsish deb yuritiladi.
Ishlab chiqarish omillarining cheklanganligi ekstensiv o’sishning imkoniyatlarini chegaralaydi. Shu sababli resurslar cheklanganligi sharoitida intensiv oʻsish samarali hisoblanadi. Fantexnika taraqqiyoti ham intensiv iqtisodiy oʻsishni ragʻbatlantiradi. Keyingi yillarda bir qator ijtimoiy koʻrsatkichlar iqtisodiy o’sish sharti va natijasi tarzida qaralmoqda. Oʻsish sohasida — bandlikning dinamikasi; taqsimot sohasida — aholining real daromadlari va boshqalar bir qator koʻrsatkichlar dinamikasi; ayirboshlash sohasida — savdo va umumiy ovqatlanish moddiy bazasining rivoji, chakana savdo aylanmasi dinamikasi; isteʼmol sohasida — isteʼmolning va noishlab chiqarish jamgʻarishning oʻsishi shunday koʻrsatkichlarga kiradi. Iqtisodiy oʻsishning asosiy ijobiy tomoni — uning ishlab chiqarish va isteʼmol tuzilmasi oʻzgarishlariga taʼsir koʻrsatishidir.
Makroiqtisodiy darajada iqtisodiy o’sishning asosiy qiymat ko’rsatkichlari quyidagilar hisoblanadi:
1.YaMM (IMM) yoki milliy daromadning mutloq hajmi va uning o’sish sur’ati;
2.YaMM (IMM) yoki milliy daromadning aholi jon bosh hisobiga to’g’ri keladigan miqdori va uning o’sish sur’ati;
3.YaMM (IMM) yoki milliy daromadning iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga to’g’ri keladigan miqdori va uning o’sish sur’ati;
Iqtisodiy o’sishni aniqlashda har uchala ko’rsatkichdan ham foydalanish mumkin, lekin ularning ahamiyati turlicha.
Bundan tashqari talab etilgani bu manbalarning foydalanish samaradorligi. Iqtisodiy o’sishdagi taklif, talab va samaradorlik omillari bir biri bilan bog’liq. Yetarli bo’lmagan chiqimlardan kelib chiqqan ishsizlik (talab omili) yangi kapital yig’ilish darajasini kamaytirishi mumkin (taklif omili) va tadqiqotlar uchun chiqimlarni kechiktirishi mumkin (taklif omili). Bunga qarama qarshi investitsiya uchun kam chiqimlar (taklif omili) samarasiz chiqimlarga (talab omili) va ishsizlikga sabab bo’lishi mumkin. Manbalardan foydalanishdagi keng tarqalgan samarasizlik (samaradorlik omili) xizmat va maxsulotlarning yuqoriroq narxlariga aylanishi va o’z o’rnida innovatsiyani pasaytiruvchi va kapital yig’imini kamaytiruvchi (taklif omili) foydani kamaytirishi mumkin. Iqtisodiy o’sish dinamik jarayon bo’lib unda taklif, talab va samaradorlik omillari barchasi o’zaro aloqada bo’ladi1.
Texnologik rivojlanish o’z ichiga faqat innovatsion ishlab chiqarish texnikalarini emas, balki ishlab chiqarishni rivojlantiruvchi yangi boshqaruv usullari va yangi tadbirkorlikni tashkil etish yo’llarini oladi. Umuman olganda, texnologik rivojlanish bu yangi bilimlarning ixtirosi bo’lib unumdorlikni rivojlantiruvchi rivojlangan yo’llar bilan manbalarni qo’shish imkoniyatini beradi. Bir marta ixtiro qilingan va qo’llanilgan yangi bilimlar yaqin orada barcha tadbirkorlar va korxonalar uchun nisbatan pastroq narxlarda foydalanish imkoniyatini beradi. Texnologik rijojlanish shuning uchun butun iqtisod orqali tarqalib unumdorlik va iqtisodiy o’sishni o’stiradi.
Texnologik rivojlanish va kapital kiritish yaqindan bog’liq chunki texnologik rivojlanish odatda yangi qurilmalar va uskunalarga investitsiyalar uchun imkoniyat yaratadi. Aslida texnologik rivojlanish yangi kapitalda o’z aksini topadi. Masalan, yangi kompyuterlar olinishi sanoatga tezroq va kuchliroq yangi texnologiya kompyuterlarini olib kiradi . Respublikamizda bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida amalga oshirilayotgan «tarkibiy o’zgarishlar iqtisodiy o’sishning hal qiluvchi omiliga aylanib bormoqda» Iqtisodiy o’sishga taqsimlash omillari ham ta’sir qiladi. Ishlab chiqarish potentsialidan maqsadga muvofiq foydalanish uchun nafaqat resurslar iqtisodiy jarayonga to’liq jalb qilingan bo’lishi, balki juda samarali ishlatilishi ham zarur. Resurslarning o’sib boruvchi hajmidan real foydalanish va ularni kerakli mahsulotning mutloq miqdorini oladigan qilib taqsimlash ham zarur bo’ladi.
Iqtisodiy o’sishga ta’sir ko’rsatuvchi, taklif va taqsimlash omillari o’zaro bog’liq va bir-birini taqozo qiladi. Masalan, resurslar miqdorining o’sishi va sifatining yaxshilanishi, texnologiyani takomillashtirish iqtisodiy o’sish uchun imkoniyat yaratadi. To’liq bandlik va resurslarni samarali taqsimlash bunday o’sishni ro’yobga chiqaradi.
Iqtisodiy o‘sishning barcha tavsifi yillik o‘sish sur’atlarining foizdagi o‘lchovida to‘liq o‘z ifodasini topadi:
O‘S= (YaIMjoriy davr-YaIMbazis davr )/ YaIMbazis davr *100%
Iqtisodiy o‘sish sur’atining ahamiyatini iqtisodchilar tomonidan qo‘llaniluvchi «70 qoidasi» yordamida ham ochib berish mumkin. Bu qoidaga ko‘ra, milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarilayotgan YaIM hajmini 2 baravarga oshirishda qancha vaqt talab etilishini aniqlash uchun 70 sonini yillik o‘sish sur’atiga bo‘lish kerak bo‘ladi. Masalan, mamlakatimizdagi o‘sish sur’atining 7,7% darajasida YaIMni 2 baravar oshirish uchun 9,1 yil talab etiladi (70:7,7). Xolbuki, iqtisodiy o‘sishning 2019 yildagi 4,0% darajasida bu ko‘rsatkichga 17,5 yilda (70:4) erishish mumkin edi. Keyingi yillarda iqtisodiy o‘sish sur’atining yanada oshirilishi bu muddatning ahamiyatli ravishda qisqarishiga olib keladi.

2. Iqtisodiy o’sishning turlari va omillari


Ijtimoiy mahsulotning o‘sish sur’ati bilan ishlab chiqarish omillari miqdorining o‘zgarishi o‘rtasidagi nisbat iqtisodiy o‘sishning ekstensiv yoki intensiv turlarini belgilab beradi. Ekstensiv iqtisodiy o‘sishga ishlab chiqarishning avvalgi texnikaviy asosi saqlanib qolgan holda ishlab chiqarish omillari miqdorining ko‘payishi tufayli erishiladi.
Iqtisodiy o‘sishning intensiv turi sharoitida mahsulot chiqarish miqyoslarini kengaytirishga ishlab chiqarish omillarini sifat jihatidan takomillashtirish, yanada ilg‘or ishlab chiqarish vositalarini va yangi texnikani qo‘llash, ishchi kuchi malakasini oshirish, shuningdek mavjud ishlab chiqarish potensialidan yaxshiroq foydalanish yo‘li bilan erishiladi.
Real hayotda ekstensiv va intensiv omillar sof holda, alohida alohida mavjud bo'lmaydi, balki muayyan uyg'unlikda, bir-biri bilan qo'shilgan tarzda bo'ladi. Shu sababli ko'proq ustuvor ekstensiv va ustuvor intensiv iqtisodiy o'sish turlari haqida so'z yuritiladi. Iqtisodiy o'sishning alohida tomonlarini tavsiflovchi ko'rsatkichlari ham mavjud bo'lib, ulardan asosiylari ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanish darajasi, mehnat unumdorligining o'sishi va ish vaqtini tejash, shaxsiy daromad va foyda massasi, milliy iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi kabilar hisoblanadi. Ishlab chiqaruvchi kuchlar darajasi quyidagi ko'rsatkichlar bilan tavsiflanadi:
a) ishlab chiqarish vositalarining rivojlanganlik darajasi;
b) xodimning malakasi va tayyorgarlik darajasi;
d) ishlab chiqarishning moddiy va shaxsiy omili o'rtasidagi nisbat;
e) mehnat taqsimoti, ishlab chiqarishning tashkil etilishi, ixtisoslashtirilishi va kooperatsiyasi.
Iqtisodiy o'sishning jahon amaliyotida keng qo'llaniladigan boshqa ko'rsatkichi iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi hisoblanadi. U tarmoqlar 400bo'yicha hisoblab chiqilgan YAIM ko'rsatkichi asosida tahlil qilinadi. Bunda iqtisodiyotning yirik sohalari, moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish tarmoqlari o'rtasidagi nisbat ham o'rganiladi.
Iqtisodiy o ‘sishga ta’sir ko'rsatuvchi omillarni ikki guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruh omillar taklif omillari deb ham atalib, iqtisodiyotning o‘sish layoqatini belgilab beradi: 1) tabiiy resurslaming miqdori va sifati; 2) ishchi kuchi resurslari miqdori va sifati; 3) asosiy kapital (asosiy fondlar) hajmi; 4) texnologiya va fan-texnika taraqqiyoti. Bu omillar har birining yalpi mahsulot hajmiga ta’sirini baholash orqali iqtisodiy o'sisbni tavsiflash mumkin. Ma’lumki, yalpi ichki mahsulot ishchi kuchi, kapital va tabiiy resurslar sarflarining funktsiyasi hisoblanadi, ya’ni: Y = f{L,K,N) , bu yerda: Y — yalpi ichki mahsulot; L — ishchi kuchi sarflari; К — kapital sarflari; N — tabiiy resurslar sarflari.
Bu funksional bog‘lanishdan kelib chiqqan holda iqtisodiy o'sishni belgilab beruvchi bir qator xususiy ko'rsatkichlarni keltirib chiqarish mumkin:
1) mehnat unumdorligi (Y/L) — mahsulot ishlab chiqarish hajmining jonli mehnat sarflariga nisbati;
2) mehnat sig‘imi (L/Y) — jonli mehnat sarflarining mahsulot ishlab chiqarish hajmiga nisbati;
3) kapital samaradorligi (Y/K) — mahsulot ishlab chiqarish hajmining unga sarflangan kapital xarajatlariga nisbati;
4) kapital sig‘imi (K/Y) — kapital xarajatlarining mahsulot ishlab chiqarish hajmiga nisbati;
5) tabiiy resurslar samaradorligi (Y/N) — mahsulot ishlab chiqarish hajmining qo'llanilgan tabiiy resurslar miqdoriga nisbati;
6) mahsulotning resurslar sig‘imi (N/Y) — tabiiy resurslar sarfining mahsulot ishlab chiqarish hajmiga nisbati;
7) ishchi kuchining kapital bilan qurollanganlik darajasi (K /L ) — ishlab chiqarish jarayonida qo'llanilavotgan kapital hajmining ishchi kuchi miqdoriga nisbati. Iqtisodiy o ‘sishni tahlil qilishda yuqorida ko'rib chiqilgan ko'rsatkichlardan tashqari yana keyingi qo'shilgan ishlab chiqarish omillari unumdorligi ko‘rsatkichlari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu ko'rsatkichlar. boshqa omillar sarfi o'zgarmagani holda, har bir alohida omil sarfining qo'shimcha o'sishi ta’sirida mahsulot ishlab chiqarish hajmining qo'shimcha o'sishi hajmini belgilab beradi:
1) keyingi qo'shilgan mehnat unumdorligi (AY/AL); 2) keyingi qo'shilgan kapital unumdorligi (AY/AK); 3) keyingi qo'shilgan tabiiy resurslar unumdorligi (AY/AN). Bu ko 'rsatkichlar yalpi mahsulot ishlab chiqarish umumiy hajmining o'sishida har bir omilning hissasini namoyon etib, u quyidagicha aniqlanadi: Y = (▲Y/▲L)L + (▲Y/▲K)K + (▲Y/▲N)N
Iqtisodiy o'sishga taqsimlash omillari ham ta’sir qiladi. Ishlab chiqarish salohiyatidan maqsadga muvofiq foydalanish uchun nafaqat resurslar iqtisodiy jarayonga to 'liq jalb qilingan bo'lishi, balki juda samarali ishlatilishi ham zarur. R esurslarning o'sib boruvchi hajmidan real foydalanish va ularni kerakli m ahsulotning yuqori miqdorini oladigan qilib taqsimlash ham zarur bo'ladi.
Fan-texnika taraqqiyoti mehnat unumdorligi va iqtisodiy o‘sishni ta’minlovchi muhim omil hisoblanadi. Texnika taraqqiyoti o‘z ichiga nafaqat ishlab chiqarishning butunlay yangi usullarini, balki boshqarish va ishlab chiqarishni tashkil qilishning yangi shakllarini ham oladi. Umuman aytganda, fan-texnika taraqqiyoti deyilganda pirovard mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish maqsadida mavjud resurslarni yangicha uyg‘unlashtirishni taqozo qiluvchi yangi usullarning topilishi ham tushuniladi. Amaliyotda texnika taraqqiyoti va kapital qo‘yilmalar (investitsiyalar) mustahkam o‘zaro bog‘liq, texnika taraqqiyoti ko‘pincha yangi mashina va uskunalarga investitsiyalar qo‘yilishga olib keladi. Masalan, atom energiyasidan foydalanish bo‘yicha texnologiyani qo‘llash uchun atom elektrostansiyalarini qurish zarur bo‘ladi. Bir qarashda texnika taraqqiyoti tarixiy va shiddatli ro‘y berish tavsifiga ega bo‘ladi. Gaz va yoqilg‘i dvigatellari, konveyer va yig‘ma liniyalar bizning hayotga o‘tmishning eng muhim yutuqlari sifatida kirib keldi.
Amaliy hayotda iqtisodiy o‘sishni susaytirib turuvchi omillar ham mavjud bo‘ladiki, ular mehnat muhofazasi, atrof muhitning ifloslanishi kabi holatlar natijasida kelib chiqadi. Keyingi yillarda respublikamizda davlat tomonidan atrof-muhit ifloslanishining oldini olish, xodimlar mehnat sharoitini yaxshilash va sog‘lig‘ini muhofaza qilishni tartibga solishda muhim tadbirlar amalga oshirildi. Bu o‘z navbatida iqtisodiy o‘sish sur’atiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Chunki bunday tadbirlarni amalga oshirish tegishli xarajatlarni taqozo qiladi. Shu orqali mehnat unumdorligini oshirish uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar boshqa tomonga jalb qilinadi.

3.Iqtisodiy o’sishning klassik va keynscha nazariyalari
Iqtisodchi olimlarning iqtisodiy o‘sish omillarini o‘rganish hamda uning kelgusidagi natijalarini bashorat qilish borasidagi tadqiqotlari pirovardida turli iqtisodiy o‘sish modellarining yaratilishiga olib keldi. Bu modellar o‘z mazmuniga ko‘ra bir-birlaridan farqlansada, ularning asosida ikkita nazariya – makroiqtisodiy muvozanatning keynscha (keyinchalik neokeynscha) nazariyasi hamda ishlab chiqarishning klassik (keyinchalik neoklassik) nazariyasi yotadi.Iqtisodiy o‘sishni tahlil qilishda neoklassik nazariya namoyondalari quyidagi noto‘g‘ri nazariy shartlarga asoslanadilar:
-mahsulotning qiymati barcha ishlab chiqarish omillari tomonidan yaratiladi;
-ishlab chiqarish omillarining har biri o‘zining keyingi qo‘shilgan mahsulotiga tegishli ravishda mahsulot qiymatini yaratishga hissasini qo‘shadi. Shunga ko‘ra, bunga javoban barcha keyingi qo‘shilgan mahsulotga teng keluvchi daromad ham oladi; mahsulot ishlab chiqarish va buning uchun zarur bo‘lgan resurslar o‘rtasida miqdoriy bog‘liqlik mavjud; ishlab chiqarish omillarining erkin tarzda amal qilishi hamda ular o‘rtasida o‘zaro bir-birining o‘rnini bosish imkoniyati mavjud. Keynscha modellarning mohiyati quyidagicha asoslanadi: ularning barchasi Keynsning yalpi talab tо‘g‘risidagi bosh g‘oyasiga tayanadi. Ya’ni ularni tuzishda mualliflar iqtisodiyotni uzoq muddatli mutanosib rivojlanishining hal qiluvchi shart – yalpi talabni oshirish deb qaraladi; iqtisodiy о‘sishning asosiy omili investitsiyalar hisoblanadi, boshqa ishlab chiqarish omillari e’tiborga olinmaydi.
Neoklassik va boshqa ayrim yo‘nalishdagi nazariyotchilar bu yerda ham ikkita uslubiy xatoga yo‘l qo‘yadilar: ular ishlab chiqarish omillarining barchasi bir xil qiymat yaratadi, ular qiymatni yaratishda baravar ishtirok etadi, deb hisoblaydilar. Xolbuki, barcha ishlab chiqarish vositalari hech qanday yangi qiymat yaratmaydilar, balki o‘zlarining qiymatlariga teng miqdordagi qiymatni jonli mehnat yordamida yangi yaratilgan mahsulotga o‘tkazadilar. Lekin barcha omillar yaratilgan va o‘sgan (ko‘paygan) mahsulotning nafliligini yaratishda qatnashadilar; ular doimo barcha omillar ichida jonli mehnatning faol rol o‘ynashini, qolganlari esa passiv rol o‘ynashini unutadilar. Chunki hech bir tabiiy resurs, kapital resurlari jonli mehnat tomonidan harakatga keltirilmasa, o‘zicha harakatga kela olmasligi, irib-chirib o‘z joyida ham jismonan, ham qiymati yo‘q bo‘lib ketishi, ularning qiymati faqat jonli mehnat tomonidan saqlab qolinishi million yillardan beri milliard martalab tasdiqlanib kelmoqda. Lekin negadir ularning bunga e’tibor bergisi kelmaydi
Iqtisodiy o‘sishning keynscha modeli makroiqtisodiy muvozanatning keynscha nazariyasini rivojlantirish va unga tanqidiy yondoshish natijasida vujudga kelgan. Bu modellar orasida ingliz olimi R.Xarrod va amerikalik olim Ye.Domarning iqtisodiy o‘sish modellari e’tiborga molik hisoblanadi. Har ikkala modelning umumiy jihatlari mavjud bo‘lib, ular quyidagilar orqali shartlanadi:
1) ular neoklassik modellardan farqli o‘laroq bir omilli model hisoblanadi. Ya’ni bu modellarda milliy daromadning o‘sishi faqat kapital jamg‘arishning funksiyasi hisoblanib, kapital samaradorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi ishchi kuchi bandligining oshishi, FTT yutuqlaridan foydalanish darajasining o‘sishi, ishlab chiqarishni tashkil etishning yaxshilanishi kabi boshqa barcha omillar nazardan chetda qoldiriladi;
2) ishlab chiqarishning kapital sig‘imi ishlab chiqarish omillari narxlarining nisbatiga bog‘liq bo‘lmay, faqat ishlab chiqarishning texnik sharoitlari orqali aniqlanadi.
Neoklassik model ko‘p omilli hisoblanib, amerikalik iqtisodchi P.Duglas va matematik Ch.Kobb yaratgan ishlab chiqarish funksiyasi asos qilib olingan. Kobb-Duglas modeli orqali ishlab chiqarish hajmining o‘sishida ishlab chiqarish turli omillarining ulushini aniqlashga harakat qilinib, u quyidagicha ifodalanadi:
u yerda:
Y – ishlab chiqarish hajmi;
K – kapital sarflari;
L – ishchi kuchi sarflari;
A, ,  - ishlab chiqarish funksiyasining koeffitsientlari:
A – mutanosiblik koeffitsienti;
 va  - ishlab chiqarish hajmining ishchi kuchi va kapital sarflari bo‘yicha elastiklik koeffitsienti.
Elastiklik koeffitsienti bir ko‘rsatkich miqdorining o‘zgarishi natijasida boshqa bir ko‘rsatkich miqdorining o‘zgarishi darajasini ifodalaydi. Shunga ko‘ra,  koeffitsienti kapital sarflarining 1%ga o‘sishi ishlab chiqarish hajmining necha foizga o‘sishini,  koeffitsienti esa ishchi kuchi sarflarining 1%ga o‘sishi ishlab chiqarish hajmining necha foizga o‘sishini ko‘rsatadi.  va  ning yig‘indisi ishchi kuchi va kapital sarflarining bir vaqtning o‘zida 1%ga o‘sishi ishlab chiqarish hajmining necha foizga o‘sishini ko‘rsatadi.
Ch.Kobb va P.Duglas o‘z tadqiqotlarida AQSh qayta ishlash sanoatining 1899-1922 yillar mobaynidagi ish faoliyatini tahlil qilib, ishlab chiqarish funksiyasining ko‘rsatkichlarini aniqlashga harakat qilganlar: Bu ko‘rsatkichlar shuni anglatadiki, o‘sha davrda AQSh qayta ishlash sanoatida kapital sarflarining 1%ga oshirilishi ishlab chiqarish hajmini 0,25%ga, ishchi kuchi sarflarining 1%ga oshirilishi esa ishlab chiqarish hajmini 0,75% ga oshishiga olib kelar ekan. Iqtisodiy o‘sishning keynscha modeli makroiqtisodiy muvozanatning keynscha nazariyasini rivojlantirish va unga tanqidiy yondoshish natijasida vujudga kelgan. Bu modellar orasida ingliz olimi R.Xarrod va amerikalik olim Ye.Domarning iqtisodiy o‘sish modellari e’tiborga molik hisoblanadi. Har ikkala modelning umumiy jihatlari mavjud bo‘lib, ular quyidagilar orqali shartlanadi:
1) ular neoklassik modellardan farqli o‘laroq bir omilli model hisoblanadi. Ya’ni bu modellarda milliy daromadning o‘sishi faqat kapital jamg‘arishning funksiyasi hisoblanib, kapital samaradorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi ishchi kuchi bandligining oshishi, FTT yutuqlaridan foydalanish darajasining o‘sishi, ishlab chiqarishni tashkil etishning yaxshilanishi kabi boshqa barcha omillar nazardan chetda qoldiriladi; 2) ishlab chiqarishning kapital sig‘imi ishlab chiqarish omillari narxlarining nisbatiga bog‘liq bo‘lmay, faqat ishlab chiqarishning texnik sharoitlari orqali aniqlanadi. Neokeynscha modelda investitsiyalarning o‘sishi iqtisodiy o‘sish va uning sur’atlarini belgilovchi omil hisoblanib, u bir tomondan, milliy daromadning o‘sishiga imkon yaratadi, ikkinchi tomondan esa, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytiradi. O‘z navbatida daromadning o‘sishi bandlikning oshishiga imkon yaratadi. Investitsiya hajmining ko‘payishi natijasida kengaygan ishlab chiqarish quvvatlari daromadning o‘sishi orqali to‘liq ishga tushirilishi lozim.
Shunga ko‘ra, E.Domarning modelida quyidagi tenglik orqali muvozanatning Pul daromadining qo‘shimcha o‘sishi (talab) = Ishlab chiqarish quvvatlarining qo‘shimcha o‘sishi (taklif) Bu tenglikni formula tarzida yozilsa, u quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:
I 1/a=1+ yoki I/I=  a,
I – har yillik sof kapital qo‘yilmalar; ∆I – sof kapital qo‘yilmalarning qo‘shimcha o‘sishi; ∆I/I – sof kapital qo‘yilmalarning o‘sish sur’ati; 1/a – multiplikator, bu erda a –jamg‘arishga bo‘lgan o‘rtacha moyillik;  - kapital samaradorligi.
Keynscha iqtisodiy о‘sish modelidan farqli va soddaroq model 40-yillarda E.Domar tomonidan taklif etilgan. Keyns о‘z tahlilida investitsiyalarnig yalpi talabga ta’sirini о‘rgangani holda, yalpi taklifga ta’sirini kо‘rib chiqmaydi. Undan farqli tarzda Domar modelida mehnat bozorida ortiqcha taklif mavjud, bu baholarni barqaror holatda ushlab turadi, investitsion lag (Lag kapitalnix vlojeniy – razriv vo vremeni mejdu kapitalnimi vlojeniyami v proizvodstvo i polucheniyem ekonomicheskogo effekta. Ishlab chiqarishga kiritilgan investitsiyadan olinadigan samaradorlikning namoyon bо‘lishi uchun ketgan vaqt) «0» ga teng, kapital quyilmalarning chegaraviy unumdorligi doimiy deb olinadi. E.Domar investitsiyalarni ham talab ham taklif omili deb qaraydi. Ya’ni, investitsiyalar nafaqat multiplikativ ta’sir kо‘rsatib yalpi talabni oshiradi, balki ishlab chiqarish quvvatlarini yuzaga keltirib, ishlab chiqarishni rivojlantiradi, tovarlar taklifini oshiradi – degan fikrni olg‘a suradi. Shunday ekan, yalpi talabning о‘sishi yalpi taklifning о‘sishiga teng bо‘lishi uchun investitsiyalar qanday о‘sishi kerak degan savol paydo bо‘ladi. Bu savolga javob topish uchun Domar uch tenglamani о‘z ichiga olgan tenglamalar sistemasini tuzadi, bu:
1.taklif tenglamasi; 2.talab tenglamasi; 3.talab va taklif tengligini ifodalovchi tenglama.
1.Taklif tenglamasida investitsiyalar ishlab chiqarish omillarining qanchaga qо‘shimcha о‘sishini kо‘rsatadi. Agar berilgan sharoitda investitsiyalar I о‘ssa, yalpi ishlab chiqarish DK α miqdorga о‘sadi, ya’ni: DYs= DKα
DK investitsiyalar hisobiga ta’minlanganligi uchun tenglikni: DYs= Iα deb yozish mumkin. Bunda, α – kapital quyilmalar (investitsiyalar)ning chegaraviy unumdorligi. Agar bir yilda yalpi ishlab chiqarishni 1 mlrd. sо‘mga oshirish uchun 4 mlrd sо‘m investitsiya talab etilsa α=0,25 bо‘ladi. α=DYs / I bir sо‘mlik investitsiya hisobiga yaratilgan yangi mahsulot miqdorini kо‘rsatadi.
2. Talab tenglamasi quyidagi kо‘rinishga ega: DYd= DI (1/μ)
bu yerda, 1/μ – xarajatlar multiplikatori, μ – jamg‘arishga chegaralangan moyillik.
Bu tenglama milliy daromad DYd, yoki yalpi talab qо‘shimcha investitsiyalarning multiplikativ kо‘payishiga teng miqdorda о‘sishini kо‘rsatadi.
Ishlab chiqarishning tо‘plangan jami kapital bilan ta’minlanishi, milliy daromad esa qо‘shimcha investitsiyalarning multiplikativ ta’siri ostida kо‘payishi sababli, taklif tenglamasida jami investitsiyalar, talab tenglamasida esa qо‘shimcha investitsiyalargina kо‘rib chiqiladi.
3. Daromadlar va ishlab chiqarish quvvatlarining qо‘shimcha о‘sish sur’atlari tengligi tenglamasi: DI (1/μ) = Iα. Bu tenglamani yechib quyidagi natijani olamiz: D I / I μ α

Yüklə 290,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin