Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti



Yüklə 290,76 Kb.
səhifə4/6
tarix02.05.2023
ölçüsü290,76 Kb.
#106325
1   2   3   4   5   6
Iqtisodiyot” fakulteti “iqtisodiyot “ yo’nalishi

4.2-chizma.Felpsning”oltin qoidasi” bo’yicha iste’molning barqaror darajasi

Optimal muvozanatli o’sishning birinchi belgisi kapitalning o’sish sur’ati kapitalning chekli unumdorligiga teng bo’lganda iste’molning o’rtacha me’yori o’zining maksimal darajasiga erishadi. (4.2-chizma)


Optimal muvozanatli o’sishning ikkinchi belgisi agar muvozanat holatida kapitalning o’sish sur’ati daromadning o’sish sur’atiga mos kelsa, chekli unumdorlik nazariyasidan kelib chiqqan holda daromadning o’sish sur’ati daromad va kapital o’zgarishlari o’rtasidagi nisbatga teng bo’ladi.
E. Felps jamg’arishning “oltin qoidasi” deb atagan iqtisodiyotni muvozanatli o’sishining uchinchi belgisi agar jamg’arish me’yori kapital bo’yicha ishlab chiqarish hajmi elastikligiga teng bo’lsa, iqtisodiyot iste’mol me’yorini maksimallashtiruvchi muvozanatli sur’atda o’sishini anglatadi.
“Oltin qoida”ga mos keladigan fond bilan qurollanish darajasida quyidagi shart bajarilishi, ya’ni kapitalning chekli mahsuloti chiqib ketish me’yoriga teng bo’lishi lozim. MPK=d, aholi o’sishi va texnologik taraqqiyot hisobga olinganda esa MPK=d+n+g.
Agar iqtisodiyot dastlabki holatda “oltin qoida” bo’yicha ko’zda tutilgandan ko’proq kapital zahirasiga ega bo’lsa, jamg’arish me’yorini pasaytirish bo’yicha dastur zarur. Bu dastur iste’molni oshirish va investitsiyalarni pasaytirishni asoslaydi. Bunda iqtisodiyot muvozanat holatidan chiqadi va “oltin qoida”ga mos nisbatlar bo’lganda, yana muvozanatga erishadi.
Agar iqtisodiyot dastlabki holatda “oltin qoida” bo’yicha ko’zda tutilgandan kamroq kapital zahirasiga ega bo’lsa, jamg’arish me’yorini oshirish bo’yicha dastur zarur. Bu dastur dastlab investitsiyalarni o’sishi va iste’molni pasayishiga olib keladi. Bunda iqtisodiyot muvozanat holatidan chiqadi va “oltin qoida”ga mos nisbatlar bo’lganda, yana muvozanatga erishadi.
Iqtisodiyotni optimal muvozanatli o’sishiga kapitaldan daromadni to’liq investitsiyalangan sharoitdagina erishiladi.

5.O’zbekiston respublikasining iqtisodiy o’sish ko’rsatkichlarining tahlili


O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilning birinchi yarmida kichik bo‘lsada iqtisodiy o‘sish sur’atlari saqlanib qolindi. Yalpi ichki mahsulot (YaIM) hajmi 255,3 trillion so‘mni tashkil etib, o‘sish ko‘rsatkichi 0,2 %ni tashkil etdi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan ushbu ko‘rsatkich 6 %ni tashkil etgandi.Sohalarda yalpi qo‘shilgan qiymat o‘sishi 0,3 % ni tashkil etdi. 2
O‘tgan yilda iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichi eng baland hudud sifatida Navoiy viloyati (7,1 foiz) qayd etilgan. Keyingi pog‘onalarni Namangan (4,8 foiz), Surxondaryo (4,4 foiz), Farg‘ona (3 foiz) viloyatlari egallagan. Mos ravishda iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlari respublika ko‘rsatkichidan past hududlar sifatida Jizzax viloyati (1,6 foiz), Toshkent shahri (1,5 foiz) va Sirdaryo viloyati (0,1 foiz) qayd etilgan.

Shu o‘rinda respublika umumiy YaIMda eng yuqori ulushga ega bo‘lgan hududlar Toshkent shahri (15,3 foiz), Toshkent (10,8 foiz) va Navoiy (8,4 foiz) viloyatlari ekanligi ma'lum qilindi. Mos ravishda respublika YaIMda past ulushga ega bo‘lgan hududlar sifatida Xorazm (3,6 foiz), Jizzax (3 foiz), Sirdaryo (2,1 foiz) viloyatlari qayd etilgan. Bundan tashqari, YaIMning 36,3 foizini xizmat ko‘rsatish, 35,5 foizini sanoat va qurilish, 28,2 foizini qishloq xo‘jaligi tashkil qilgan. Ma'lumot uchun, 2020 yilning yanvar-dekabr oylarida kichik biznesning YaIMdagi ulushi 53,9 foizni egallagan. Avvalroq,2020 yilning yanvar-dekabr oylari yakunlari bo‘yicha respublikaning tashqi savdo aylanmasi 13,1 foizga kamayganligi ma'lum qilingandi.
Institut tahliliga ko‘ra, 2020 yilda respublika yalpi ichki mahsuloti (YaIM)ning o‘sish sur'ati 1,6 foizni tashkil qilgan.3
Iqtisodiyotning aksariyat tarmoqlarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish dinamikasi sekinlashgan bo‘lsa-da, o‘sish davom etmoqda. Ushbu ko‘rsatkich xizmat ko‘rsatish sohasida 2,6 %, qurilish xizmatlarida 7,3 %, iste’mol tovarlarini ishlab chiqarish tarmog‘ida 1,2 %ga oshdi.
Hududlar kesimida YaHM o‘sish tendensiyalari bo‘yicha Andijon (5%), Navoiy (4.3%) va Namangan (3.1%) viloyatlarida yuqori rivojlanish ko‘rsatkichlriga ega. YaIM strukturasini qaraydigan bo‘lsak yaratilgan qo‘shilgan qiymatning 24,0 %i qishloq xo‘jaligida, 37,7 %i sanoatda va 38.8 %i xizmatlar sohasida yaratildi. Taqqoslash uchun, qo‘shni davlatlar iqtisodiyotlarida retsessiya boshlanganligi qayd etilmoqda. Xususan, Qozog‘istonda birinchi yarim yillikda YaIM hajmi 1,8 %ga, Qirg‘izistonda esa 5,3 %ga pasaygan.Rossiya Federatsiyasi Markaziy banki hisob-kitoblariga ko‘ra, YaIMning yillik pasayishi 9,5-10 %ni tashkil qiladi.Xitoy iqtisodiyoti ikkinchi chorakda 3,2% o‘sganiga qaramay, birinchi yarim yillikda jami 1,6 %ga qisqargan.
O‘zbekistonda iste’mol narxlari indeksi iyun oyida o‘tgan yilning dekabriga nisbatan 104,6% ni tashkil etdi, 2019 yilning 6 oyi davomida iste’mol narxlari indekslari 105,6% ni tashkil etdi.Shu bilan birga, yillik hisobda iyun oyida o‘tgan yilning iyuniga nisbatan tovarlar va xizmatlar narxlari 14,2 %ga, 2018 yil iyunidan 2019 yilning iyunigacha esa 13,6% ga o‘sishi kuzatilgandi.
Investitsiyalarda pasayish kuzatildi. O‘tgan yarim yil mobaynida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar 12,8 %ga kamaygan. Investitsiyalar strukturasida asosan markazlashgan investitsiyalar 35,4%ga kamaygan. Markazlashmagan investitsiyalarda kamayish atigi 2,5 %ni tashkil etgan. Shu bilan birga, korxonalar mablag‘lari hisobiga investitsiyalarning 15,8 %ga o‘sganligi qayd etildi. To‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar va kreditlar o‘tgan yilga nisbatan 18,2% ga oshgan. Inqirozga qarshi kurash jamg‘armasidan yangi ish o‘rinlarini yaratish masadida 3,6 trillion so‘mdan ortiq mablag‘lar investitsiya loyihalariga qo‘shimcha yo‘naltirildi.
Sohalar kesimida qishloq xo‘jaligida o‘sish suratlari 2,8 %ni tashkil etib, bu o‘tgan yilgi (2,4%) ko‘rsatkichdan yuqoridir. Qishloq xo‘jaligi sohalari ichida baliqchilik (16,7%) keskin rivojlanish ko‘rsatkichlarini ko‘rsatdi. Hududlar kesimida Qashqadaryo va Sirdaryo va Samarqand viloyatlaridan boshqa barcha viloyatlarda dinamik o‘sish tendensiyalari kuzatildi.
Sanoat tarmoqlarida ham olib borilgan samarali choralar natijasida mahsulot ishlab chiqarishni keskin pasayib ketishi oldi olindi. Xususan, keskin karantin choralari kiritilgan aprel oyida ham sanoat mahsulotlari hajmi pasayishi - 5.4% ni tashkil etgan edi. May va iyun oylarida esa qabul qilingan chora tadbirlar natijasida mazkur sohadagi yo‘qotishlar - 1.9 %gacha kamaydi, Ushbu kamayish asosan tog‘-kon sanoatida yuz bergan pasayish hisobiga ro‘y berdi. Shu bilan birga, elektr ishlab chiqarish (12.9%) sanoatida o‘tgan yilgi ko‘rsatkichlarimizga qaraganda keskin o‘sish kuzatildi. Ayni vaqtda sanoat ishlab chiqarishning 81 foizini tashkil etuvchi qayta ishlash sanoatida ham 2,2 foizlik o‘sish qayd etildi.

Yüklə 290,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin