Iqtisodiy о‘sishning R.Xarrod modeli. Agar E.Domar о‘z modelida investitsiyalarni ekzogen tarzda berilgan miqdor deb olgan bо‘lsa, R.F.Xarrodning 1939 yilda ishlab chiqilgan iqtisodiy о‘sish modeliga akselerator prinsipi va tadbirkorlarning kutishiga asoslangan endogen funksiyasi ham kiritildi. Akselerator prinsipiga kо‘ra, nafaqat investitsiyalar ishlab chiqarishning о‘sishini keltirib chiqaradi, balki ishlab chiqarish va daromadlarning о‘sgan hajmi ham investitsiya jarayonlarining jadallashishiga olib keladi. R.Xarrod о‘z modeliga uch tenglamani kiritadi:
1) haqiqiy о‘sish sur’ati tenglamasi;
2) kafolatlangan о‘sish sur’ati tenglamasi;
3) tabiiy о‘sish sur’ati tenglamasi.
Xarrod modelida haqiqiy о‘sish sur’ati ishchi kuchining о‘sish sur’ati va kapital unumdorligining о‘sish sur’ati bilan belgilanadi va bu quyidagicha ifodalanadi:
G c = s bu yerda, G - YAIMning haqiqiy qо‘shimcha о‘sish sur’ati, ya’ni: ΔY/ Y;
c - ishlab chiqarishning kapital talabchanligi koeffitsenti, ya’ni: I / ΔY
s - milliy daromaddagi jamg‘arish hajmi, yoki jamg‘arishga о‘rtacha moyillik, ya’ni: S / Y;
Tadbirkorlar dinamik muvozanat ta’minlangan о‘sish sur’ati bо‘lgan kafolatlangan (prognoz qilingan) о‘sish sur’atiga asoslanib, о‘z investitsiya rejalarini tuzadilar. Kafolatlangan о‘sish sur’ati jamg‘arishga о‘rtacha moyillik darajasini akseleratorga nisbati sifatida aniqlanadi va buni quyidagicha ifodalash mumkin:
Gw = s / cr bu yerda: Gw - kafolatlangan о‘sish sur’ati;
cr - talab etiladigan kapital talabchanlik koeffitsenti (о‘tgan yillardagi shakllangan darajasi).
Bu kо‘rsatkichlar doimiy bо‘lganligi sababli kafolatlangan о‘sish sur’atlari ham doimiy bо‘ladi.
Agar haqiqiy о‘sish sur’ati kafolatlangan о‘sish sur’atiga mos kelsa iqtisodiyotda barqaror uzluksiz о‘sish ta’minlanadi. Amaliyotda bunga doimo erishib bо‘lmasligi tufayli qisqa muddatli davriy tebranishlar rо‘y beradi. Xarrod modelida resurslardan tо‘liq foydalangan sharoitda ta’minlanishi mumkin bо‘lgan maksimal о‘sish sur’ati tabiiy о‘sish sur’ati deb nomlandi. Uni quyidagicha ifoda etiladi: Gn cr = yoki ≠ s Iqtisodiyotning barqaror dinamik muvozanati tо‘liq bandlilik sharoitida kafolatlangan va tabiiy о‘sish sur’atlari о‘zaro teng bо‘lganda ta’minlanadi. Ammo bunday tenglikka davlatning faol aralashuvi orqaligina erishiladi.
Iqtisodiy o‘sish modellari to‘g‘risida so‘z yuritiganda «nol darajadagi iqtisodiy o‘sish» konsepsiyasiga to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Mazkur konsepsiyaga XX asrning 70-yillarida asos solingan. Bu konsepsiya tarafdorlarining fikricha texnika taraqqiyoti va iqtisodiy o‘sish atrof-muhitning ifloslanishi, tabiatga zaharli moddalarning chiqarilishi, shahar qiyofasining yomonlashuvi va boshka shu kabi ko‘plab salbiy holatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Aholi sonining tezlik bilan ko‘payib borishi, ishlab chiqarish mikyoslarining kengayishi natijasida ishlab chiqarish, ayniqsa tabiiy resurslarning kamayib borishi pirovardida iqtisodiy o‘sish chegaralarini cheklab qo‘yadi. Buning oqibatida ocharchilik, atrof-muhitning buzilishi, resurslarning tugashi ro‘y berib, tez orada aholi soni va sanoat ishlab chiqarish hajmi keskin qisqara boshlaydi. Shunga ko‘ra, «nol darajadagi iqtisodiy o‘sish» konsepsiyasi tarafdorlari iqtisodiy o‘sishni maqsadga muvofiq ravishda ma’lum chegarada ushlab turish zarur, deb hisoblaydilar. Ular iqtisodiy o‘sish tovar va xizmatlar hajmining ko‘payishini ta’minlashini tan olsalarda, bu o‘sish bir vaqtning o‘zida turmush darajasining yuqori sifatini ta’minlay olmasligini ta’kidlaydilar.
O‘z navbatida, mazkur konsepsiya muholiflari iqtisodiy o‘sishning yuqori darajasini yoqlab, uning o‘zi cheksiz ehtiyojlar va cheklangan resurslar o‘rtasidagi ziddiyatni yumshatishini, aynan yuqori darajadagi o‘sish sharoitida jamiyatning ijtimoiy zaif qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash imkoniyati vujudga kelishini ko‘rsatadilar. Atrof-muhitning ifloslanishi esa iqtisodiy o‘sish oqibati bo‘lmay, u tabiiy resurslardan foydalanishdagi narx shakllanish tizimining noto‘g‘riligidan kelib chiqadi. Shunga ko‘ra, mazkur muammolarni hal etish uchun tabiiy resurslardan foydalanishda qonuniy cheklovlar yoki maxsus soliqlarni kiritish, ifloslantirish huquqi bozorini shakllantirish lozimligini ta’kidlaydilar.
4.Iqtisodiy o’sishning zamonaviy nazariyalari R.Solouning neoklassik modeli asoslari
Iqtisodiy o'sishning dastlabki neoklassik modellari 1950-1960 yillarda paydo bo’lgan. Bu davrda dinamik muvozanat masalasiga e’tibor susaygan edi. Iqtisodiyoida nafaqat foydalanilmagan imkoniyatlar hisobiga, balki shu bilan birga yangi texnikani joriy qilish,unumdorlikni oshirish va ishlab chiqarishni tashkil qilishni yaxshilash hisobiga maksimal darajadagi o'sish suratlariga erishish birinchi darajadagi muammoga aylandi.Shu sababli iqtisodiy o’sish muammosining nafaqat nazariy asoslari, balki uni tahlil qilishning uslublari ham o‘zgardi. Bu davrda rivojlangan davlatlar iqtisodiyotida yirik firmalarning ahamiyati keskin o'sdi. Bu firmalar o'z investitsiyalarini strategik rejalashtirishda iqtisodiy o'sishning neokeynscha modellarini asos qilib olishdi. Firmalar iqtisodiy o'sishning mikrodarajadagi dinamik modellarini yaratishdi. Modellarni tuzishda firmalar chiziqli dasturlash uslublaridan va V. Leontyevning ishlab chiqarish funksiyasidan foydalanishdi. Yirik firmalarning mustaqil iqtisodiy siyosat yuritishiga va iqtisodiy o’sishga erishishiga intilishlari neoklassik yo'nalish vakillarini iqtisodiy o'sishning neokeynscha modellariga muqobil bo’lgan o'sish modellarini yaratishga undadi.
Neoklassik yo'nalish vakillari (amerikalik iqtisodchi R Solou, ingliz iqtisodchisi J.Mid va boshqalar), raqobatli bozor sharoitida yirik firmalarga o'z imkoniyatlaridan va resurslaridan potensial darajada foydalanish uchun, iqtisodiyotga davlat aralashuvini qat'iy cheklash lozim, degan fikmi olg’a surishdi. Shuningdek, ular mehnat, kapital va yerni ijtimoiy _mahsulotni yaratuvchi mustaqil omillar deb qarovchi Klassik nazariyani rivojlantirishga harakat qilishdi. Neoklassik modellamning navbatdagi metodologik asosi — chekli (chegaralangan) unumdorlik nazariyasi hisoblanadi. Ushbu nazariyaga ko'ra, ishlab chiqarish omillarining egalari oladigan daromad, bu omillarning chekli mahsulotlari (omillarning qo‘shimcha birligi hisobiga yaratilgan qo’shimcha mahsulot) bilan belgilanadi.
'NEOKLASSIK MAKTAB NAZARIYACHILARI IQTISODIY O‘SISHNING NEOKEYNSCHA NAZARIYALARINI 3 JIHAT BOYICHA TANQID QILADILAR:
A: birinchidan, ular e’tiborni faqat iqtisodiy o'sishning bir omiliga — kapital jamg’arishga (investitsiyalarning qo‘shimcha o'sishiga) qaratishdi. Boshqa omillar (ayniqsa texnik taraqqiyoti bilan bog'liq bo‘lgan holatlar, ya'ni ishchi kuchining ma’lumot darajasi va malakasining o'sishi, ishlab chiqarishni tashkil etishning yaxshilanishi hamda boshqalar) ularning e’tiboridan chetda qoldi. Neoklassiklar bo'sh turgan ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish uchun yangi ishchi kuchini jalb qilish hisobiga ham ishlab chiqarishning qo’shimcha o'sishini ta’minlash mumkin deb hisobladilar;
Modelda yalpi talab investitsion va iste’'mol xarajatlari bilan belgilanadi deb olinadi. Y=C+I Davlat xarajatlari va sof eksport ko‘rsatkichlari ham iste’mol va investitsiyalar tarkibiga Kiritib yuboriladi. Daromad, iste'mol va jamg'arishga (shakllangan jamg'arish me’yoriga ko'ra) bo'linishini hisobga olib, iste’mol funksiyasini quyidagi ko'rinishda yozishimiz mumkin: C=(1-s)Y bu yerda, s — jamg‘arish meyori.
Bundan Y = C+1 = (1-s)Y+ L o'z navbatida Y=(1-)Y+I, Y=Y-Ys+I va I =sY kelib chiqadi. Boshqacha aytganda, muvozanat holatida investitsiyalar jamg‘armalarga teng va daromadga proporsionaldir. Talab va taklifning tengligi shartini quyidagicha yozish mumkin: f(k}=C+I f(k)=I/s
Ishlab chiqarish funksiyasi tovarlar bozorida taklifni, kapital jamg‘arish esa ishlab chiqarilgan mahsulotga talabni belgilaydi. Ishlab chiqarish hajmi va o‘zgarishi kapital (kapital bilan qurollanganlik) hajmiga bog'liq. Kapital hajmi esa uning chiqib ketishi (amortizatsiya shaklida) va investitsiyalar ta’sirida o‘zgaradi. Investitsiyalar kapital zahirasini ko' paytiradi, chiqib ketishi esa uni kamaytiradi. Investitsiyalar fond bilan qurollanganlik va jamg‘arish meyoriga bog'liq. Bu iqtisodiyotda talab va takIif tengligi shartidan kelib chiqadi: I = sf(k). Jamg'arish meyori (s) k ning har qanday miqdorida mahsulotning investitsiya va iste’molga bo'linishini belgilaydi, ya'ni: